«Vertushka» treningi
Dori vositalarini fotoelektrokolorimetrik usuli bilan aniqlashda, rangli eritmalariga to‘g‘ri keladigan svetofiltrlarni ko‘rsating.
№
|
Dori vositalarining
eritmalari
|
Svetofiltr rangi
|
Binafsha
|
Ko‘k
|
YAshil
|
Sariq
|
Zarg‘aldoq
|
Qizil
|
1
|
Riboflavinning suvli
eritmasi
|
|
|
|
|
|
|
2
|
KMnO4 ning 1% eritmasi
|
|
|
|
|
|
|
3
|
SuSO4 ning
10% eritmasi
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Barbituratlarning rangli
kompleksi
|
|
|
|
|
|
|
Fotoelektrokolorimetrik usulda dori vositasini miqdoriy tahlil qilish
Fotometriyada qo‘llaniladigan moslamalarga, fotometriyani olib borish sharoitlariga, moddalarni fizik- kimyoviy xususiyatlariga qarab moddalarni nur yutish spektriga asoslanib, ularni konsentratsiyalarini aniqlash turlicha usulda olib boriladi.
Standart va tekshiriluvchi eritmalarning optik ko‘rsatkichini bir xil sharoitda o‘lchab aniqlanadi. Fotometriyada moddalarni miqdori quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Solishtirish usuli - bunda tekshiriluvchi hamda standart moddalar rangli eritmalarini bir xil qalinlikdagi kyuvetada optik zichliklari solishtirib aniqlanadi.
Kalibrlash usuli - bunda bir nechta standart, ya’ni ma’lum miqdorda tekshiriluvchi modda saqlagan eritmalarni optik zichliklari aniqlanadi. Olingan natijalar asosida kalibrlash chizmasi chiziladi. Abssiss o‘qlariga standart eritma konsentratsiyasi ko‘rsatkichlari, ordinat o‘qiga shu eritmalarni optik zichliklari qo‘yiladi. So‘ngra tekshiriluvchi modda eritmalarini optik zichliklari aniqlanilib, chizma asosida uni konsentratsiyasi, ya’ni miqdori topiladi. Bu usul ko‘p sonli moddalarni eritmalarini aniqlashda qo‘llaniladi.
Qo‘shib aniqlash usuli. Tekshiriluvchi modda eritmasini optik zichligi o‘lchanadi. So‘ngra unga modda eritmasidan aniq miqdor qo‘shiladi va yana aralashmani optik zichligi o‘lchanadi. Tekshiriluvchi moddani noma’lum konsentratsiyasi shu eritmaning optik zichligini aralashma optik zichligi bilan solishtirib aniqlanadi.
Fotokolorimetriya usullarining sezgirligi.
Fotometrik tahlil usulining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning sezgirligidir. Usulning sezgirligi yordamida modda tarkibidagi kichik miqdordagi qoldig‘ini (sledov) aniqlashda, sanoatda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni, ayniqsa yarim o‘tkazgich materiallarning tarkibini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi. Usulga qo‘yiladigan talablar taqqoslovchi kolorimetrik hamda fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullar uchun har xildir.
Taqqoslovchi (vizual) kolorimetrik usulda tekshiriluvchi rangli eritmani, taqqoslovchi moddaning rangiga solishtirib miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Fotoelektrokolorimetrik usulda, usulning sezgirligiga asosan izlanuvchi va taqqoslovchi eritmalarning optik ko‘rsatkichini taqqoslash yuqori sezgirlikda amalga oshiriladi. Bunda asosan tahlil jarayonida o‘zgarmas to‘lqin uzunligida kyuvetaning bir xil hajmida olib borish bir xil natijalarni aniqlikda olishga asos bo‘ladi. Yana boshqa xatoliklarga olib keladigan sabablardan dastlabki moddaning eritmasini tayyorlash, hamda halaqit beradigan moddalardan tozalash jarayonida bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun fotometrik usulning sezgirligini xususiyati fotometrik reaksiyalarni hosil bo‘lishi va fotometrik usulning o‘zini moddaga nisbatan va uning tarkibidagi moddalarni xolatiga bog‘liqdir.
Fotometrik usulda uning sezgirligiga ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Fotometrik reaksiya asosida izlanuvchi va taqqoslovchi modda eritmalarni nur yutish xususiyatini aniqlashda molyar nur yutish koeffitsenti () yordamida amalga oshirish yaxshi natijalarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |