qo‘shma olmoshlar – ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar
juft olmoshlar – bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmosh-
larning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar
takroriy olmoshlar – bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush
o‘zgarishi bilan (masalan, uncha-muncha) takrorlanishidan hosil
bo‘lgan olmoshlar
ismlar – egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xusu-
siyatiga ega bo‘lgan so‘zlar
lug‘aviy shakl – ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyos-
lash ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli
munosabat shakli – ismlarning egalik, kelishik, -man, -miz,
-san, -siz, -dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli.
egalik qo‘shimchalari – ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifoda-
langan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan
biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar
kelishik shakllari – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi shakllar
turlanish – ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda
hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |