Fragment ionlar.
Ion-molekulalarning barqaror bo‘lmagan turlari struktur qurilishiga muvofiq ayrim atomlar orasidagi bog‘larning batamom uzilib ketishi orqali parchalanish jarayoniga kiradi. Fragment ionlarning hosil bo‘lishi, birinchidan, M+ ionlardagi bog‘larning oddiy uzilishi bilan tugallanadi, ikkinchidan, ikki atom orasidagi bog‘ning uzilishi molekulaning boshqa qismida ham o‘tadigan parchalanish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Elektron zarb usuli bilan ishlaydigan mass-spektrometrlarda elektronlar energiyasi 40-70 ev oralig‘ida bo‘lib, birikmalar mass-spektrida ham molekulyar, ham fragment ionlar qayd qilinadi. Umuman "elektron zarb" - termini uncha to‘g‘ri bo‘lmay, mass-spektrometriya amaliyotida bu termin orqali elektronlar yordamida moddalar ionlarga o‘tkazilishini tushuniladi.
Ko‘chishda yakka elektron yoki vodorod atomi bir elektron bilan qatnashsa, ularni sxemada qarmoq shaklida bir ilgakli o‘q ()sifatida tasvirlanadi. Atomlar orasidagi bog‘ni yakka elektronlarning ko‘chishi bilan uzilishi gomolitik ajralish deyiladi. Fragmentatsiyada ikki elektronning ko‘chishi sodir bo‘lsa, ikki ilgakli egri o‘q ( ) sifatida ifodalanib geterolitik uzilish deyiladi.
Fragmentatsiya chizmalarida bog‘larning uzilishini molekula atomlari orasidan to‘lqinli chiziq o‘tkazib ham tasvirlash mumkin. Fragment massasi to‘lqinli chiziqning shu fragmentga tegishli tarafiga yoziladi. Cho‘qqi intensivligi ion massasining o‘ng tarafiga qavs ichiga olib yoziladi:
Tadqiq qilinayotgan noma’lum birikmalarning mass-spektri olinayotganda birinchi navbatda ularning molekulyar massasini bilish zarur. Molekulyar massa moddaning molekulyar ionlarining m/z qiymatiga teng bo‘lishini ta’kidlab, bu ionlarning mass-spektrda ko‘rinishini kuzatamiz. Mass-spektrdagi eng yuqori m/z qiymatli cho‘qqi tekshirilayotgan birikmaning M+ ionidan hosil bo‘lishi mumkin, ammo shu cho‘qqidan pastki boshqa m/z qiymatlarida birikmaning strukturasiga mos keluvchi fragment ionlarning mavjudligi bilan tasdiqlanishi darkor. Agar tekshiriluvchi modda aralashma bo‘lsa, mass-spektrda alohida birikmalarning M+ ion cho‘qqilarini ko‘rish mumkin, lekin fragment ionlarni talqin qilish
- interpretatsiyasi murakkablashadi.
M+ ion cho‘qqisining intensivligi xususiyatiga mos ravishda 0-100% oralig‘ini tashkil etishi mumkin. M+ ion cho‘qqilari ko‘rinmaydigan beqaror molekulalarning massasi spektrdagi tegishli fragment ionlar yordamida aniqlanadi.
Odatda uglevodorodlar, kislorod, oltingugurt va galogen saqlagan birikmalarning M+ ionlari juft sonli m/z qiymatli, ulardan vujudga kelgan fragmentlar bog‘larning uzulishiga qarab toq yoki juft qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Molekulada bitta (toq) azot bo‘lganda M+ toq m/z qiymatli, azot atomlari juft miqdorda qatnashsa, M+juft m/z qiymatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |