Qo‘zg‘almas suyuq fazalarning fizik-kimyoviy haraktristikasi
GSX da moddalarni tarkibiy qismlarga ajralishi qo‘zg‘aluvchi gaz bilan qo‘zg‘almas suyuq faza o‘rtasida beto‘xtov amalga oshadi. Qo‘zg‘olmas suyuq faza qattiq moddaga shimdirilgan bo‘lishi yoki kolonka ichi to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda qo‘zg‘olmas suyuq faza katta yuzaga ega bo‘lishi hamda gaz fazasi bilan yaxshi tegishini ta’minlanishi kerak.
Suyuq fazani ushlovchi modda ya’ni sorbent kimyoviy jihatdan inert, yaxshi xo‘llanishi, sirt yuzasi 0,05 dan 10m2/g bo‘lishi va yuqori haroratda parchalanmaligi lozim.
GSX tahlilida qo‘zg‘almas suyuq faza moddalarni ajralishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda suyuq fazalar polyarlik darajalari bo‘yicha farqlanadi.
Qo‘zg‘almas suyuq fazaga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Modda aniqlanadigan ishchi haroratda porlanmasligi kerak.
Aniqlanuvchi aralashma komponentlariga nisbatan etarlicha tanlash ajratish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Kimyoviy inert va haroratga chidamli ishchi harorat ta’sirida qo‘zg‘almas suyuq faza kolonkadan 2 –3 oy davomida foydalanishni ta’minlashi lozim.
Ishchi haroratda moddalar almashinuvida sezilmaydigan por bosimiga ega bo‘lishi.
Qattiq sorbent yuzasi yoki kapillyar naycha ichki devorini yaxshi xo‘llashi, shu bilan birga, kolonkani yaxshi effektivligini ta’minlashi.
Keng qo‘llanadigan organik erituvchilarda yaxshi erishi.
Polyarlik darajasiga asoslanib suyuq fazalar besh guruxga bo‘linadi.
Qutbsiz (nopolyar) qo‘zg‘almas fazalar – parafinlar deb nomlanadi. Ularga skvalan, suyuq parafin, H, J, K, L, M, N, O apiezonlar, tozalangan vazelin moyi, geksadekan, geptadekan va boshqalar misol bo‘ladi. Bular asosan qutbsiz yoki kam qutblanuvchi xususiyatli moddalarni ajratishda qo‘llaniladi. Ularga uglevodorodlar murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, ko‘p atomli yog‘ kislotalarining murakkab efirlari va b.
Kam qutbli funksional guruxlar saqlovchi o‘rtacha qutblanuvchi qo‘zg‘almas suyuq fazalar - qutbsiz va qutbli xususiyatga ega moddalarni ajratishda qo‘llaniladi.
Molekulasida ko‘p sonli yuqori qutbli funksional guruxlar saqlovchi qo‘zg‘olmas fazalar kuchli va kuchsiz qutblanuvchi moddalarni ajratishda qo‘llaniladi.
Molekulalari tekshiriluvchi modda molekulalari bilan kuchli vodorod bog‘lari hosil qiluvchi suyuq fazalar (glikollar, glitsirin va b).
Spetsifik xususiyatli suyuq fazalar. Bularda xromatografik ajralish jarayonida kompleks birikmalar hosil bo‘lishiga asoslangan (kumush nitrati bilan to‘yintirilgan glikollar).
Do'stlaringiz bilan baham: |