Savol va topshiriqlar
1. Berilgan so‘zlar ichidan bog‘lovchilarni ajrating. Ularning turini
aniqlab gaplar tuzing. Uchun, tomon, bilan, hamda, va, biroq,
ichida, hamisha, ammo, ketmoq, yo ... yo, chunki.
2. Bog‘lovchilar qaysi belgisiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
184-mashq.
Uyga vazifa. «Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan» mavzu-
sida bog‘li matn tuzing. Undagi bog‘lovchilarning tagiga chizib, turini
aniqlang.
TENG BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarning vazifasini
aniqlang.
1. Ona bilan bola – gul bilan lola. (Maqol) 2. Hammasini ting-
lardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 3. O‘k-
tam tolga suyanib, dam cholga, dam tegirmonga qarab indamay
turaverdi. (Oybek)
2-topshiriq. Bog‘lovchilar yordamida bog‘lanib kelayotgan bo‘-
lak va gaplar o‘rtasida qanday ma’no munosabati borligini aniq-
lang.
?
90
Do'stlaringiz bilan baham: |