muloqotchanlikka kirishish muammosini o‘rganish usullari
Mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilarda
muloqotmandlikning
umumiy
darajasini
aniqlash(V.F.Ryaxovskiy)
Tadqiqotimizda biz mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi o‘smirlarimizning
muloqotga qay darajada kirisha olishlarini o‘rganish maqsadida V.F.Ryaxovskiy
tomonidan ishlab chiqilgan “Muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash”
so‘rovnomasidan foydalandik. So‘rovnomani o‘tkazishdan oldin respondentlarga
quyidagicha ko‘rsatma berildi:”Sizning e’tiboringizga bir necha sodda savollar
beriladi. Tez va aniq qilib “ha”, “yo‘q”, “ba’zan” deb javob bering”. Javoblarni
baholash esa, “ha” – 2 ball, “ba’zan” – 1 ball, “yo‘q” – 0 ball.
Muloqotchanlikni umumiy darajasini aniqlash
1.Siz muhim yoki biror ishingiz hal qilinadigan uchrashuv arafasidasiz. Buni
kutish sizning kun tartibingizni izdan chiqaradimi?
2.Sizga birorta majlisda, yig‘ilishda, tadbirda ma’ruza qilish, axborot
berishyoki nutq so‘zlash topshirilsa, bu narsa sizda norozilik va o‘zini yo‘qotish
hissini qo‘zg‘otadimi?
3.Siz vrachning qabuliga borishingiz kerakbo‘lsa, bu ishni oxirigi
daqiqagacha paysalga solasizmi?
80
4. Sizga mutlaqo notanishbo‘lgan shaharga xizmat safari bilan borishni taklif
etishsa, siz bundan bo‘yin tovlash uchun hamma choralarni ishga solasizmi?
5.Siz o‘z hissiyotlaringiz haqida birovlar bilan o‘rtoqlashasizmi?
6.Agar ko‘chada begona kishi sizga biror iltimos bilan murojaat etsa (soat
necha bo‘lganini, biror joygacha bo‘lgan yo‘lni, biror ma’lumotni aytib berishni),
bu narsa sizning g‘ashingizga tegadimi?
7.Siz “kattalar va bolalar” muammosi borligiga hamda turli avlodga mansub
kishilarning bir – birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi?
8.Sizdan bir necha oy burun qarzga pul olgan kishiga bu haqda
ogohlantirishga tortinmaysizmi?
9.Restoranda yoki oshxonada sifatsiz taom berishsa, siz faqat achchig‘ingiz
chiqib tarelkani surib qo‘yish va indamay turaverish bilan kifoyalanasizmi?
10.Notanish kishi bilan yakkama-yakka qolsangiz, siz u bilan gaplashishni
boshlamaysiz va agar u birinchi bo‘lib so‘z boshlasa, sizga malol keladi. Shu
to‘g‘rimi?
11.Sizga har qanday uzun navbat, u qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar,
yoqmaydi (poliklinikada, magazinda, kinoteatrda, har qanday kassada). Shunday
vaziyatda sizga o‘z maqsadingizga yetish uchun navbatning oxirigacha turib,
qiynalib bo‘lsa ham kutasizmi?
12.Janjalli komissiyalarning faoliyatida qatnashishdan cho‘chimaysizmi?
13.Adabiyot, san’at va madaniyat boyliklarini baholashbo‘yicha sizning o‘z
mezon va me’yorlaringiz bor. Shuning uchun bu boradagi hech qanday boshqa
fikrlarni tan olmaysiz, shu to‘g‘rimi?
14.Qayerdadir bir chekkada sizga yaxshi ma’lum bo‘lgan biror masala
yuzasidan mutlaqo noto‘g‘ri fikr bildirilayotganini eshitib siz munozaraga
kirishmay jim turishni afzal ko‘rasizmi?
81
15.Kimdir sizdan u yoki bu xizmat masalasiga aniqlik kiritishni yoki biror
o‘quv mavzusini tushuntirib berishni so‘rasa, sizning kayfiyatingiz bo’ziladimi?
16.Siz o‘zingizning nuqtai nazaringizni (fikringiz, bahoingizni) yozma holda
bayon qilishni og‘zaki bayon qilishga qaraganda afzalroq ko‘rasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |