Kuchli elektrolit eritma elektr o‘tkazuvchanligini eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini, birinchi bo‘lib 1885 yilda topgan olmoniyalik olim F.V.Kolraush (1840-1910 y) konduktometrik tahlil ixtirochisi hisoblanadi. XX asrni 40 yillarida yuqori chastotali konduktometrik titrlash usuli ishlab chiqildi. XX asrni 60 yillaridan boshlab konduktometrik detektorlar suyuqlik xromatografiyasida qo‘llanila boshlandi.
Konduktometrik tahlil elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligini eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini o‘lchashga asoslangan.
Elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi, shisha idish (stakan)ga kavsharlab qo‘yilgan ikkita elektroddan iborat elektrokimyoviy yacheykada o‘lchanadi. Yacheykadagi elektrolit eritmasidan o‘zgaruvchan elektr toki o‘tkaziladi. Ko‘pchilik elektrodlar platina metallidan tayyorlanadi. Elektrod hajmini oshirish maqsadida uning sirti platinalik tuz eritmasidagi platina ionlarini elektrokimyoviy cho‘ktirish vositasida g‘ovakli platina bilan qoplanadi (Platinalangan platina elektrodi) 1-rasm.
Elektroliz va elektrodlarni qutblanishini oldini olish maqsadida konduktometrik o‘lchashlar o‘zgaruvchan elektr tokida bajariladi.
bu tenglamada koeffitsient -solishtirma elektir o‘tkazuvchanlik va uning teskari qiymati =1/ρ solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi. Elektr qarshiligi R-om birligida eritmaning qavat qalinligi l-santimetrda, elektrodlarning yuzasi sm2-da o‘lchangani sababli solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik Om-1
· sm
-1 (ba’zan Sm · sm
-1) birlikda ifodala-nadi.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni fizik ma’nosi 1 sm3 eritmaning elektr o‘tka-zuvchanligi bo‘lib, yuzasi 1 sm2, elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo‘lgan eritma ustunining 1 volt kuchlanish berilgandagi elektr o‘tkazuvchanlik – 1V/sm ma’nosini anglatadi.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning qiymati elektrolit va erituvchining tabiati, eritma konsentratsiyasi va xaroratga bog‘liq.
Eritmaning konsentratsiyasi ortgan sayin elektr o‘tkazuvchanlik avval ortadi, so‘ngra maksimumdan o‘tgach kamayadi. Elektr o‘tkazuvchanlikni bunday o‘zgarishining sababi quydagicha tushuntiriladi. Kuchli yoki kuchsiz elektrolit eritmasi konsentrotsiyasi ortganda tok o‘tkazuvchi zarralar, ionlar, soni ortadi. Shuning uchun eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi (eritmadan o‘tayotgan tok kuchi) ortadi. So‘ngra eritma kotsentratsiyasi ortgan sari uning qovushqoqligi, ionlarni elektrostatik tortishuvi ortadi (ionlar harakatchanligi kamayadi), Natijada konsentratsiya ortgani bilan elektr o‘tkazuvchanlik ortmaydi. Kuchsiz elektrolit eritmasida konsentratsiya ortgan sari elektrolitni dissotsiatsiya darajasi kamayadi bu esa tok o‘tkazuvchi zarra-ionlar sonini kamayishi binobarin solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni kamayishiga sabab bo‘ladi. Kuchli elektrolit eritma-sini konsentratsiyasi ortganda ion assotsiatlar (ikki, uch va undan ortiq ionlarni biri-kuvi) xosil bo‘ladi va bu ham elektr o‘tkazuvchanlikni kamayishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan omillar majmuasi elektrolit eritmasi solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini yuqoridagi tartibda o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Harorat ortganda eritma qovushqoqligi kamayishi, ionlar harakatchanligini ortishi, kuchsiz elektrolitlarda esa dissotsiatsiya (elektrolit molekulasini ionlarga ajralish) darajasi ortgani sababli solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik ortadi. Shuning uchun miqdoriy konduktometrik o‘lchov, konduktometrik yacheyka termostatlangan, xolda o‘zgarmas xaroratda bajariladi.
Kondutometriyada solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikdan tashqari ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik va molyar elektr o‘tkazuvchanlik ishlatiladi.
Ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlikni fizik mohiyati – 1 sm masofada joylashgan bir xil elektrodlar orasida 1 g ∙ ekv erigan moddasi bo‘lgan bir 1 sm3 eritmani elektr o‘tkazuvchanligidir.
Ekvivalent molyar massaga zaryad soni birga teng bo‘lgan zarralarga teng ulush olinadi. Masalan N +, Vr-
, ½Cu2+, 1/3Fe3+ va x.z.o.
Shunday qilib, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik turli konsentratsiyali eritmalar 1 sm3 hajmining elektr o‘tkazuvchanligini tavsiflasa, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik 1 gramm ekvivalent elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligini tavsiflaydi eritmaning hajmi turlicha bo‘lishi mumkin.
Elektrolit eritmasini konsentratsiyasi kamaygan sari ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik ortib boradi. Cheksiz suyultirilgan elektrolitning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik solishtirma o‘tkazuvchanlik kabi xarorat oshgan sari ortadi.
Ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik bilan quyidagicha (2) bog‘langan.