- mamlakatimizdagi yoshlarning porloq kelajagi uchun mamlakatimiz miqyosida va ta’lim tizimida
amalga oshirilayotgan ishlardan ba’zi yoshlarning kam darajada xabardorligi, uning ishtirokchisi bo‘lishda
sustkashligi.
Bunday kamchiliklarning mavjudligi albatta ko‘nglimizni xira qiladi. Biroq hamma yoshlar ham
yuqoridagi xislatlarga ega deyishdan umuman yiroqmiz. Turli tanlovlarda, sport musobaqalaridafaxrli
o‘rinlarni olib kelayotgan, o‘z kelajagi uchun tinimsiz ilm, hunar, kasb sirlarini o‘zlashtirayotgan yoshlarimiz
ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun OTMlarining professor-o‘qituvchilari
oldida tizimli ravishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb ishlar turibdi.
Quyida ularning mazmuni
bilan tanishtirib o‘tamiz.
1. Har bir OTMda ochiq va yopiq turdagi sport zallari mavjud bo‘lishi, u yerda sport to‘graklarini faoliyat
ko‘rsatishi hamda talabalarni unga jalb qilinishi. Chunki TTJda yashovchi talabalarning ko‘pchilik qismi
sport bilan shug‘ulanishni xohlaydi, biroq sport to‘garaklari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Ayrim OTMlari
yopiq turdagi sport zallari mavjud emas.
2. Sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish mexanizmlarini mutaxassis yordamida guruhlarda talabalarga
yetkazish.
3. Shaxsiy gigiyena qoidalari va uni yo‘lga qo‘yishning ahamiyatini bevosita guruh murabbiylari
talabalarga, ayniqsa, ijarada va talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchilarga aniq misollar orqali
yetkazishi. Bunda albatta axborot soatlari va guruhning ma’naviyat darslariga tibbiyot xodimlarini jalb
qilish, mutaxassislarning fikrlarini jonli tarzda talabalarga yetkazish o‘rinli bo‘ladi. Chunki guruhlarimizda
oila qurgan yoki ushbu ostonada turgan yoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi.
4. Talabalarga Internet tizimi va undan foydalanish madaniyati yetkazish.
Biz hozirgi kunda Internet
tizimini yopib yoki chegaralab qo‘ya olmaymiz. Bu xususida Prezidentimiz shunday degan: “Bugungi kunda
yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham
rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan
shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir
tomonlama
tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning
talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi” [2]. Shunday ekan har bir
professor-o‘qituvchi avvalo o‘zi Internet tizimi va undan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishi va uni
yoshlarga aniq misollarda ko‘rsatib berishi, yoshlarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishi
lozim.
5. Talabalar ichida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar va ularning oqibatlari, buni oldini olishga
qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbatlarini tashkil qilish. Albatta
bunda ichki ishlar
xodimlarining ishtirokini ta’minlash o‘zining ijobiy samarasini beradi.
6. Guruh murabbiylari, fakultet rahbariyati va murabbiylar kengashi faollarini talabalarning ota-onalari
bilan aloqalarini mustahkamlash. Fakultetda ota-onalar kuni va kengashini tashkil qilish, ota-onalar bilan
ularning farzandlarini o‘qishi, yashashi, ma’naviy qarashlari to‘g‘risida bevosita suhbatlashish lozim.
7. OTM larida faoliyat yuritayotgan murabbiylar kengashi va murabbiylar faoliyatini moddiy
rag‘batlantirish orqali ularning faolligini oshirish. Shunda guruh murabbiylari ijarada, TTJlarida va o‘z
uyida
yashovchi talabalar bilan jiddiy ish olib borishga o‘ta mas’ul bo‘lishga majbur bo‘ladi. Guruh
murabbiylarning shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv yuklamasiga har haftaning seshanba kuni o‘tkazadigan
“Axborot soati” va “Murabbiylik soati”ni kiritish masalalasini o‘ylab ko‘rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: