Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti


III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida



Download 34,18 Kb.
bet7/8
Sana11.01.2022
Hajmi34,18 Kb.
#340485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Harakatlar strategiyasi

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.

-Iqtisodiy tashqi hamkorlikni rivojlantirish borasida, bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri- bu, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu qatorda:

1. 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;

2. 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish;

3. 2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.

2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiyaloyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6% dan 36% ga, qayta ishlash tarmog‘I ulushi 80% dan 85% ga oshadi. Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSH dollari ajratilgan. Mamlakatimizda 2016-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 % ga o‘sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari-6,6 % ga, qurilish ishlari- 12,5 %, chakana savdo aylanmasi- 14,4 % ga, xizmatlar- 12,5 % ga o‘sganligi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi ta’minlanganligini ko‘rsarib o‘tishimiz mumkin. 2016-yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollardan ko‘p investitisiya kiritildi, bu 2015-yilga nisbatan 9,6 % ga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan Chet el investitsiya va kreditlari hajmi esa 13 % ga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi. Bundan tashqari, hududlarni ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi. 2017-yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi. Yurtimiz eksportchilarning tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi. 2016-yil davomida yana 877 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya,Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga sport poyabzallari, Polsha, Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.


-Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yili 29-dekabrdagi PQ-2460-son “2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 2016-2020-yillarda qoramollar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonoini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz qishloq xo‘jalidini rivojlantirishga alohida e’tibor berib, -“Yaqin kunlarda 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi. Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shohobchalarini tashkil etish va sevis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi “ deb ta’kidlaganlar.

Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi. Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarda ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda 2011-2015-yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18 418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni, harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi “.

 IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish bo‘yicha, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida keng oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, 2016-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

1 ish haqi- oyiga 149 775 so‘m; 2 yoshga doir pensiyalar- oyiga 292 940 so‘m; 3 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa- oyiga 292 940 so‘m; 4 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa- oyiga 179 755 so‘m qilib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 6-son, 73-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “ Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2753-son qarori11 qabul qilindi. Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik, o‘ziga xos xususiyatlaridan, aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi, 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni, ish o‘rinlarini yaratish, avvalo, yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash chorasini ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 %i ishga joylashtirilgan. 2017-yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirilgan.12

Respublikamizda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarda joylashgan, ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. 2017-yilda shu tumanlarda 46.8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratib: -“Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqt iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”- deb ta’kidlaganlar.



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida –“Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 %i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991-yilga taqqoslanganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. O‘zbekistonda 2010-2015-yillar mobaynida keksalar va pensiyonerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Sahovat va Muruvvat internet uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordimning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi”. - Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017-yilda mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Fuqarolarning dam olish, sog‘liqni qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018-yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriyalar, yoshalr markazlari, suzish xavzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat Shaharlarda esa aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash uchun namunaviy loyihalar asosida 191 ta arzon va qulay ko‘pqavatli uy quriladi va buning uchun aholi badal mablag‘lari va banklarning 897 100 million so‘m kreditlari ajratiladi. 2017-2018-yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi capital ta’mirlandiva zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015-2016-yillarda davlat byudjeti jami harajatlarining qariyb 60 %i yo‘naltirildi. Shu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 % mablag‘ sarflandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida to‘xtalib, quyidagi fikrlarini bildirganlar - “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, haqiqatdan ham yurtimiz va Yurtboshimiz ta’lim olayotgan yoshlarga to‘la qonli bilim olishi uchun ta’lim muassasalarini qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga ahborot-kommunikatsiya vositalari bilan ishlashni rivojlantirish, ta’lim beruvchi malakali, tajribali mutaxasislarni jalb qilish, bu barcha imkoniyatlar bo‘lajak yurtimiz kelajak istiqbollari, yosh intellectual kadrlar yetishib chiqishi uchundir.

Xulosa
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” - mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishini belgilab beruvchi yana bir uzun yo‘l sifatida gavdalandi. Asosiy maqsad esa mana shu yo‘lni boshi hisoblanadi, hayot jarayoni tubdan yaxshilash, farovonligini, tinchligini ta’minlash, 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha har bir sohani tubdan takomillashtirish, bu albatta birinchi o‘rinda xalqning huzr-halovatda, farovonlikda yashashga yo‘naltirilgandir va albatta, O‘zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida, eng yuqori o‘rinlarda turishini kafolatlaydigan buyuk poydevor sifatida xizmat qiladi. Bu poydevorni qurushda buz yosh avlodning, kadrlar va mutaxasislarninig qo‘lida. Chunki Davlat va jamiyat o‘z o‘zidan qurilib, rivojlanib qolmaydi, bu rivojlanishlar yoshlarning, fuqarolarning qo‘lida. Zero, rivojlangan davlat bamisoli ulkan daraxtdir, uning ildizi ajdodlarimiz qo‘gan poydevor, harakatlar strategiyasi yo‘nlishlari bo‘lsa, uning mevalari shu yo‘nalish va maqsad sari olg‘a intilayotgan komil, vatanparvar, har jabhada o‘z bilimlariga suyanuvchi yosh kadrlar, ya’ni bizlar deb o‘ylayman. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Prezident qabul qilgan Farmoni qabul qilinishi bilan oz fursatlarda ulkan natijalarga erishib bo‘lmaydi, bularning barchasiga 5 yil davomida bosqichama-bosqich o‘tib, vazifalarni to‘la-to‘kis bajarib, qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishda jamiyatning ham va albatta, fuqarolarninig ham qo‘shadigan xissasi katta bo‘lmog‘I lozim. Chunki barcha qilinayotgan islohotalar aholini yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, xalqimizning orzu-umidlariga yetishi uchundir. Bu orzu-umidalarga, intilishlariga, erishgan xalq davlatni ham rivojlantiradi. Davlat rivojlansa xalq ham, aholi ham boyiydi. Ko`rib turubmizki, davlat, davlat organlari, jamiyat bilan xalq, fuqarolar o`zaro bog`liqdir. Bu bog’liqlik mamlakatimiz rivojlanishiga ham xalqimizninig farovon hayot kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Download 34,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish