Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir.Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi. Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google’ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda Internet resirslarini tasvirlashga bag’ishlangan adabiyotlar chop etilmoqda. Keralki Internet resurslarini mos mavzudagi adabiyotlardan ham toppish mumkin.Umuman olganda barcha qidiruv usullaridan(qidiruv tizimlari, maxsus tematik kataloglar, bosma nashrlar) birgalikda foydalanish maqsadga muvofiqdir.Internet tarmog’idan olingan ma’lumotlar ishonchlilik, davlat standartlariga moslik va o’quv rejasiga moslik nuqtai nazaridan tekshirilishi kerak. Internetda ishlash jarayonida tarixchi axborotning matnli, tasvirli, audio , video kabi turli shakllari bilan to’qnshishi mumkin.Matnli axborot quyidagi formatlarda ifodalanishi mumkin:
htm (html) – gipermatnli xujjatlar tili – Internetda xujjatlarni saqlash va uzatishning eng asosiy usuli.Barcha standart brauzerlar tomonidan o’qiladi. (Internet Explore, Netscape Navigator, Opera).Xujjatni matn muharrilarida saqlash, tahrirlash mumkin.
txt –stsndart matnli fayl formati. Barcha standart matn muharrirlari tomonidan o’qiladi.
doc - MS Word matn muharriri xujjati. MS Windows muhiti standart vositalari yordamida qayta ishlanadi.
pdf - Matni Adobe Acrobat Reader yordamida o’qish yoki bosmafa chiqarish mumkin. Grafik axborot Internetda gif , jpg, swf formatlarda ifodalanadi. Ko’pchilik audio va video formatlar operatsion tizimning standart multimedia vositalari tomonidan o’qiladi.Internetda axborot uzatishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan eng keng tarqalgani - http (HyperText Transfer Protocol) dir. Bular html, txt, gif, ipj formatdagi xujjatlarniolish mumkin. Axborot uzatishning yana bir usuli ftp (File Transfer Protocol) hisoblanadi.Tarmoqdan yozib olngan fayllar ko’pincha arxivlangan (zip yoki rar formati) bo’ladi. Ma’lumotlarni arxivlash ularning xajmini kichraytirib, tarmoqdan olinish vaqtini tejaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga ega bo’lamiz:
Elektron o’quv nashrlarini tarix ta’limida qo’llash axborot-kommunukatsion texnologiyalar rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim jarayonini intensivlash, o’quv jarayonida mustaqil ta’lim salmog’ning oshishiga ta’sir ko’rsatadi.
Elektron o’quv nashrlaridan foydalanish EUN ni to’g’ri tanlash va undan mos ta’lim shakllari bilan birgalikda foydalanish sharti bajarilgandagina kerakli natijani beradi.
Tarix ta’limida soni tobora ortib borayotgan tarmoq o’quv resurslari muhim o’rin tutishi mumkin.Shu bilan birga tarix ta’limida Internetda joylashtirilgan tarixiy manbalarning elektron versiyalaridan foydalanish mumkin.
Internet tarix segmentining keyingi taraqqiyoti ta’lim maqsadlaridagi siffatli turli-tuman resurslarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.
https://www.tami.uz/matnga_qarang.php?id=404
ZiyoNET Portali elektron kutubxonasining rivoji
XXI asr fan-texnika va axborot texnologiyalari o‘zaro uyg‘unlikda shiddat bilan rivojlanayotgan davr hisoblanadi. Hayot tarzini yengillashtirish va kundalik muammolarni bartaraf etish maqsadida shaxsiy kompyuter, noutbuk, aypod, smartfon va shu kabi gadjetlardan foydalanish odatiy holga aylanib ulgurdi. Yirik axborot manbaasi – an’anaviy kutubxonalar o‘z resurslarini elektron shaklda taqdim etmoqdalar. Ayniqsa, o‘z-o‘zini boshqaruvchi elektron kutubxonalar faoliyati kengayib bormoqda. Ushbu kutubxonalar oliy ta’lim muassasalari, turli korxona va tashkilotlar saytlarida joylashtirilgan. Shu munosabat bilan alohida maxsus ilmiy-ta’limiy hamda ko‘ngilochar portallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ana shunday portallardan biri ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i Respublikamiz yoshlari hayotida alohida o‘rin egallaydi. Portal 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.
XTV hamda OO‘MTV tomonidan taqdim etilgan materiallar (darsliklar, masalalar to‘plami, uslubiy qo‘llanmalar va h.k) asosida ZiyoNET portali “Kutubxona”sini boyitib borish ustida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, ingliz va boshqa turli tillarda taqdim etilgan materiallar ZiyoNET Resurs Markazining XTV hamda OO‘MTV huzuridagi bo‘limlari xodimlari tomonidan qayta tekshiruv asosida “Kutubxona” bo‘limiga bosqichma-bosqich joylashtirib boriladi. Ayni paytda elektron kutubxonada 55 000 dan ortiq resurs jamlandi. Shu sababli mazkur bo‘lim yoshlar orasida eng ommabop bo‘lim hisoblanadi.
ZiyoNET elektron kutubxonasidan turli shakldagi, xususan, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, mustaqil ishlar, taqdimotlar, lug‘atlar, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlari avtoreferatlari va boshqa ko‘plab ta’limiy resurslar o‘rin olgan. Barcha jamlangan materiallarni tartibga keltirish hamda yagona shaklga o‘tkazish maqsadida UZINFOCOM Markazida umumiy texnik talablar bajarildi, shuningdek, kerakli materialni izlash jarayonini osonlashtirish uchun katalizator ham yaratildi.
Shuningdek mazkur resursni boyitishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ham salmoqli hissasi qo‘shmoqda. Bugunga qadar Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim qilingan ko‘plab ilmiy jurnallar, byulletenlar bilan birga, 2000 dan ortiq nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarining avtoreferatlari ham kutubxonadan o‘rin egalladi.
Ma’lumki, 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Chet tillari” bo‘linmasiga 500 dan ortiq turli xildagi chet tillarini o‘rgatuvchi o‘quv qo‘llanmalari hamda uslubiy materiallar joylashtirildi.
Yoshlarning zamonaviy axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida joriy yilning may oyida ZiyoNET Portali tubdan to‘liq modernizatsiya qilindi va yangicha ko‘rinishga keltirildi. Yangilanish ZiyoNET portalining Elektron kutubxonasiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shu asnoda kerakli resursni shakli va tiliga ko‘ra izlash hamda materialni baholash imkoniyati yaratildi.
ZiyoNET kutubxonasini modernizatsiyalash jarayonida erishilgan eng asosiy yutuqlardan biri – OTM va boshqa ilmiy-ta’limiy muassasalar shaxsiy kabinetlarining joriy etilganligidir. Shaxsiy kabinet yordamida ta’lim muassasalari barcha materiallarni o‘z javobgarliklari asosida (mualliflik huquqini saqlab qolgan holda) joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa kerakli materialni joylashtirishda ortiqcha kuch va vaqt sarflanishining oldini olishga yordam beradi.
Yangilanish joylashtirilishi lozim bo‘lgan material shakliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi – materialni elektron kutubxonaga arxivlangan holda joylashtirish o‘rniga doc va pdf shaklida portalga kiritish imkoniyati shakllantirildi. Mazkur yangilanish materialni izlash jarayonini osonlashtiradi.
