Vaziyatli masala



Download 4.12 Kb.
Sana27.02.2017
Hajmi4.12 Kb.
Vaziyatli masala:

1.Takror tug`ayotgan ayol akusherlik bo’limiga qorin pastida kuchli, har zamonda takrorlanuvchi og`riq, qog`anoq suvining ketib qolganligidan shikoyat qilgan xolda yotqizildi.Tug`ruq boshlanganiga 8 soat bo’lgan. CHanoq o’lchamlari: 25-29-32-21.Qorin aylanasi 94 sm.Bachadon tubining balandligi 33 sm.Xomila bo’ylama vaziyatda bo’lib, bachadon tubida qattiq liqillab turadigan qismi paypaslanadi.Homilaning yurak urishi yaxshi, ritmik, minutiga 140 marta, tug`ruq kuchlari normada xar 3-4 minutda 40-50 sekunddan davom etmoqda. Qin orqali tekshirilganda bachadon bo’yni to’la ochilgan, xomila pufagi yo’q,chanoq deformatsiyasi yo’q, dumba oldinda bo’lib, u chanoqning ikkinchi tekisligida yotibdi.

1.Diagnoz.

2.Tug`ruqni olib borish rejasi.

Javob:Tug`ruqni I davri Homilani dumbasi bilan kelishi.

Tug`ruq tabiiy tug`ruq yullari orqali olib borilsin tug`ruqda TSovyanov uslubi qo’llanilsin.


2.34 yoshli birinchi marta tug`ayotgan ayol akusherlik bo’limiga qog`anoq suvlarining oqib ketishi va qorin pastida og`riq paydo bo’lganidan shikoyat qilib keldi.

Anamnez.7 yil bolasi bo’lmagan. Homiladorlik asoratsiz kechdi.CHanoq o’lchamlari 22-26-27-18 sm.Homilaning taxminiy og`irligi 4200 gr.Xomila bo’ylama vaziyatda birinchi pozitsiyada, chanoq oldinda yotish xolatida joylashgan.Homilaning yurak urishi kindikdan yuqorida, minutiga 132 marta, ritmik, aniq eshitiladi.Tug`ruq kechishida dard tutishi har 12-13 minutda 20-25 sekund davom etadi.

Qin orqali tekshirishda qin tor, bachadon bo’yni 2 sm ochilgan, devorlari qalin, dumbalar kichik chanoqqa kirish tekisligi ustida, diagonal kon`yugata 11 sm ligi aniqlandi.

1.Diagnoz?

2.Tug`ruqni qanday olib borish kerak.

Javob: Tug`ruqni I davri. Homilani dumbasi bilan kelishi. Qog`onoq suvlarining erta ketishi.Umumiy toraygan tor chanoq.



Tug`ruq kesar kesish orqali orqali olib borilsin.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa