Vaziyatning mazmuni.Xalqaro darajada kreditlar taqdim etishda valyuta kursining o’zgarishi hamda foiz stavkasi darajasi muhim omillardan hisoblanadi. Bu jarayon ayniqsa banklar uchun muhim bo’lib, ularning kelajakdagi investitsion faoliyati natijasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi hamda xalqaro darajadagi investitsion riskni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bank qaror qabul qilishda mamlakatdagi investitsion muhit bilan birgalikda valyuta kursi holati hamda foiz stavkasi darajasiga e’tibor qaratishi lozim. Chunki aynan mazkur ko’rsatkichlar istiqboldagi foyda miqdoriga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ushbu keltirilgan ma’lumotlar asosida investorning valyuta kursi va foiz stavkasidan kelib chiqqan holda qaysi mamlakatga investitsiya qilishining foydalilik darajasi yuqori ekanligini baholash orqali moliyaviy qaror qabul qilishini aniqlash lozim. Vaziyat mazmuni quyidagidan iborat: Bank 1 mln. doll. miqdoridagi kredit summasini 1 yilga AQSh yoki Shvetsariyaga qo’yish to’g’risida o’ylamoqda. Ushbu mamlakatlarda foiz stavkalari yillik mos ravishda 6% va 12%. Spot kurs 0,4USD/CHF. Yillik forvard kursi esa 0,3987USD/CHF. Qaysi mamlakatga investitsiya kiritish foydali va investor sof foydasi miqdorini hisoblang?
29-variant Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining kredit-investitsiya siyosati.
O’zbekistonnning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Vaziyatning mazmuni. Berilgan ma’lumotlar asosida topish kerak: 3 yil uchun Xn (savdo balansi qoldig’i), S1 (Shaxsiy jamg’arma), S2 (Davlat jamg’armasi), S=S1+S2 (Umumiy jamg’arma), Kapital harakati balansi qoldig’i.