Yaqin kunlarda ZiyoNET Kutubxonasini o‘zgartirish va modernizatsiyalash bo‘yicha navbatdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda: umumta’lim maktablari darsliklarini umumiy tartibda joylashtirish, shuningdek, axborot materiallarini onlayn o‘qish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, resurslar sonini sezilarli oshirish hamda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ZiyoNET kutubxonasini boshqa elektron kutubxonalar bilan integratsiyalash ham ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, foydalanish qulay bo‘lishi uchun barcha resurslarni foydalanuvchilar guruhi, ya’ni, o‘quvchilar, talabalar, ilmiy izlanuvchilar va h.k. asosida bo‘lib chiqish ham galdagi vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda ZiyoNET kutubxonasida ilmiy va ta’limiy xarakterdagi resurslar mavjud bo‘lib, kelajakda bo‘limni badiiy adabiyotlar bilan ham boyitib borish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat yoshlar, balki, aholining turli qatlamiga mansub bo‘lgan foydalanuvchilarni ham portalga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda aqliy zakovatini o‘stirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
http://old.mitc.uz/uz/press_center/press_releases/1385/
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o`qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda Oliy o‘quv yurtlarining potensialiga tayangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi oliy ta’lim hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taqozo qilmoqda. Talaba yoshlarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga qo‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot — kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir. Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda talabalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lishi talab etiladi. Bizning fikrimizcha, elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi: − o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish; − animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi; − namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish; − o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash. Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida o‘qitishdir. SHundan kelib chiqib, elektron darslik, vertual stendlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda, kimyo fanidan ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarni elektron variantda ishlab chiqib, foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu bois kimyo fanidan elementlar davriy sistemasi va atom tuzilishi mavzulariga oid virtual lavhalarni keltirish mumkin. Bu lavha elementlar davriy sistemasida barcha elmentlarning tuzilishi animatsiya tarzida yaratilgan bo‘lib, unda talaba har bir element atomining yadrosi hamda uning atrofidagi zarrachalarning joylashish tartibi, ularning harakati qonuniyatlarining fazoviy holatini ko‘rib, yaqqol tasavvur hosil qilishi mumkin.
Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:
Хамидов, Ё. Ё. Ta’lim samaradorligini oshirishda elektron ta’lim resurslarining o‘rni / Ё. Ё. Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 25.02.2022).
Adabiyot: Usmonov M. Interaktiv elektron o‘quv kurslar — o‘qitish faoliyatining yangi vositasi sifatida. //”Xalq ta’limi” jurnali, 2013, 5-son. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: “Fan” 2007. Taylaqov N. I. Elektron darslik yaratishda qo‘yiladigan talablar. //”Xalq ta’limi” jurnali, 2005, 2-son
Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:
Хамидов, Ё. Ё. Ta’lim samaradorligini oshirishda elektron ta’lim resurslarining o‘rni / Ё. Ё. Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 25.02.2022).
ELEKTRON RESURSLARNI TA'LIMDA QO'LLASHDAGI IMKONIYATLAR SAMARADORLIGI
Maxmudova Maloxat Axmatovna malohat_1977@mail .ru Nasirova Shaira Narmuradovna nosirova_61 @mail.ru
Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron resurslarni ta'limda qo'llashdagi samaradorligi va darsni sifatidagi ahamiyati ko'rsatib berilgan. O'quv materialining elektron shaklda bo'lishi, ya'ni matnli, grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko'rish, o'rganish, o'zgartirish kiritish va yozib olish yanada chuqurroq o'rganishga imkon beradi. O'qitishning ma'ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta 'lim shakllarida axborot texnologiyalarning qo'llanilishi tezlik bilan o'z samarasini beradi.
Kalit suzlar: resurs, kompyuter, dastur, ta 'lim, interaktiv, proyektor, elektron doska, multimedia, texnologiya.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ЭЛЕКТРОННЫХ РЕСУРСОВ В ОБРАЗОВАНИИ
Махмудова Малохат Ахматовна malohat_1977@mail.ru Насирова Шаира Нармурадвна nosirova_61 @mail.ru Навоийский государственный педагогический институт
Аннотация: В данной статье рассказывается о возможности эффективность использования электронных ресурсов в образовании и их важность в качестве урока. Наличие учебного материала в электронном виде, то есть просмотр, изучение, редактирование и запись текстовых, графических, аудио, анимационных материалов на экране компьютера, позволяет проводить более углубленное изучение. Применение информационных технологий в лекционных, практических, лабораторных и самостоятельных формах обучения быстро приносит свои результаты.
Ключевые слова: ресурс, компьютер, программное обеспечение, образование, интерактив, проектор, доска, мультимедиа, технологии.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020 ISSN 2181-063X
EFFECTIVENESS OF OPPORTUNITIES IN THE USE OF ELECTRONIC
RESOURCES IN EDUCATION
Makhmudova Malokhat Akhmatovna maloxat_1977@mail .ru Nasirova Shaira Narmuradovna nosirova_61 @mail.ru Navoi State Pedagogical Institute
Abstract: This article describes the possibility of the effective use of electronic resources in education and their importance as a lesson. The presence of educational material in electronic form, that is, viewing, studying, editing and recording text, graphics, audio, animated materials on a computer screen, allows for more in-depth study. The use of information technology in lecture, practical, laboratory and independent forms of training is quickly yielding results.
Keywords: resource, computer, software, education, interactive, projector, board, multimedia, technology.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni (2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli) ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg'unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos "milliy modelni" hayotga tadbiq qilishga, ma'naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va foydali aloqalarni rivojlantirish orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo'qotishga alohida e'tibor berilmoqda [1].
Ta'lim tizimini isloh qilish kelajakda o'qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o'ta salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o'rganish, amalda qo'llash ta'lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati-ta'lim jarayonini jadallashtirish, o'quvchi va talabalarning o'zlashtirishi hamda uning atijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi [2].
Hozirgi zamonda ilmiy fikrlashning, hamda ilmiy texnika o'sishi keskin va intensiv ro'y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda o'qituvchilar zamonaviy bilimlar bilan hamnafas bo'lishlari shart va zarurdir.
Respublikamizda ta'limni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish masalasi M.M.Aripov, U.SH.Begimqulov, N.I.Taylaqovlar, U.Yuldashevlar va o'qituvchilarni kasbiy tayyorlashda kompyuterlardan foydalanishni tashkil etishning vosita va usullari, masofaviy ta'lim va uni tashkil etishda N.A.Muslimov, A.D.Asqarovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Shaxsga yo'naltirilgan elektron ta'lim resurslarini yaratish va o'quv jarayonini loyihalashning nazariy asoslari yuzasidan L.X.Zaynutdinova, A.I. Bashmakov, F.M.Zakirovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo'lsalar, o'quv jarayonida multimedia texnologiyalari va vositalarini qo'llashning ahamiyati va ulardan foydalanish asoslari YE.A.Drozdova, A.V.Chebotareva, A.Parpiyev, A.Maraximov, R.Hamdamov, M.Bekmuradov, B.Rajabovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Dars jarayonida kompyuterdan foydalanish o'qituvchi va talabalarga, interaktiv o'quv qo'llanmalari bilan bog'liq bo'lgan yangidan-yangi o'ziga xos qulayliklar yaratadi. O'qituvchi tomonidan yaratiladigan interaktiv o'quv qo'llanmalari uchun zamonaviy dasturlash tillarini bilgan holda, ularni talabalar tomonidan qiziqish bilan qabul qilinishiga erishimiz zarur. Kompyuterni boshqa o'qitish vositalari masalan proyektor, elektron doskalar bilan operativ qo'shilishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanib ma'lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o'qituvchi uchun dars vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi [3,4].
Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ya'ni, Delphi, Mathlab, MathCad, Maple, Mathematica, Cilarning imkoniyatlaridan foydalanish dars jarayonlarini sifatli tashkil qiladi. Natijada dars samaradorligi ortadi va o'quvchilarning qiziqishi, hamda munosabati o'zgaradi [4].
Ta'limda o'qitishning sifatini oshirish so'zsiz yangi o'qitish usullaridan qanday foydalanishga bog'liq bo'lmoqda. Yangi o'qitish usullarida talaba doimiy ravishda izlanish va xarakatda bo'lishi lozim, ya'ni berilgan ma'lumotlarni olishi, qayta ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar yechishda qo'llashi lozim. O'qitishning ma'ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta'lim shakllarida axborot texnologiyalarning qo'llanilishi tezlik bilan o'z samarasini beradi. Masalan laboratoriya darsida virtual stendlarning qo'llanilishining o'zi albatta mashg'ulotning sifatli tashkil etilishiga asos bo'ladi.
Kompyuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyani ta'limda qo'llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O'quv materiallarini multimedia tizimlari ko'rinishida tayyorlash va ularni kompyuter tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko'pchilikka taqdim etish mumkin. Kompyuter texnologiyalarining ta'lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o'qitish
shakllarining o'quv materiallarini qaytadan ko'rib chiqishni talab etadi. Xar bir o'qitish shakliga mos ravishda multimediali elektron o'quv materiallari tayyorlash kerak bo'ladi [5].
Odatda amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida axborot texnologiya vositalaridan kam foydalaniladi. Lekin o'qitish texnologiyalari sohasi tadqiqotlari shuni ko'rsatmoqdaki, aynan ushbu o'qitish shakllarida o'qitish sifatini oshirishning zaxiralari yashirinib yotibdi. Gap shundaki, an'anaviy o'qitish usullarida guruhni faol ishlashga jalb etish va ularning o'zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham ko'ngildagidek bo'lavermaydi. O'quv materialining elektron shaklda bo'lishi, matnli, grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko'rish, o'rganish, o'zgartirish kiritish va yozib olib yanada chuqurroq o'rganishga imkon beradi.
O'quv materialining elektron shaklini mavjud lokal tarmoqga jamlansa, ular orqali topshiriqlarni korporativ bo'lib yechish va axborot almashish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Kompyuter sinfidagi kompyuter va dasturiy vositalar talabalarga o'rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o'z fikrini shakllantirish va faollikni oshirish imkonini beradi [6].
O'qituvchi server kompyuter orqali xar bir talabaning o'zlashtirish jarayoni va berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda o'qituvchi va talaba o'rtasida ijodiy hamkorlikni ta'minlaydi.
Bunday o'qitishni tashkil etishda o'qituvchidan elektron resurslarni yaratish dasturlari bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlikni hamda auditoriyada foydalanuvchi interfeysini ta'minlovchi texnik vositalarning bo'lishligi talab etiladi.
Zamonaviy o'qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, bog'lik) tizim bo'lib, unda ta'lim maqsadlari asosida belgilangan ko'nikma va malakalar o'quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o'zlashtirish, ularda muayyan ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma'lum tartibga solingan to'plamdir.[7]
Elektron ta'lim resurslaridan o'quv jarayonida to'liq foydalanish natijasida quyidagilarga erishiladi:
1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig'adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda qayta tiklamaydilar;
2) bevosita o'qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, umumlashtiradilar, namuna bo'yicha amaliy harakatlarni bajaradilar;
3) muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga erishishning yo'l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta'lim resurslarining sifati darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, ta'lim berish jarayoni shuncha natijali bo'ladi
[8,9]. O'qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan va biladigan, o'ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Elektron ta'lim resurslari qo'llanilgan darslarda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi pedagogik hamkorlik o'quvchini dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo'lgan qiziqishlari doimiyligini ta'minlaydi [10].
Ta'lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta'lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kompyuter, multimedia, internet, masofali o'qitish, yagona axborot muhiti va axborot kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o'zining yaqqol samarasini bermoqda.
Pedagogik tajriba-sinovini o'tkazish jarayonida amalga oshirilgan pedagogik eksperimentning muvaffaqiyati, ushbu jarayonda uning tashkiliy-pedagogik jihatlarini inobatga olishi zaruriyatini ko'rsatadi. Shuning uchun ham mazkur jihatlariga alohida e'tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayoni Navoiy davlat pedagogika institutidagi professor-o'qituvchilarning fikr va mulohazalarini bilish bilan tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy davlat pedagogika institutining "Informatika o'qitish metodikasi" ta'lim yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalar o'rtasida o'tkazildi. Tajriba va nazorat guruhlari uchun jami 168 nafar talaba tanlab olindi.
