Vegetativ nerv tizimi haqida umumiy tushuncha Vegetativ nerv tizimining tuzilishi



Download 34 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi34 Kb.
#844249
Bog'liq
Vegetativ nerv tizimi


Vegetativ nerv tizimi
Reja:



  1. Vegetativ nerv tizimi haqida umumiy tushuncha

  2. Vegetativ nerv tizimining tuzilishi

  3. Simpatik nerv tizimi

  4. Parasimpatik nerv tizimi

Vegetativ nerv tizimi haqida umumiy tushuncha. Vegetativ nerv tizimi X1X asrning boshida fransiyalik fiziolog F.K.Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko‘ra nerv tizimi ikki qismga: somatik va vegetativ nerv tizimiga bo‘linadi.
Somatik nerv tizimi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv tizimi ichki a'zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayoni ham vegetativ nerv tizimi tomonidan, ammo bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari somatik nerv tizimi orqali boshqariladi.
Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv tizimining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis joylashgan. Vegetativ nerv tizimining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina joylashgan.
Vegetativ nerv tizimining tuzilishi. Vegetativ nerv tizimining markazlari orqa miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va dumg‘aza segmetlarida hamda bosh miyaning pastki qismlarida (uzunchoq va o‘rta miyada) joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o‘z navbatida oraliq miyadagi gipotalmus, po‘stloq ostidagi targ‘il tana hamda bosh miyaning po‘stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog‘onasi va ichki a'zolarning atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv tizimi ikki qismga: simpatik va parasimpatik nerv tizimiga bo‘linadi. Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Simpatik nerv tizimi. Bu nerv tizimining markazlari orqa miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan to‘qima va a'zolarga boradi.
Simpatik nerv tizimi yurak ushini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arterya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo‘llarini (bronxlarni) kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv tizimi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismlarida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg‘aza segmentlarida joylashgan. O‘rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi a'zolarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki a'zolarga boradi. Parasimpatik nerv tizimining orqa miya dumg‘aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo‘shlig‘ining pastki qismida va chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan a'zolarga boradi.
Parasimpatik nerv tizimi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi, me'da va ichaklar harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronxlarni hamda ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin, simpatik nervlar ba'zi a'zolarning ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi.
Parasimpatik nervlar esa simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko‘rsatadi. Bu degan so‘z, simpatik va parasimpatik nerv tizimining ishlari bir-biriga qarama - qarshi emas, balki ular to‘qima va a'zolar funksiyasini zaruriyatiga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv tizimining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim biologik ahamiyatga ega.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish