ROMEN ROLLAN (1866-1944-y.)
«Inson hayotini fayzli qiluvchi jamiki aql-zakovat ne'matlari ora-sida bizni tubsiz hayratga
soluvchi ne'mat — teatrdir*. Bular XX asrning atoqli so'z ustasi, dramaturg va teatr nazariyachisi
Romen Rollan qalamiga mansub so'zlardir. Ko'p jildlik «Jan Kristof* va «Maftunkor qalb»
romanlarining muallifi Rollanning yozuvchilik, publitsistlik, san'at tadqiqotchiligi sohalarida
kechgan ko'p qirrali faoliyatida dramaturgiya sezilarli o'ringa ega. Uning qalamiga mansub o'n
ikki pyesaning bir-inchisi — «Valine'mat Lyudovik» 1897-yili yozilgan bo'lsa, «Robesper»
degan so'nggisi 1938-yili yaratilgan.
Rollan teatmi jamiyat hayotini aks ettiruvchi «jangovar qurol* deb atadi. Uning eng sara
pyesalarida va ko'p jihatdan XX asr ja-hon teatr madaniyati rivojini belgilab bergan «Xalq teatri»
(1903) kitobida ana shu g'oya o'z aksini topdi.
Rollan «Xalq teatri* kitobida badiiy ziyolilarni xalq hayotini teran anglashga, o'z ijodini
xalqqa xizmat qildirishga chaqirdi. Rollan qahramonlik ruhidagi san'at, insonning his-tuyg'usi,
aql-idro-kiga ta'sir ko'rsatuvchi yirik shakldagi shoirona realistik san'at yaratish muammosini
olg'a surdi. U yangi teatmi «xalqning noni qatori tashvishiga sherik» bo'lishi lozimligini
ta'kidladi.
Rollanning kitobi Fransiyada xalq teatri tamoyillarini shakllan-tirishda dastur bo'lib xizmat
qildi. Rollan o'z kitobida ulug' fransuz burjua inqilobi davriga murojaat etib, ziyolilarni xalq
teatri uchun «Fransiyaning qahramonlik epopeyasini* yaratib berishga chaqirdi. Bu epopeyada u
xalq kurashi manzaralarini jonlantiruvchi qudratli ' tarixiy shaxslar hayot haqiqati bilan uyg'un
tarzda keng falsafiy umumlashmaga aylanishi kerak, degan fikrni olg'a surdi.
Rollan o'zi shu g'oyani ro'yobga chiqarish niyatida «Inqilob dramalari» deb nomlanuvchi
turkum pyesalar yaratdi. «Qashqirlar» (1898), «Aql tantanasi* (1899), «Danton» (1900), «0'n
to'rtinchi iyul» (1901) shunday dramalaming dastlabkilari edi. Fransiya inqilobi davrining ur-
yiqitlari, qatag'on dahshatlarini aks ettiruvchi mazkur asarlarning har biri Rollanning yangi shakl
va g'oyalar yo'lidagi murakkab izlanishlari samarasi tarzida tug'ilgan.
«Qashqirlar» pyesasida Rollan inqilobiy ko'tarilishning fojiali ko'rinishlarini chizib, inqilobiy
burchning insoniylik axloqiga zidligini ifoda etdi. «Aql tantanasi»da inqilobchi qon-
qardoshlarning o'zaro qonli adovati, yakobinchilar qatag'oni, si-yosiy gij-gijlardan aql-hushi
uchib, jazavaga tushgan g'ofil olomon haqida so'z ochdi. «Danton»da Rollan inqilob dohiylari
ustidan hukm chiqarishdan o'zini tiyadi, lekin ommaning xatarli ko'tarilishlaridan hangu mang
bo'lib, ezgulik nimada-yu, yovuzlik nimada degan jumboq qarshisida turib qoladi, javob izlaydi...
Adib «0'n to'rtinchi iyul» pyesasidagina bu savolga javob top-gandek bo'ladi. Unda xalq
bosh qahramon tarzida ko'ringan edi. Ichki g'oyaviy-badiiy birlikka ega bo'lgan bu asar
Bastiliyaning oli-nishi bilan bog'liq lavhalar asosiga qurilgan.
Rollan 1939-yili «Robesper» dramasini yaratadi. Unda fransuz inqilobining yakobinchilar
partiyasi ag'darilishi bilan xotima topuv-chi eng fojiali davri aks ettirilgan. Muallif inqilobning
mag'lubiyatga uchrashi sabablarini badiiy tadqiq etgan edi. Inqilob dohiylarining fojiasi ularning
xalq madadidan mahrum bo'lib qol-ganliklarida edi. Dramada Rollan Dantonning qatl etilishi
lavhasi-dan Robesperning halokatigacha bo'lgan voqealarni chizish asosida psixologik jihatdan
murakkab, qudratli insoniy sajiyalar yaratgan edi. El-yurt manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun
qo'yib, vatani-ning shon-shuhrati yo'lida jonini qurbon qilgan jafokash Robesper shunday
qahramonlardan edi. Asar qahramonona romantik ruhda xotima topadi. «Robesper» asari
«Inqilob dramalari* turkumiga ya-kun bo'libgina qolmay, shu bilan birga Rollanning «Xalq
teatri* kitobida olg'a surilgan chinakam demokratik, hayotbaxsh san'at yaratish g'oyasini ham
amalda ro'yobga chiqargan yirik shakldagi drama namunasi tarzida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |