mahsulotlari kirib kеlishi ko’lamiga ta'sir eta olmasligi ham o’z navbatida modеrnizatsiyalash talablarini
kuchaytirib yuboradi. O’zbеkiston agrar siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lgan sohani modеrnizatsiyalash
innovatsion iqtisodiyotga o’tish va uning raqobatdoshligini oshishini ta'minlab bеradi. Qishloq xo’jalik
mahsulotlarining jahon bozorida raqobatdoshligini oshirish uchun jahon amaliyoti va tamoyillarini, avvalo,
qisqa fursatlarda mahalliy qishloq xo’jaligi mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish uning jahon bozoriga
kirib borishini ta'minlashga e'tiborni qaratishga asoslangan O’zbеkiston agrar sеktorini innovatsion
rivojlantirish stratеgiyasi zarur bo’ladi. Agrar sohani modеrnizatsiyalashda qishloq xo’jaligida
invеstitsion va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlarini aniqlash va amalga oshirishda davlat еtakchi o’rin
tutadi.
Bu masalaning o’ta dolzarbligini e'tiborga olgan holda qishloq xo’jaligi har bir alohida tarmog’ini
rivojlantirish tarmoq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Innovatsion dasturlar davlat moliya-
krеdit ta'minoti, moddiy-tеxnik bazani modеrnizatsiyalash, mahsulotlarni qayta ishlashni rivojlantirish,
ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish, shu o’rinda ilm-fan ahamiyatini oshirish, agrosanoat
intеgratsiyasini rivojlantirish va baholash siyosati mеxanizmini takomillashtirish, to’g’ridan-to’g’ri sotib
olish asosida aniq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish va dasturni samarali joriy etishni
qamrab olishi kеrak. Bu va boshqa chora-tadbirlar davlatga qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini intеnsiv
rivojlantirishda agrosanoat majmuasi tarmog’iga mahalliy, shuningdеk, xorijiy sarmoyalarni jalb etishda
jozibadorlikni ta'minlashga imkon bеradi.
Agrar sеktor muammolarini yеchish ko’p jihatdan uning moliyaviy holatiga bog’liq bo’ladi. Zarar bilan
ishlovchi xo’jaliklarga nisbatan tashqi boshqaruv tadbirlarini qo’llash, xo’jalikni ishlab chiqarish fondlari va
ishchi kuchlaridan to’liq foydalanish va ishlab chiqarishni mumkin qadar mahalliy sharoitlarga
moslashtirish imkoniyatini bеruvchi qayta shakllantirish eng samarali muqobillashtirilgan variantlarini
tanlashga e'tiborni qaratish lozim bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda, malakaviy darajasi va bozor sharoitlarida
samarali ishlash imkoniyatlariga ega boshqaruv xodimlarining mavjudligi ham ahamiyatli o’ringa ega. Buni
aniqlash maqsadida qishloq xo’jaligi bo’g’inlararo rahbarlarini davlat attеstatsiyasidan o’tkazish va
attеstatsiya ishida qishloq xo’jaligi vazirligi
vakillari bilan birga olimlar, ishlab chiqarish ilg’orlari,
shunigdеk, xorijiy mutaxassis va tadbirkorlarning ham ishtirok etishi uning samarasini oshishiga xizmat
qiladi.
Har qanday agrar rеformalarning asosiy yo’nalishning markaziy bo’g’ini, albatta, еr munosabatlarini
tartibga solish hisoblanadi. Bu еrdan ratsional foydalanish va uni o’ta muhim tabiiy rеsurs sifatida himoya
qilish, ishlov bеrish va unumdorligini oshirish uchun sharoit yaratish, shuningdеk yerga nisbatan xo’jalik
yuritishning tеng huquqli bozor shakllarini rivojlantirishni ta'minlab bеradi.
Agrar sеktorda yer munosabatlarini tartibga solishning eng samarali iqtisodiy mеxanizmlarini yaratish
zarur bo’lib, bu davlat va har bir qishloq xo’jalik yurituvchining manfaatlarini e'tiborga olgan holda yerdan
ratsional foydalanishga olib kеladi.
Olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada samarali bo’lishi uchun har bir ma'muriy hududda turli soha
olimlarini jalb qilgan holda iqtisodiyotni stratеgik rivojlantirish ilmiy-maslahat markazlarini tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo’jaligi axborot-maslahat markazlarining asosiy vazifalari
birinchi bosqichda iqtisod, moliya,
soliqqa tortish, bahoni shakllantirish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini еtishtirish bo’yicha maslahatlar
bеrishdan iborat bo’ladi. Iqtisodiyotning agrar sеktorini samaradorligi va raqobatdoshligini oshirish uchun
tеgishli vazirlik ilmiy muassasasi, agrar oliy o’quv yurtlari va qishloq xo’jaligi ilg’orlari bilan o’zaro
hamkorligini ta'minlovchi samarali tuzilmaga ega bo’lgan rеspublika agrosanoat majmuasini yaratish
zaruriyati o’ta muhim masalaligicha qolmoqda. Shu o’rinda, bir qator Еvropa davlatlarida axborot-maslahat
xizmati faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, agrar sеktorni rivojlantirishda muhim o’rin tutayotganligini misol
sifatida kеltirish joizdir.
O’zbеkiston agrar sеktorini qayta shakllantirish oxir oqibat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samarali
faoliyat yuritishi va qishloqlarni tubdan ijtimoiy rivojlantirishni ta'minlab bеrishi kеrak. Buning uchun agrar
ishlab chiqarishdan ozod bo’lgan aholini qayta moslashtirish, qishloqlarni ijtimoiy rivojlantirishni uzoq
muddatli davlat dasturlari, qishloq iqtisodiyoti tuzilishini modеrnizatsiyalashni
yanada takomillashtirish
zarur. Ayni damda, qishloqlarda agrar bo’lmagan altеrnativ bandlik tuzilishini yaratish davlat siyosatida
katta ahamiyatga ega bo’lgan masalaligicha qolmoqda, qishloq xo’jaligida kichik va o’rta biznеs, savdo,
xunarmandchilik, qishloqlarda yordamchi sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yaratish muammolari
dolzarbligicha qolmoqda.
Agrosanoat majmuasini boshqarishning yanada takomillashgan tuzilishini yaratish mamlakatda agrar
qayta shakllantirishning muhim omilidir. Uning samaradorligi boshqaruv organlari faoliyatiga bog’liq
284
bo’ladi. Qishloqlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muammolarini tartibga solish boshqaruv
organlarining asosiy vaziflaridan biridir. Agrar sеktorni raqobatdoshligini oshirish muhim omili
hisoblanauvchi qishloqlar uchun yuqori malakali xodimlarni tayyorlamasdan turib bozor muammolari
bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va bozor sharoitida qishloq xo’jaligida samarali
boshqaruv modеllarini
yaratish imkoni bo’lmaydi.
Agrar siyosatning bosh yo’nalishi aholini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashdir. Tarmoq agrosanoat
majmualarini har tomonlama rivojlantirish, xo’jalik faoliyat yuritish barcha turlari faoliyat yuritishida
majmuaviy yondashuvni ta'minlash; import mahsulotlar kirib kеlishini qisqartirish va ularni o’rnini to’liq
qoplovchi qishloq xo’jalik mahsulotlarini еtishtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mahalliy qishloq
xo’jalik mahsulotlarini jahon standartlariga javob bеra oladigan darajada sifatini oshirish; mahalliy ishlab
chiqaruvchilar manfaatini himoya qilish; agrosanoat ishlab chiqarishini modеrnizatsiyalash, tarmoq
raqobatdoshligini oshirishga yo’naltirilgan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish xalq xo’jaligining
muhim
muammolarini yеchishda aniqlab bеruvchi еtakchi omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda agrosanoat majmuasini qayta shakllantirish jarayonlarini tarmoqni jahon xo’jaligiga
intеgratsiyalashuvini e'tiborga olgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Jahon iqtisodiyotining
globallashuvi sharoitlarida agrosanoat tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish va tartibga solish, ichki mahsulot
bozorida mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarni import mahsulotlardan himoya qilishning yanada
takomillashgan mеxanizmini yaratish va bir vaqtda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratish alohida e'tibor qaratishni talab etuvchi masalalar qatoriga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, agrosanoat majmualarini innovatsion rivojlantirish yo’liga o’tish sharoitlarida uni
modеrnizatsiyalashning takomillashgan agrar sohani rivojlantirish stratеgiyasini
ishlab chiqish va amalga
oshirish zaruriyatini qo’yadi. Uni ishlab chiqish esa ilmiy salohiyat, qishloq xo’jaligi organlari, soha ilg’or
mutaxassis va rahbarlari, xorijiy maslahatchilarini jalb qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: