Vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti kurs ishi


 Maktabda “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-



Download 456,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana09.08.2021
Hajmi456,17 Kb.
#143391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi Tarbiyaviy ishlar metodikasi

 

2.3. Maktabda “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-

yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish 

 

 



O‘quvchi-yoshlarda  vatanparvarlik  hissini  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlar  asosida  shakllantirishda  o‘qituvchilar  va  murabbiylar  quyidagilarga 

qat’iy rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: 

 



       xalq  orasida  keng  tarqalgan  va  yoshlar  fuqarolik  madaniyatining 

shakllanishiga ta’siretuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ijobiy fazilat kasb 

etgan qadriyatlar mohiyatini atroflicha tushuntirish;

 



  tashkiliy-pedagogik  tadbirlarning  suhbat,  munozara,  savol-javob 

kechalari,  konferensiya,  ekskursiya  kabi  usullaridan  keng  foydalanib,  milliy  va 

umuminsoniy qadriyatlar  to‘g‘risida puxta ma’lumotlar berish ;

 

 



 

o‘quv mashg‘ulotlari, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘rganilayotgan 



 

mavzular  mazmuni  bilan  bog‘lab,  o‘quvchilarning  insoniy  madaniyati,  bilimlari 



saviyasini takomillashtirishga erishish.

 



“Ma’naviyat” soatlarida va boshqa  ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tadbirlarida 

o‘quvchilarning  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  to‘g‘risidagi  tasavvurlarini, 

bilimlarini  mustaqil,  ijodiy  tarzda  bayon  etishi  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va 

rivojlantirish. 

 



O‘zbek  xalqining  turli  asrlar  mobaynida  shakllanib,  davr  ruhidan  yangi 

mazmun  kasb  etib  millatning  quvonchi,  qo‘lga  kiritilgan  g‘alabasini, 

muvaffaqiyatini,  iftixorini  aks  ettiruvchi  milliy  bayramlari  mavjud.  Ular  shaklan 

milliy,  mazmunan  hududiy  xususiyat  kasb  etib  o‘quvchilarda  fuqarolik 

madaniyatini  shakllantirish  uchun  muhim  vosita  bo‘lib  xizmat  qilishi  tabiiy. 

“Chunki kishilar, ayniqsa bolalar baramda eng yaxshi kiyimlarini kiyadilar, lazzatli 

taomlar  tayyorladilar,  ularda  ko‘tarinki  kayfiyat  hamroh  bo‘ladi,  eng  yaxshi 

an’analarga  rioya  etishlarini,  o‘zlarining  qobiliyatlarini,  ijodkorliklarini  namoyish 

qiladilar.  Demak,  bayram  –  ijtimoiy,  madani,  ma’naviy  yutuqlarini  namoyish 

etuvchi,  shu  yutuqlar  asosida  tarbiyalovchi  vositadir.  Shu  boisdan  bayramlar 

o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi o‘ziga xos sehrli kuchga egadir”. 

Mamlakatimizda milliy bayramlarimiz juda ko‘p. Bular madaniyat, san’at, 

mehnat,  ma’rifat,  oilaviy,  diniy,  ommaviy  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  bayramlardir. 

Ular ichida eng ta’sirchani, muqaddasi mustaqillik bayramidir. 

 

Ma’lumki,  1991-yil  1-sentabr  O‘zbekiston  xalqi,  o‘zbekiston  millatining 



hayoti  uchun  mo`tabar  kun  bo‘lib,  uning  tarixiga  zarhal  harflar  bilan  yoziladi.  Bu 

kun  O‘zbekiston  mehnatkashlari  uchun  aziz  bayram  mustaqillik  bayrami, 

Umumxalqbayrami  bo‘lib  qoldi.  Xalqimizning  azaliy  orzusi,  maqsad-muddaosi 

ushaldi.  Shuning  uchun  bu  bayram  elimizda  har    yili  katta  shodiyonalik,  faxru-

iftixor bilan nishonlanadi. Yurtimiz yangicha ko‘rinish, chiroy kasb etadi. 

 

Mustaqillik  har  mamlakat  kishisi,  ayniqsa  o‘quvchi-yoshlar  qalbini 



tug‘yonga  keltiruvchi,  ularni  yangi  zafarlar  sari  chorlovchi  bayram  hisoblanadi.  

O‘zbekiston  mustaqilligining  asosini  shu  diyorining  o‘zi,  uning  xalqi,  uning 

ma’naviy  va  madaniy  merosining  mazmunini  tashkil  etgan  onatili,  tarixi,  urf-

odatlari,  an’analari,  marosimlari  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  mustaqillik 

qadriyat hisoblanadi. 

 

Zero,  mustaqillik  davlatni  davlat,  millatni  millat,  elni  el  etadi.  Uning 



mohiyat-mazmunini  anglagan  har  bir  fuqaro,  shu  jumladan,  yoshlar  uni  asrab-

avaylashga,  qudratini  yuksaltirishga,  unga  sodiq  qolishga  astoyidil  o‘qiydi  va 

mehnat qiladi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini izhor etadi. 

Shunday ekan bayram kunlarida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari,  




murabbiylari,  guruh  rahbarlari  o‘quvchilarga  mustaqillikning  mazmunini  teranroq 

anglashga  ko‘maklashishi,  O‘zbekistonning  davlat  ramzlari  –  bayrog‘i,  tamg‘asi 

(gerbi), madhiyasi bilan faxrlanishga da’vat etishi, uning Konstitutsiyasi to‘g‘risida 

tushuncha berib, yoshlarni elim deb, xalqim deb yonib yashashga o‘rgatishi lozim. 

Shuni  inobatga  olib,  tajriba  ishlari  olib  borgan  ob’ektlarda  “Mustaqillik  –  buyuk 

qadriyat”,  “Mustaqillik  sodiqlik  –  elga  sodiqlik”,  “Mustaqillik  –  mening 

hayotimda”,  “Mustaqillikni  asrash  har  bir  yoshning  –  fuqarolik  burchi”,  “Men 

nechun  ardoqlamay  mustaqillikni”,  “Gulla,  yashna  mustaqil  O‘zbekiston”, 

“Mustaqillik  bo‘lsang  mustaqil  bo‘l!  Davlat  bo‘lsang,  davlat  bo‘l!”  mavzularida 

munozaralar,  suhbatlar,  tarbiyadarslari,  ma’naviyat  soatlari,  savol-javob  davralari 

tashkil qilindi. 

 

Mustaqillik 



– 

mamlakatda 

demokratik 

o‘zgarishlarni 

yanada 

chuqurlashtirish,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirish  uchun  ongimiz  va 

fikrimizni  yanada  yuksaltirish  hamda  jahonhamjamiyatida  o‘z  o‘rnimizni 

egallashdir. 

 

Vatanparvarlikni  shakllantirishda  o‘quv  mashg‘ulotlari,  ma’naviy–



ma’rifiy  tarbiya  ishlari  bilan  birga,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlardan 

foydalanish  muhim  ijtimoiy-pedagogik  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlar  millatni,  xalqni  jumladan,o‘quvchi-yoshlarning  buyuk 

kelajak va ulug‘vor maqsadlarga yetaklash, taraqqiyot, Vatan ravnaqi uchun doimo 

ma’suliyat  sezib  yashash  hamda  yetuk  shaxs  bo‘lib  tarbiyalanishlari  uchun  katta 

imkoniyatlar yaratadi. 

 

Darhaqiqat,  o‘zbek  xalqining  madaniy  va  siyosiy  hayotida  asrlar 



davomida  shakllanib,  sayqallanib  va  takomillashib  kelayotgan  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlar  mazmunida  xalqning  noyob  urf-odatlari,  an’analari, 

intizomi, madaniyati, hayot qonunlari mujassamlashtirgan bo‘lib, ular kishilarning 

moddiy  va  ma’naviy  hayotini  mukammalashishiga,  iqtisodiy  va  madaniy 

taraqqiyotiga zamin tayyorlab kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun 

ham  ular  oliy  o‘quv  yurti  o‘quvchilarida  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishda 

muhim mexanizm rolini o‘tashi tabiiy. 

 

Qadriyat atamasi ilmiy manbalarda qayd etilishicha, inson tomonidan  




amalga  oshiriluvchi  faoliyatining  mazmunini  ochib  beruvchi  falsafiy–sotsiologik 

va  aksiologik  tushuncha  hisoblanib,  voqelikdagi  voqea  va  xodisalarning  ijtimoiy-

madaniy xususiyatini aks ettiradi. Chunonchi, «Mustaqillik: izohli ilmiy–ommabop 

lug‘atida  qayd  etilishicha,  «Qadriyatlar–borliq  va  jamiyat,  narsalar,  voqealar, 

hodisalar,  inson  hayoti,  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarning  ahamiyatini  ko‘rsatish 

uchun qo‘llaniladigan tushuncha». 

 

Albatta,  ushbu  tushuncha  muayyan  jamiyat,  sinf  yoki  fuqarolar  turmushi 



va  madaniyatining  jixatlarini  ifodalab  ular  inson  ma’naviy–kamoloti,  yoki 

jamiyatning  u  yoki  bu  ehtiyojini  qondirish,  shaxsiy  va  ijtimoiy  faoliyatini 

boyitishga xizmat qiladigan ne’matdir. Shuning uchun u inson va jamiyat rivojiga 

ijobiy  hissa  qo‘shadigan  millat,  elat  hamda  ijtimoiy  guruhlarning  manfaatlari, 

maqsadlariga xizmat qiladigan pedagogik omil hisoblanadi. 

 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlardan biri 



–  bu  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarning  qayta  tiklanishi,  ularga  yangicha 

mazmun  berilishi  bo‘ldi.  Darhaqiqat  Respublika  prizedenti  I.A  Karimov  mustaqil 

O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari xususida gapirar ekan, 

bu negizlar: 

o  umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 

 



xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

 



insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 

 



vatanparvarlik”dan  iborat  bo‘lishi  kerak  deb  ta’kidlar  ekan,  mazkur 

ma’naviy-axloqiy  negizning  kuch-qudrati  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarning 

mushtarakligini  uqtiradi.  Chunki,  qadriyatlar  xoh  u  umuminsoniy  bo‘lsin,  xoh 

milliy  jamiyat  taraqqiyoti  jarayonida  shakllanib,  rivojlanib  o‘tmish  uchun  muhim 

jamiyat etib qolmasdan, balki bugungi kun, kelajakning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-

madaniy, ma’rifiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi hodisa hisoblanadi. 

 

Qadriyatlar    jamiyat    ijtimoiy    va    ma’naviy-iqtisodiy    taraqqiyotning  



zaruriy    mahsuli,    muayyan  bir  davr,  sharoit  va  ehtiyojning  ko‘zgusi  sifatida 

milliyligi va umumbashariyligi bilan farqlanadi. 

 

Milliy  qadriyatlar  ma’lum  bir  millatning  tarixini,  madaniyatini,  tilini, 



san’atini,  adabiyotini,  ruhiy  va  axloqiy-estetik  fazilatarini  qamrab  oluvchi,  uning 

o‘tmishi,  hozirgi  davi  va  kelajak  taraqqiyotiga  ijobiy  ta’sir  etuvchi,  millatni 




birlashtiruvchi 

axloqiy-ma’naviy, 

ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy-madaniy 

munosabatlar  majmuidir.  Shu  ma’noda  milliy  qadriyat  millat  va  xalq  uchun 

o‘tmish  ajdodlari,  hozirgi  avlodlari  tomonidan  yaratilib,  eng  katta  va  kuchli 

moddiy  hamda  ma’naviy  boylik  sifatida  e’zozlanadi,  asrab-avaylanadi  va  yosh 

avlod tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. 

 

Umuminsoniy  qadriyatlar  turli  millat  va  elatlarning  tarixi,  turmush  tarzi, 



madaniyatining  bir-biriga  o‘xshashlik,  bir  butunlik  tomonlarini  ifodalaydi.  Uning 

asosini,  dunyo  xalklari  o‘rtasidagi  tenglik,  xamjixatlik,  adolat  o‘zaro  hamkorlik, 

xalqaro  huquq  normalariga  asoslangan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy-madaniy, 

ma’rifiy-madaniy, xususiyatlar tashkil etadi. 

 

Insoniyat  aql-idroki  va  tafakkurining  buyuk  samarasini  tashkil  etgan  fan-



texnika  taraqqiyoti,  madaniy-ma’rifiy  yutuqlar,  dunyo  mamlakatlari  va  xalqlari 

o‘rtasidagi  iqtisodiy-siyosiy  hamkorlik  umuminsoniy  qadriyatlar  mazmunini 

qamrab oladi.  Umumbashariy qadriyatlar o‘quvchilarda dunyo xalqlarining hayoti, 

madaniyati,  mehnat  faoliyati,  odati,  marosimlari,  urf-odatlari  haqida  ma’lumot 

berib, ularni  insoniyatning ijtimoiy,  iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,  ma’naviy, estetik, 

axloqiy,  mehnat,  falsafiy  madaniyatiga  yaqinlashtiradi.  Buning  natijasida 

o‘quvchilar  mamlakatda  yashaydigan  turli  millat,  elat,  xalqning  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayoti,  mehnat  faoliyati,  turmush  tarzi,  yashash  sharoiti  bilan  bog‘liq  holda,  shu 

millat,  elat,  xalqning  turli  urf-odatini,  axloq  normalarini,  odobini,  o‘tmishi  va 

kelajagini bilib oladilar. 

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyatini 



shakllantirishda  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatga  sadoqat,  madaniy  merosimiz, 

tariximiz,  ona  tilimiz,  ruhiyatimizga  hurmatni  tarkib  toptirishga  xizmat  qiladi  va 

yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tashabbuskor shaxsiga aylantiradi. 

 

Demak, bo‘lajak mutaxassislarni maktabdanoq o‘qish jarayonida milliy va 



umuminsoniy  qadriyatlarni  o‘rganishga  va  ular  asosida  tadbirlar  tashkil  qilib 

o‘tkazishga jalb qilish, ajdodlarimiz va butun jahon xalqlarning hayot tarzi mehnat 

faoliyati, turmush odobi, ijtimoiy– tarixiy taraqqiyotini  mukammalroq o‘rganishga 

ko‘maklashadi.  Va  ular  o‘quvchilarning  xulq  madaniyati,  iymon–e’tiqodi,  ijodiy, 

mustaqil tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari kabi fuqarolik madaniyatining sifatlarini  



shakllantirishga  yordam  beradi.  Bu  esa  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  yo‘lidan 

dadil  odimlayotgan  mamlakatimiz  uchun  ham,  tadbirkor,  ishbilarmon,  fidoyi, 

Vatanni,  xalqi  uchun  yonib  yashaydigan  fuqarolarni  voyaga  yetkazish  uchun 

muhim pedagogik voqea bo‘lib xizmat qiladi. 

 


Download 456,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish