Sintetik hisobning registrlari — bu sintetik hisobning andozaviy qaydnomalari, ulami shakllantirish usulini o'zgartirish mumkin emas.
Yakuniy hisobning registrlari — schotlar bo'yicha yakuniy aylanma qaydnomalar, ulami alohida schotlar bo’yicha (18.1-jadval) yoki hisobot davri uchun barcha schotlar bo'yicha (18.2-jadval) qoldiqlar va aylanmalar ko'chiriladi va umumlashtiriladi. Subschotlar bo‘yicha yakuniy aylanmali qaydnoma xuddi schotlar bo'yicha yakuniy aylanma qaydnomaga o'xshash. Asosiy kitob schot bo'yicha aylanma qaydnomaga o'xshash, ammo undan farqliroq korrespondent schotlari bo'yicha tarqatilgan schot bo'yicha aylanmalarga ega. Buxgalteriya hisobining asosiy kitobi har bir korrespondent schoti bo'yicha quyidagilarga ajratiladi:
boshlang'ich savdo (debet, kredit);
560
18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
yakuniy savdo (debet, kredit);
tanlangan davr uchun boshqa schotlari bilan korrespondentsiyalarga
yoyilgan aylanmalar (debet, kredit).
18.1-jadval
2009-yil uchun sehet yakuniy aylanma qaydnomasi
Birlamchi hujjat rekvizitlari
Buxgalteriya yozuvlari summasi
Hujjat- ning sanasi
Hujjat
Hujjat- ning nomeri
Operatsi- yaning sanasi
Debet bo'yicha sana
Kredit bo'yicha sana
Buxgalteriya yo- zuvining korrespondent schoti
Operatsi- yaning nomi
Aylanma
Yakuniy savdo
18.2-jadval
2009-yil uchun yakuniy aylanma qaydnomasi
Schot (subschot)
Boshlang'ich savdo
Aylanmalar
Yakuniy savdo
Debet
Kredit
Debet
Kredit
Debet
Kredit
Jami
Yig'ishtirilgan
Korxonaning balansini istalgan yakuniy aylanma qaydnoma bo‘yicha shakllantirish mumkin. Yakuniy valyuta qaydnomasi barcha valyuta schotlari bo‘yicha yakuniy aylanmali qaydnoma faqat bitta tanlangan valyuta uchun shakllantiriladi. Keltirilgan valyuta qaydnomasi — bitta tanlangan valyutada keltirilgan yakuniy aylanmali qaydnoma. Kassa kitobi GUHO faylidan shakllantiriladi. U har kuni kassa kitobi uchun belgilangan shaklda tuziladi. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha dasturiy majmuaning asosiy menyusi beshta asosiy vazifalardan iborat:
hisob qayd daftarlari;
ma’lumotnomalar;
qaydnomalar;
sozlashlar;
servis.
Ushbu majmua dialogli daraxti 18.6-rasmda berilgan.
§ 18.4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
561
Hisob qayd daftarlariuz ichiga quyidagi usullami oladi:
Xo‘jalik operatsiyalari;
Materiallar;
Arzón va tez eskiruvchan mollar;
Tovarlar;
Asosiy vositalar;
TTni ro‘yxatga olish;
TTTni ro‘yxatga olish;
KKOni ro‘yxatga olish;
ChKOni ro‘yxatga olish;
Schotlami ro‘yxatga olish;
Yuk xatlarini ro‘yxatga olish.
