Chunki, negaki bog‘lovchilari ishtirokida «Hunar ado
bo‘lmas boylikdir» mavzusida matn tuzing.
216-mashq.
Sabab bog‘lovchilari qatnashgan gaplarni yozing.
1. Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu bur-
chida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar,
ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. (O‘. Hoshimov). 2. Bu
xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi, chunki ertaroq
qaytishga juda ham orzumand emas edi. (Abdulla Qahhor)
3. Nega u siznikida yuradi? – Negaki boradigan joyi yo‘q.
(S. Zunnunova)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchilar deb ataladi?
2. Sabab bog‘lovchilarini ayting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
3. Nima uchun bu bog‘lovchilar sabab bog‘lovchilari deyiladi?
217-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz sevgan badiiy asardan sabab
Do'stlaringiz bilan baham: |