Vektorlar algebrasi


Maksvell-Lorentz tenglamalarining birinchi jufti



Download 115,04 Kb.
bet16/33
Sana05.09.2021
Hajmi115,04 Kb.
#165470
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
ELEKTIRODINAMIKA(1)

Maksvell-Lorentz tenglamalarining birinchi jufti. Elektromagnit maydon qonunlarini aniqlovchi asosiy tenglamalarni aniqlashga kirishamiz. Vektor analizi kursidan ma’lumki, birorta vektorning divergensiyasi va rotori ma’lum bo’lsa, u aniqlangan hisoblanadi. 7-ma’ruza (13) va (14) ifodalarda biz elektr va magnit maydonga matematik ta’rif bergan edik, ya’ni E = H = . Bu ifodalarning birinchisidan rotor olamiz: rot E = - rot grad - . O’ng tomondagi birinchi had aynan nolga tengligini hisobga olib, elektr maydonni aniqlovchi quyidagi tenglamani olamiz: rot E = - . (1) Bu yerda H =rot A ni hisobga oldik. Bu tenglamadan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Vaqt bo’yicha o’zgaruvchi magnit maydon uyurmali elektr maydonini keltirib chiqaradi. Endi magnit maydonni aniqlovchi birinchi tenglamani hosil qilamiz. Buning uchun magnit maydon kuchlanganligidan divergensiya olamiz va div rot A ekanligini hisobga olib, quyidagini hosil qilamiz: div H = 0. (2) Bu tenglama magnit maydonni hosil qiluvchi manba – magnit zaryadlari yo’qligini ko’rsatadi. (1) va (2) ifodalar Maksvell-Lorentz tenglamalarining birinchi jufti (differensial ko’rinishi) deyiladi. Bu tenglamalar hali elektr va magnit maydonni to’liq aniqlamaydi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, div E va rot H larni aniqlovchi tenglamalar yo’q, ikkinchidan, (1) tenglamada magnit maydonning vaqt bo’yicha o’zgarishi ishtirok etmoqda. Shu vaqtda elektr maydonining vaqt bo’yicha o’zgarishi yuqoridagi tenglamalarda yo’q. Bu masalaga keyinroq qaytamiz. Endi Maksvell-Lorentz tenglamalari birinchi juftining integral ko’rinishini hosil qilamiz. Buning uchun (2) tenglamaning har ikkala tomonini ixtiyoriy V hajm bo’yicha integrallaymiz: dV = 0 . (3) Bu tenglamaga Ostrogradskiy-Gauss formulasi dV ni tatbiq qila-miz: . (4) Vektordan birorta sirt bo’yicha integral ( ) shu sirt bo’yicha vektorning oqimi deyiladi. (4) tenglamaga asosan istalgan berk sirt bo’yicha magnit maydon oqimi nolga tengligi kelib chiqadi. Bunday xossaga ega bo’lgan maydon toza uyurmali deyiladi. Shunday qilib, magnit maydon uyurmali bo’lib, kuch chiziqlari berk chiziqlardan iborat va yopiq sirt bo’yicha uning oqimi nolga teng. Tenglamaning har ikkala tomonini ixtiyoriy S sirt bo’yicha integrallaymiz: E dS = - dS. (5) Bu tenglamaning chap tomoniga Stoks formulasi dS ni tatbiq qi-lamiz: (6)Bu yerda integrallash sirti vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi, deb vaqt bo’yicha hosila bilan integralning o’rni almashtirildi.Chap tomondagi integral S sirtni tortib turuvchi berk kontur bo’yicha olinadi. Berk kontur bo’yicha olingan integral shu vektorning sirkulyatsiyasi deyiladi. Elektr maydon sirkulyatsiyasi shu konturdagi elektr yurituvchi kuch (EYuK) deyiladi. Shunday qilib: Konturdagi elektr yurituvchi kuch shu kontur tortib turgan sirtdan o’tayotgan magnit oqimining vaqt bo’yicha o’zgarishiga teskari ishora bilan proporsional ekan. Bu qonun elektromagnit induksiya yoki Faradey induksiya qonuni deyiladi. (4) va (5) ifodalar Maksvell-Lorentz birinchi juft tenglamalarining integral ko’rinishini beradi. Maksvell-Lorentz tenglamalrining birinchi lufti (1) va (2) nielektromagnit maydon tenzori 8-ma’ruza (9) ifodasidan foydalanib, to’rt o’lchovli ko’rinishda ham yozish mumkin. Misol sifatida (1) tenglamaning x o’qiga proyeksiyasini to’rt o’lchovli belgilashlarda yozamiz: rotx E + = 0 yoki - + = 0. Bu tenglamani Ey = - F20 , Ez = F03 , Hx = F32 va y = x2, z = x3 ct =x0 ekanligini hisobga olib, qayta yozamiz: + + = 0. (7) Shunga o’xshash (1) tenglamaning y va z o’qlariga proyeksiyalarini va (2) tenglamani to’rt o’lchovli belgilashlarda yozamiz: + + = 0, (8) + + = 0, (9) + + = 0. (10) (7) – (10) tenglamalarni umumlashtirib, Maksvell-Lorentz tenglamalarining birinchi juftini to’rt o’lchovli ko’rinishda yozish mumkin: + + = 0. (11) Bunda har bir had uchinchi rangli antisimmetrik tenzor bo’lganligi uchun (11) ga bitta to’rt o’lchovli vektorni mos keltirish mumkin: = 0. (12)


Download 115,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish