Hozirgi o‘zbek adabiy tili - o‘zbek millatining milliy adabiy tilidir. Ma’lumki, tildagi o‘zgarishlar to‘satdan bo‘ladigan “portlash” yo‘li bilan
emas, balki asta-sekin eskining to‘la borishi, mukammallashuvi yo‘li bilan yuz beradi. Bunda, shubhasiz, ba’zi bir eski so‘zlar va shakllar arxaiklashib, iste’moldan chiqa boradi. Lekin, umuman olganda, til hodisalari vaqt va tarix sinovlariga juda katta bardoshli bo‘ladi.
XX asrning boshlarida tom ma’nodagi hozirgi o‘zbek adaboy tili yuzaga kela boshladi. Adabiy tilning lug‘at tarkibi tez sur’atlar bilan boyidi, grammatik qurilishi yanada silliqlashib, xizmat qilish doirasi va stilistik imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan bir qatorda eski adabiy til zaminida qadimdan rivoj topgan stil bilan bir qatorda ilmiy va publitsistik stil hamda rasmiy ish stilining juda ko‘p turlari va tarmoqlari paydo bo‘ldi. Adabiy tilda yangidan yaratilgan juda ko‘p zamonaviy termionlar bilan bir qatorda, yangi terminologiya ham yuzaga keldi. Aadabiy tilning xalq tili bilan aloqasi kuchaydi. Natijada o‘zbek millatining zamonaviy, yetuk, mukammal va barkamol adabiy tili yuzaga keldi, ulg‘aydi va taraqqiy etmoqda.(5. 7-10-bet)
O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan hamma kishilarning umumiy va yagona tilidir. O‘zbek milliy tilining shakllanishi o‘zbek millatining shakllanish jarayoni bilan bog‘liq. O‘zbek millati shakllangunga qadar u urug‘ tili, qabila tili va elat tili tarzida rivojlanib kelgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshiga kelib o‘zbek xalqi millat tarzida shakllandi va shu davrdan uning milliy tili vujudga keldi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining boyishi, rivojlanishi va mukammallashuvida eski o‘zbek adabiy tili an’analari, xalq tili, xalq shevalarining materiallari bilan bir qatorda boshqa tillarning ham ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti katta uch davrni tashkil etadi: 1. Qadimgi turkiy adabiy til. 2. Eski o‘zbek adabiy tili. 3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bularning har biri yagona umumxalq o‘zbek tilining asosiy va eng muhim taraqqiyor bosqichlarini o‘zida aks ettiradi. Har bir davrning adabiy tili ish ko‘rish doirasi, fonetik, leksik hamda grammatik qurulishi jihatrdan o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘zbek adabiy tili birinchi va ikkinchi davrlarda xalq tili sifatida ish ko‘rgan bo‘lsa, uchinchi davrga kelib, milliy til sifatida ish ko‘rayotir. Hozirgi kunda uning ish ko‘rish doirasi nihoyatda kengaygan, lug‘at tarkibi beqiyos darajada boyigan, grammatik qurilishi mukammallashgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |