Dori moddasining namligini aniqlash
Namlik analizatori- tekshiriluvchi materialdagi namlik darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan ixcham qurilma bo‘lib,
ular tahlilni soddalashtirish , tahlil tezligini oshirish va aniq natijaga erishish imkonini beradi. Qurilmaning ish prinsipi asosida termogravimetrik usul yotadi. Namlik analizatori tekshiriluvchi moddani isitish moduli yordamida quritadi. Ob’ektning massasi quritishdan oldin va quritishdan keyin o‘lchanadi. Qurilma shu ma’lumotlar asosida xom ashyoning namligini hisoblab chiqaradi. SHunday qilib namlik analizatori
bitta korpusda ham quritish, ham tarozi modulini birlashtirgan bo‘ladi. Namlik analizatorida namlikni o‘lchash uchun o‘rtacha 5-10 daqiqa sarflanadi.