Tajriba-sinov davrida informatika fani professor-o'qituvchisi va talabalar bilan axborot-ta'lim muhitlarning asosiy hususiyatlariga oid suhbat va kuzatuvlar olib borildi. Suxbat va kuzatish natijalari uchun 28 nafar informatika fani professor-o'qituvchisi va 168 nafar talaba ishtirok etdi.
Professor-o'qituvchilar tomonidan so'rov natijalaridan ma'lum bo'ldiki, 56,4 % o'qituvchi dars jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish zarur, 28,6 % mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,8 % qiyin mavzularni o'zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,2 % bilimlarni o'zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Talabalar tomonidan so'rov natijalaridan ma'lum bo'ldiki, 45 % o'qituvchi dars jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish zarur, 40,3 % mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,4 % qiyin mavzularni o'zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,3 % bilimlarni o'zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichi 2019 yilda olingan sonli ma'lumotlarning natijalari tahlil qilinib, umumlashtirildi va uning ishonchliligini tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlili
qilindi. Hisoblash natijasiga ko'ra, tajriba guruhining o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan yuqori ekanligi, ya'ni, 11,2 % ga oshganligi ma'lum bo'ldi.
Bugungi kun yoshlari uchun yaratiladigan elektron ta'lim resurslariga talab ham ancha murakkab. Ta'lim resurslari har tomonlama mukammal, zamonaviy, yoshlar e'tiborini tortadigan va yangiliklar bilan boyita oladigan bo'lishi kerak. Shuning uchun yangi dasturlash tillaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maksad, uning afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillarida namoyon bo'ladi. Zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib yaratilgan elektron ta'lim resurslarini tarmokda joylashtirish orkali, ukuvchilarni bilim boyligi oshiriladi, esda kolishi kuchayadi, darslar qiziqarli tashkil etiladi, tafakkurni rivojlantiradi samaradorligini oshiradi. dunyoqarashni kengaytiradi, o'quvchilarni o'z ustida ishlashga da'vat etadi, o'z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o'rgatadi.
Fan bo'yicha tayyorlangan elektron ta'lim resurslari talabalar bilimini takomillashtirishda, talabalarni baholashda, o'quv jarayonini boshqarishda keng qo'llaniladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni tako- millashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo'lib, ularda mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonining didaktik ta'minotini ishlab chiqish va joriy etishga kam e'tibor qaratilgan. Bu esa, oliy ta'lim muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida zamonaviy texno- logiyalardan foydalana olish ko'nikmasini shakllantirish masalasini atroflicha tadqiq etishni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda, elektron shaklda tayyorlangan o'quv materiallari o'qitishning barcha shakllarida yuqori sifat va samarani kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 2017-2021 йиллaрдa Узбекистан Pеспyбликaсини ривожтантиришнинг бештa ycTyBop йyнaлиши бyйичa X,apaKarnap стрaтегияси. Узбекистон Pеспyбликaси конун xyжжaтлaри тyплaми, 2017 й., 7-сон.
2. Узбекистон Республи^си Олий Ba yртa мaхсyс тaълим вaзирлиги тизимигa aхборот коммyникaция технологиялaрини жорий этиш Ba ривожлaнтириш концепцияси, Тошкент, 2013
3. Абдукодиров A.A., Хaитов A.F., Шодиев P.P. "Ахборот технологиялaри". Т. "Укитувчи" 2002.
4. Носировa Ш.Н., Артыков А., Мaхмyдовa М.А Знaчение системного мышления в повышении кaчествa обучения. Междутародной нayчно-
технической конференции «Перспективные информационные технологии-2018», 14-16 апреля 2018 г. Самара, стр. 1214-1217.
