Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremon, keyinchalik Milan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika , falsafa bilimlarini, ayniqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uyatchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan shug‘ullanadi.
41 yilda Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashtiradi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishtiradilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va xayrixohlik bilan qaragan va o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.
Hayoti
Vergiliy Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan
Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqlidan yozilgan, unda Qadadimgi Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida o'zbek tilida nashr qilingan (1939).
Rim eposi asoschisi Vergiliyning “Eneida” dostoni, Homerning dostonlari bilan tenglashtirilgan. Vergiliydan hammasi bo‘lib uchta asar yetib kelgan. Bu- lardan birinchisi “Bukolikalar”(cho‘pon she’rlari), ikkinchisi “Gerogikalar”(dehqon qo‘shiqlari) va uchinchisi “Eneida” dostonidir. Mazkur asarlardan tashqari bizga qadar “catalepta”, ya’ni “maydachuyda she’rlar” deb ataluvchi yana bir to‘plami saqlanib qolgan. Bu to‘plamga kirgan she’rlarning ko‘pchiligi neoteriklar, ayniqsa, Katull usulida yozilgan turli-tuman vazndagi she’riy asarlardan iborat.
Vergiliyning birinchi yirik asari “Bukolikalar” o‘nta she’r -dan iborat to‘plamdir. Bu to‘plamga kiritilgan she’rlarni ko‘pchiligi eklogalar, ya’ni she’riy parchalar deb ham ataladi. “Bukolikalar” muallifining diqqat makazida turadigan asosiy masala – dehqon-chilik ishlarining boshqa kasblarga nisbatan a’loligini, oddiy qishloq hayotining go‘zalliklarini madh qidishdan va shu yo‘sin yer egalarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Vergiliyning dehqonchilik haqida yozilgan ikkinchi asari “Georgikalar” dostoni ham mazmun jihatidan birinchi to‘plamga juda yaqin turadi. Didaktik mazmundagi ushbu asar yirik-yirik to‘rt qismdan iboratdir. Bu qismlardan birinchisi g‘allakorlikka, ikkinchisi bog‘dorchilik va tokchilikka, uchinchisi chorvachilikka va to‘rtinchisi asalarichilikka bag‘ishlanadi.
Doston muallifining otashin vatanparvarligi, qishloq hayotiga bo‘lgan jo‘shqin muhabbati, ayniqsa dehqonlarga samimiy xay- rixohlik bilan qarashi – asarning yuksak badiiy mahorat bilan yozil- ishini ta’minlagan.
Vergiliyni Rim she’riyatining cho‘qqisiga olib chiqqan, uning shuhratini yer yuziga taratgan ulug‘ asari “Eneida” dostonidir. Qadimgi ma’lumotlarga qaraganda, shoir asar ustida o‘n yil ishlagan va uni m.o. 19 yilda tugatgan. “Eneida” dostonining butun voqeasi Troya shahri tor-mor qilinganidan so‘ng bosh qahramon Eneyning o‘z hamrohlari bilan birga Italiyaga qarab yo‘lga chiqishi, uning dengizda tortgan og‘ir mashaqqatlari, nihoyat manzilga yetib keli- shi, Rim davlatini barpo qilish yo‘lida olib borgan kurashlari tasviridan iborat.
Asar har biri olti bobdan(qo‘shiqdan) iborat, ikki qismga ajratib yozilgan. Birinchi olti bob qahramonning Troyadan chiqib Italiyaga yetib kelish davrida kechirgan saoguzashtlariga, keyingisi Italiya tuprog‘idagi janglariga bag‘ishlanadi. Vergiliy o‘z asarini oxiriga yetkazolmagan bo‘lsa kerak.
Chunki dostonda troyaliklar bilan rutullar o‘rtasidagi urushdan keyingi voqealarni, masalan, troyaliklarning lotinlarga qo‘shilib, har ikkala xalqning totuvlashib ketganini, Eneyning Laviniyaga uylanishi, ulardan Iulning tug‘ilishi, Iul naslidan Romul hamda Rem degan egizak bolalarning dunyoga kelishi, shular tomonidan Rim shahrining barpo etilishi va, nihoyat, dastlabki Rim podshohlari avlodlarining(Yuliy Sezar, Oktavian Avgustning ajdodlari) tarqalishi haqidagi afsonalarni ko‘rmaymiz.
Vergiliyning Rim she’riyatini rivojlantirishga hissasi beqiyos. Yunon dostonchiligining eng murakkab bo‘lgan gekzamert vaznini lotin she’riyati talablariga moslashtirishga ko‘plab shoirlar uringanlar, biroq bu o‘lchovni mislsiz kamolot bosqichiga ko‘tarish faqat Vergiliyga nasib qilgan.