Xo‘jalik operatsiyalari, Materiallar, Arzón va tez eskiruvchan mollar, Tovarlar, Asosiy vositalar usulida birlamchi hujjatlardan Birlamchi hujjatlaming qayd daftari, Tovar-material boyliklar (TMB) hisobining qayd daftari va Xo‘jalik operatsiyalarining qayd daftari to‘Idiriladi. Awal birlamchi hujjatlaming qayd daftarida birlamchi hujjat rasmiylashtiriladi, keyin esa yoki xo‘jalik operatsiyalarining qayd daftarida buxgalteriya yozuvlari yoki TMB hisobining qayd daftarida TMB harakatining yozuvi rasmiylashtiriladi. TTni, TTTni, KKOni, ChKOni, schotlami, yuk xatlarini va birlamchi hujjatlami ro‘yxatga olishning qayd daftarini to‘ldirish bajariladi. Ushbu usullarda har qanday qayd daftarini, hamda xo‘jalik operatsiyalarining qayd daftarida buxgalteriya yozuvlar boMinmagan hujjatlami ko‘rib chiqish mumkin. Bundan tashqari schotlami ro‘yxatga olish usulida haq toTashga schotni nazorat qilish mumkin. Ma’lumotnomalar vazifasi quyidagi usullami o‘z ichiga oladi:
Korxonalar;
Schot bo'yicha xizmatlar;
Hujjatning nomi;
Tovar-moddiy boyliklari;
OTchov birliklari;
Harakat operatsiyalari;
Schotlaming rejasi;
Buxgalteriya yozuvlari;
Buxgalteriya yozuvlar guruhi;
Soliqlar;
562
18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
ASOSiY MENYU
18.6-rasm. ADPning dialogli daraxti.
Tahliliy hisobning kodlari;
Korxona obyektlari;
Valyuta kursi.
Ushbu vazifa ADPda amalda bo‘lgan har qanday ma’lumotnomani to‘ldirishga va shuning bilan dasturiy majmuini aniq korxonada buxgalteriya hisobini olib borishga sozlashga imkon beradi. Har bir usul alohida ma’lumotnomaga mos keladi. Ma’lumotnomalami to‘ldirish, ko‘rib chiqarish va bosish chiqarish mumkin. Qaydnomalarvazifasi har xil qaydnomalar va hisobotlami shakllantirishga imkon beradi. U quyidagi usullarga ega:
Asosiy kitob;
Yakuniy aylanish;
Schotlar bo‘yicha yakun;
Valyutada yakuniy natija;
Keltirilgan valyuta;
Kassa kitobi;
Qaydnoma-diagrammasi;
Tahliliy.
Har qanday qaydnoma yoki hisobotni shakllantirish uchun tegishli usulni tanlash va hisobotni shakllantirish zarur boTgan davmi ko‘rsatish kerak. Sozlash vazifasi dasturiy majmuani aniq korxonaning hisob siyosatiga yakka tartibda sozlash uchun moTjallangan. Vazifa quyidagi usullami o‘z ichiga oladi:
ishni tanlash (o‘rganuvchi usul, korxonaning turi);
tovushli signallar (dastur bilan ishlash vaqtida tovushli signallar yoki gapli maTumotlami sozlash);
printer, varaqning formati (printeming belgilangan turiga sozlash va bosmaning parametrlarini belgilash);
§ 18.4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
563
sana va vaqt (kompyuteming ichki soati va kalendarini sozlash);
ish davri (qaydnoma shakllantiriladigan hisobot davrini belgilash);
tekshirishlar (dasturni ishlatishda har xil tekshirishlarni sozlash, ma’lumotnomaga kiritilayotgan ma’lumotlaming mavjudligini nazorat qilish, virusga qarshi dastur);
tasdiqlash (tasdiqlash uchun so'rovlami belgilash, masalan, yozuvni, yozuvlar guruhi, oxirgi yozuvni va boshqalami chiqarib tashlash uchun);
ekranni saqlab qolish vaqti (ekran o‘chgunga qadar bo'lgan vaqtni belgilash);
modemning porti;
boshqa o‘matmalar (to'lov hujjatlarini bosib chiqarishda raqamlaming fbrmatini belgilash; dastur bilan ishlash tugaganda ma’lumotlarni kodlashtirish; qaydnomalami shakllantirishda davrlami so'rash va boshqalar).
Servís vazifasi foydalanuvchini dasturiy majmua bilan ishlashni engillashtiradi va quyidagi asosiy usullami o‘z ichiga oladi:
umumiy axborotlar (foydalanuvchi ishlayotgan korxona turi, disk va tezkor xotiradagi bo‘sh joy, ish davri va boshqa axborotlami olishga imkon beradi);
yordam (foydalanuvchiga ish jarayonlarida vujudga keladigan muammolar bo‘yicha aniq ma’lumotlar olishga imkon beradi);
ishlab chiqaruvchining vizit kartochkasi (ishlab chiqaruvchi firma haqidagi axborotlar: nomi, manzili, telefoni, dastur versiyasining nomerini beradi);
bazani tikiash (arxivni ShK. qattiq diskidan, disketlardan tikiash uchun xizmat qiladi);
bazalami tekshirish (qattiq diskdagi fayllaming to‘g‘riligini tekshirishga imkon beradi);
birlamchi hujjatlarni shakllantirish (TMBning hisob qayd daftarlari asosida Birlamchi hujjatlar qayd daftarini shakllantirish);
hisob davrini yopilishi (keyingi hisobot davriga o‘tishda schotlar bo‘yicha qoldiqlami avtomatlashtirilgan usulda hisoblashga imkon beradi);
davmi bekitishni bekor qilish (hisobot davrini bekitish bo‘yicha avval bajarilgan operatsiyalami bekor qiladi);
faylni ko‘rib chiqish (har qanday matnli faylni ko'rib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi);
kalkulyator (hisoblashlarni bajarish uchun ko‘rilgan kalkulyatorni chaqirishga imkon beradi);
rekvizitni o‘zgartirish (foydalanuvchiga korxonani bank rekvizitlari va parolini o‘zgartirishga yoki yangisini berishga imkon beradi);
bazani saqlab qolish (arxiv disketida hisob qayd daftarlarining ma’lumotlarini saqlab qolishga imkon beradi);
chiqish (dastur bilan ishni tugallanishini ta’minlaydi).
564
18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Korxona, firma va tashkilotlar faoliyatining turini va ulaming buxgalteriya hisobi tizimchasi bilan axborotli aloqalami aniqlovchi qanday vazifaviy tizimchalar mavjud?
Buxgalteriya vazifalarini hal qilishda hisoblash tarmoqlarini tashkil qilinishi munosabati bilan ish jarayoni o’zgarishlariga ta’rif bering?
Buxgalteriya hisobining axborot ta’minoti nimadan iborat?
Buxgalteriya vazifalarini ishlab chiqarishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘ziga xos alomatlari nimadan iborat?
Texnologik jarayonning bosqichlarini ayting va ulaming majmuasini ochib bering.
Buxgalteriya vazifalarini kompyuterli ishlab chiqish texnologiyasining dasturiy ta’minlanishiga ta’rif bering.
Kichik korxonada buxgalteriya hisobini ishlab chiqish uchun qo’llaniladigan ADPga ta’rif bering.
Kichik korxonada buxgalteriya hisobini ishlab chiqishning texnologik jarayonining bosqichlarini aytib bering.
Yirik korxonalarda BHAT nimalami ta’minlashi kerak?
Horijdagi yirik korxonalar buxgalteriya hisobi qanday tashkil qilinadi?
Yirik korxonalarda BHAT yordamida hisob axborotlarini ishlab chiqarish qanday bosqichlarda olib boriladi?
HAU va BHAT o’rtasida axborotlar almashuvi qanday usullarda tashkil qilinadi?
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning mohiyatini ayting.
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishdagi dasturiy majmuasi tarkibiy tuzilishini izohlab bering.
- BOB. BANK FAOLIYATIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
§ 19.1. BANK AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINIISHLAB CHIQISH MUAMMOLARI VA XUSUSIYATLARI
§ 19.2. BANK AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING AXBOROT, TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTINI TASHKIL ETISH ASOSLARI § 19.3. BANKTIZIMINING MODULLARI VA ULAR ORASIDAGI HISOB-KITOBLARNI AVTOMATLASHTIRISH § 19.4. BANK AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROTLARNI HIMOYALASH VOSITALARINING ASOSIY TURLARI
Kim hunarni desa, u dono bo'lur, Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.