Rutinning chinligini va tozaligini qog’oz xromatografiya usulida aniqlash
Rutin, Rutinium, 3-ramnoglikozid-3,5,7,3,4 - pentaksiflavon
0,01 g rutin (aniq tortma) 10 ml 95% li etil spirtida suvli hammom ustida eritiladi, so’ngra sovitiladi, hosil bo’lgan eritmadan kapillyar yordamida olib xromatografik qog’ozning start chizig’iga nuqtasimon ko’rinishida tomiziladi. Xromatografik qog’oz yaxshilab havoda quritiladi va n-butanol, sirka kislota va suvdan (4:1:5) tayyorlangan erituvchilar aralashmasi bilan to’yingan xromatografik kolonkadan olinadi va havoda erituvchilarning hidi ketguncha quritiladi.
Quritilgan xromatografik “UB-254” nuri oqimida ko’riladi. Bunda rutin moddsining to’q jigarrangdagi faqat bitta dori ko’rinadi.
Keyinchalik xromatogramma natriy gidroksidning 10% eritmasi bilan purkaladi, natijada dog’ rangga bo’yaladi. Rutin dog’ning Rf qiymati hisoblanadi.
Rf=a/b
Bu yerda, a - xromatogrammadagi dog’ning bosib o’tgan masofasi, sm; b - erituvchilar aralashmasining bosib o’tgan masofasi, sm;
Do'stlaringiz bilan baham: |