5. Махмудова М.А., Носирова Ш.Н. Электронная рабочая тетрадь как средство реализации деятельностного подхода при изучении информатики в базовом курсе "Иктисодиётнинг тармокларини инновацион ривожланишида ахборот-коммуникация технологияларининг ахамияти" республика илмий техник анжуман, Тошкент,14-15 март, 2019, 516-518 бет.
6. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. The importance of electronic education resources in the effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education and training December 2019-V ISSN 2181-9750, Урганч, № 5, 2019.-С.1-8.
7. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Компьютер дастурлари воситасида укувчиларнинг билим эгаллашга кизикишларини ривожлантириш "Мугаллим хем узлуксиз билимлендириу" Илмий-методикалык журнал № 5 2019 жыл. Нукус - 2019, 25-27 бет
8. Махмудова М. А., Хамраев У.Н., Насирова Ш.Н. Ta'lim samaradorligini oshirishda dasturiy-didaktik majmualarning ahamiyati "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 13-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari, Toshkent, 2020 yil, 29 fevral, 3 qism, 178-179 bet.
9. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Особенности использования мультимедийной и интерактивной техники в обучении "21 асрда илм-фан тараккиётининг ривожланиш истикболлари ва уларда инновацияларнинг тутган урни" мавзусидаги республика 3 онлайн конференцияси материаллари, 2019, 30 апрель,23-24
10. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Improving the quality of education in systems thinking IV Международной открытой конференции «Современные проблемы анализа динамических систем. Приложения в технике и технологиях», Воронеж, 23-25 май, 2019
References
1. 2017-2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Хдракатлар стратегияси. Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2017 й., 7-сон.
2. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги тизимига ахборот коммуникация технологияларини жорий этиш ва ривожлантириш концепцияси, Тошкент, 2013
3. Абдукодиров А.А., Хаитов А.Г., Шодиев Р.Р. "Ахборот технологиялари". Т. "Укитувчи" 2002.
4. Носирова Ш.Н., Артыков А., Махмудова М.А Значение системного мышления в повышении качества обучения. Международной научно-технической конференции «Перспективные информационные технологии-2018», 14-16 апреля 2018 г. Самара, стр. 1214-1217.
5. Махмудова М.А., Носирова Ш.Н. Электронная рабочая тетрадь как средство реализации деятельностного подхода при изучении информатики в базовом курсе "Иктисодиётнинг тармокларини инновацион ривожланишида ахборот-коммуникация технологияларининг ахдмияти" республика илмий техник анжуман, Тошкент,14-15 март, 2019, 516-518 бет.
6. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. The importance of electronic education resources in the effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education and training December 2019-V ISSN 2181-9750, Урганч, № 5, 2019.-С.1-8.
7. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Компьютер дастурлари воситасида укувчиларнинг билим эгаллашга кизикишларини ривожлантириш "Мугаллим х,ем узлуксиз билимлендириу" Илмий-методикалык журнал № 5 2019 жыл. Нукус - 2019, 25-27 бет
8. Махмудова М. А., Хамраев У.Н., Насирова Ш.Н. Ta'lim samaradorligini oshirishda dasturiy-didaktik majmualarning ahamiyati "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 13-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari, Toshkent, 2020 yil, 29 fevral, 3 qism, 178-179 bet.
9. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Особенности использования мультимедийной и интерактивной техники в обучении "21 асрда илм-фан тараккиётининг ривожланиш истикболлари ва уларда инновацияларнинг тутган урни" мавзусидаги республика 3 онлайн конференцияси материаллари, 2019, 30 апрель,23-24
10. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Improving the quality of education in systems thinking IV Международной открытой конференции «Современные проблемы анализа динамических систем. Приложения в технике и технологиях», Воронеж, 23-25 май, 2019
https://cyberleninka.ru/article/n/elektron-resurslarni-ta-limda-qo-llashdagi-imkoniyatlar-samaradorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |