MANTIQIY SAVOLLAR:
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklining afzal va kamchilik jihatlarini tahlil qiling.
Javob
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʼyicha javobgar boʼlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʼliq zarar uchun oʼzlari qoʼshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʼladilar. (Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisidagi qonunning 3-moddasi).
Masʼuliyati cheklangan jamiyat hozirda eng koʼp tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subekti hisoblanadi. Hozirda tadbirkorlarning kop’chiligi ushbu jamiyatni afzal ko’rishadi chunki masʼuliyati cheklangan jamiyatda:
– jamiyat muassislarning majburiyatlari boʼyicha javobgar emas;
– jamiyatning oʼz hissasini toʼla qoʼshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʼyicha har bir ishtirokchi hissasining toʼlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʼladilar. Mazkur qoidaga koʼra kreditorlar oʼz hissasini toʼliq qoʼshmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qoʼyilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Аgar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aktsiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Аgar belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari nimalardan iborat? Normativ-huquqiy hujjatlar asosida fikringizni tahlil qiling.
Javob
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 32-moddasida quyidagicha keltiriladi:
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno bo‘lib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Demak yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, qonunda nazarda tutilgan ba’zi hollardan tashqari, tadbirkorlarning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmas ekan. Aslida bu 3 ta iboraning mohiyatini anglasak bularga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin.
Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.
Rekvizitsiya - tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin
Musodara - qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin.
Foydalanilgan manbalar:
Tadbirkorlik subʼektlari va ularning turlari. 2018.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida
Do'stlaringiz bilan baham: |