Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin
kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi
bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar
ko‘makchi hisoblanadi.
156-mashq.
Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’no-
larini izohlang. Birinchi gapning mazmuni bo‘yicha bahslashing.
1. Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol) 2. Bu kitob qo‘liga
tushgandan keyin bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi. (H. Hasa-
nov) 2. Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha
xayolda edim. (O. Yoqubov) 3. Devor usti yomg‘irdan iviy
boshladi. (Qamchibek Kenja) 4. Mirzo Ulug‘bek kechalari shu
yerda o‘tirib, mutolaa qilishni suyar, suyukli jadvali ustida ham
shu yerda ishlar edi. (O. Yoqubov) 5. Oradan ancha vaqt
o‘tgandan keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. (Mirkarim Osim)
6. O‘rtancha botir ikkinchi kechadagi voqeani aytib, nishona
uchun tasmani o‘rtaga tashladi. («O‘zbek xalq ertaklari»dan)
7. Onam stol ustini tartibga solar, karavot qoshidagi kiyimlarimni
olib, qoziqlarga ilar edi. (Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |