Boshqaruv tizimi modelt Boshqaruv tizimi o'zining tarkibiy nuqtai nazaridan ko‘p sonli funksional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat bo‘lib, boshqarishning to‘liq davrini namoyon qiladi. Bular: boshqa- ruvni bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish va tartibga solish (3.6 - rasm).
W(m) W(o) W (n) l(v) 1(b) 1(1) I(r) ;
- rasm. Boshqaruv tizimining modeli.
I(v) - tashqi muhitning statsionar shart-sharoitlari haqidagi axborot;
1(b) - tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar;
I(r) - boshqariladigan obyekt harakatlari to'g'risidagi axborot;
I(i) - boshqariladigan obyekt holati to'g'risidagi axborot;
1(a) - tahliliy axborot;
I(y) - hisobot axboroti;
I(q) - bashoratlash axboroti;
I(k) - nazorat axboroti;
I(n) - me’yoriy axborot ;
W(n) - reja axboroti;
W(m) - dasturiy axborot;
W(p) - tartibga soluvchi axborot;
§ 3.4. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari
111
W(o) - tashkiliy axborot.
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.
Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga mo’ljallangan asosiy yo‘lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi.
O‘rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi shakllanadi yoki ko‘rinishini o‘zgartiradi(tashkil etish konturi). Quyi darajada yuzaga kelgan og’ishlami bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la olishini ta’minlaydi.
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv obyektining o’zaro aloqasi aniq namoyon bo'ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech bir ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof-muhitning taxminiy ta’siri va tizim faoliyatining me’yoriy rejimdan chalg’ish bilan bog'liq bo’lgan boshqaruv buyruqlari. Quyida to‘liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko’rib chiqamiz:
Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatini, boshqariladigan obyektning o’zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.
Rejalashtirish - bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish(rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag’lami taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlami tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo- ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi hamda o‘zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlami ishlab chiqishdan iborat.
Tashkil etish - mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o’zgartirishi yoki ko’rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida boshqariladigan obyektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalaniladigan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir.
Me’yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi Statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish va ular asosida tizimning bir me’yorda faoliyat ko'rsatishini ta’minlab turish.
Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalami o‘z ichiga oladi.
Nazorat qilish - boshqariladigan obyektlaming me’yorida ishlashidan chalg'lshi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
112
3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari
Boshqarish - tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatishidir.
Tahlil - tizimning joriy holatini o'rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
§ 3.5. TASHKILOTNING AXBOROT RESURSLARI
Resurs biror narsaning zaxirasini, manbaini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodiyotining har qanday tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |