Gaplarni o‘qing. Yasama otlarni aniqlab, ularning yasalishini
tushuntiring. O‘zbekistonni nima uchun «serquyosh o‘lka» deymiz? Shu
haqdagi fikrlaringizni aytib bering.
Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay
qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. (S. Zunnunova)
O‘zbekiston – go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor.
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor!
(Yo‘ldosh Sulaymon)
27-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Sifatlarning ma’no guruhlarini va
gapdagi vazifasini aniqlang. Yaxshilik va yomonlik haqida bilganlaringizni
gapirib bering.
1. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 2. Do‘sti nodondan
dushmani ziyrak yaxshi. 3. Qomati baland bo‘lgan har kishining
qimmati ham baland emas. 4. Yomon kishilarga hamroh bo‘l-
sang, qozonga o‘xshab qorasini yuqtiradi. 5. Nodonga pand
aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo‘ladi. (Sa’diy
hikmatlaridan) 6. Bek dono, botir, sheryurak bo‘lishi lozim.
Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiq
yuzlilik bekning yaxshi fazilatlaridan biri. (Yusuf Xos Hojib)
Do'stlaringiz bilan baham: |