Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har qanday tashkilot ayrim bir tashqi muhitda faoliyat ko’rsatadi. Ushbu tashkilot ichki muhitni ham yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmalari va u erda ishlovchi xodimlar orqali ulaming texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi.
Yuzaga kelish manbaiga bog‘liq holda tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar mavjud.
Ichki muhit axboroti odatda aniq bo‘lib, xo’jalikning moliyaviy holatini toTiq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko‘pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi muhit - tashkilotdan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy subyektlardir. Bu tashkilotning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va hakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Tashqi muhit haqidagi axborot ko‘pincha taxminiy, noaniq, notoTiq, ziddiyatli, ehtimolli boTadi. Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.
Tashkilot turli manbalardan quyidagi tashqi axborotlarni olishi mumkin:
Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot - tahliliy materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jumallar, Internet resurslari.
Ixtisolashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo‘yicha.
Tovarlar narxlari bo’yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jumal va byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi.
116
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
4.0‘ziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet. Uni axtarishda izlab topish tizimlaridan foydalaniladi.
5. Davlat boshqarish organlaridan axborotlar(qonunlar, qarorlar, soliq organlari xabarlari va hokazo).
Respublikamizda Internetda joylashgan axborot resurslaridan keng foydalanish kundan kunga kengayib bormoqda. Ulardan foydalanishni ta’minlib beradigan provayderlar soni va uzatuvchi kanallar tezligi ham yuksalib bormoqda (3.2 - jadval).
Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish mumkin, lekin ulami miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, ularga bo‘lgan ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, shunga qaramay tashkilot darajasida axborot ehtiyojlarini o’rganish, axborot resurslarini rejalashtirish va boshqarish mumkin va zarur. Axborot resurslarini boshqarish deganda:
har bir darajada va boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo’lgan ehtiyojlami baholash;
tashkilotning hujjat aylanishini o'rganish, uni optimallash, hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumotlami to’plash;
ma’lumotlar turlari nomunosibligini yengib o‘tish;
ma’lumotlami boshqarish tizimini yaratish anglaniladi.
3.2 - jadval.
O‘zbekiston Respublikasida Internet xizmatlarini ko‘rsatish holatlari
№
|
Ko'rsatkichlar
|
1.07.07 y.
|
1.07.08 y.
|
0‘sish, %
|
1
|
Internet xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlar soni, dona
|
680
|
837
|
20 %
|
2
|
Internetdan foydalanuvchilar soni, ming
|
1835.7
|
2202.9
|
20 %
|
3
|
Xalqaro axborot tarmoqlariga chiqish tezligi, Mbit/sek
|
239.1
|
362.05
|
50 %
|
4
|
Internetga ulangan davlat boshqaruv organlarining soni, dona
|
1010
|
1607
|
60 %
|
5
|
Internetga ulangan xo'jalik subyektlari soni, dona
|
5674
|
8543
|
50 %
|
Do'stlaringiz bilan baham: |