Aktivlangan ko‘mir
Aktivlangan ko‘mir olish uchun xom ashyo sifatida yog‘och va toshko‘mir ishlatiladi. Aktivlangan ko‘mir olishni hamma usullari bir maqsadga – yuzasi yaxshi rivojlangan, serg‘ovak va mexanik mustahkam material olishga qaratilgan.
Aktivlangan yog‘ochdan olingan ko‘mir tuzilishi va xususiyatlari xom ashyoning kelib chiqishiga bog‘liq. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, undan shunchalik mayda g‘avakli aktivlangan ko‘mir olinadi.
Ko‘mirlarni xossalari ko‘p jihatdan aktivlashtirish shart-sharoitiga bog‘liq. Haroratni aktivlashtiruvchi agent va vaqtni o‘zgartirib har xil tuzilish va aktivlikka ega bo‘lgan ko‘mir olish mumkin. Aktivlangan ko‘mir – gidrofob sorbent hisoblanadi va gaz, bug‘ hamda erigan moddalarni sorbsiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |