Vaziyatga huquqiy baho bering



Download 31,22 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2022
Hajmi31,22 Kb.
#595848
1   2
Bog'liq
biznes yn

MANTIQIY SAVOLLAR:



  1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklining afzal va kamchilik jihatlarini tahlil qiling.



Javob

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar


Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʼyicha javobgar boʼlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʼliq zarar uchun oʼzlari qoʼshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʼladilar. (Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisidagi qonunning 3-moddasi).

Masʼuliyati cheklangan jamiyat hozirda eng koʼp tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subekti hisoblanadi. Hozirda tadbirkorlarning kop’chiligi ushbu jamiyatni afzal ko’rishadi chunki masʼuliyati cheklangan jamiyatda:


– jamiyat muassislarning majburiyatlari boʼyicha javobgar emas;
– jamiyatning oʼz hissasini toʼla qoʼshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʼyicha har bir ishtirokchi hissasining toʼlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʼladilar. Mazkur qoidaga koʼra kreditorlar oʼz hissasini toʼliq qoʼshmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qoʼyilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Аgar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aktsiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Аgar belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.

2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari nimalardan iborat? Normativ-huquqiy hujjatlar asosida fikringizni tahlil qiling.




Javob

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 32-moddasida quyidagicha keltiriladi:



  • Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

  • Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno bo‘lib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.

  • Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

Demak yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, qonunda nazarda tutilgan ba’zi hollardan tashqari, tadbirkorlarning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmas ekan. Aslida bu 3 ta iboraning mohiyatini anglasak bularga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin.
Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.
Rekvizitsiya - tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin 
Musodara - qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin.


Foydalanilgan manbalar:

  1. Tadbirkorlik subʼektlari va ularning turlari. 2018.

  2. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

  3. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida

Download 31,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish