Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari va shu yo‘nalishlar asosidagi qo‘yilgan maqsad va vazifalar:
1-yo‘nalish. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, davlat xizmatini tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati va mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy ahborot vositalari rolini kuchaytirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, davlat boshqaruv tizimini liberallashtirish va bundagi har xil to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari surilgan. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek.
- Davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi muhim qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
2-yo‘nalish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘la qonli joriy etish, yuridik yordam kabi bandlarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy maqsad va vazifalari: Sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifalarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalarni tatbiq etish, eng muhimi, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash, qonunlarga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish, yurudik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini mexanizmlarining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash kabi ustuvor maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
3-yo‘nalish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy maqsad hisoblanadi.Bundan tashqari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish vazifalari qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat o‘rnini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, viloyat, tuman va shaxarlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlar, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish maqsad etib belgilangan.
4-yo‘nalish. Ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatini yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalari bosh vazifalardan biriga aylangan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ijtimoiy sohani rivojlanishidagi bosh maqsadlardan biri albatta, ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirish, har tomonlama barkamol, yetuk inson-yuqori malakali mutaxasislarni tarbiyalashdir. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun chora-tadbirlar bilan takomillashtirishga bog‘liqdir. Talim-tarbiya bilan bir qatorda, madaniyat, san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlanishi, mana shu sohadagi barcha shart-sharoitlarni mukammal tarzda yaratilishi yosh avlodning yuksalishiga olib boruvchi yana bir yo‘l ochadi.
5-yo‘nalish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari. Asosiy maqsadlaridan, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat. 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati kata. Mamlakatimizning tashqi siyosati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yuqorida keltirilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi 5 yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ustuvor yo’nalishi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |