Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet316/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

To'lov
topshing'i



  1. - rasmning davomi.

  • harakat operatsiyalari (SPROP).

  1. Buxgalteriya yozuvlari bilan bog'liq ma’lumotnomalar:

  • buxgalteriya hisobi schotlarining rejasi (SPRCH);

  • buxgalteriya provodkalari (SPRPROV);

  • provodkalaming guruhlari (SPRGR);

  • soliqlar (SPRNAL).

  1. Tahliliy hisob bilan bog‘liq ma’lumotnomalar:

  • korxonaning obyektlari (SPROB);

  • bo‘linmalar (SPRPOD);

  • tahliliy hisobning kodlari (SPRAN);

  1. Valyuta kurslari bilan bog’liq ma’lumotnomalar (SPRVAL).

Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadilar.




554


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo‘shimcha alomatlar (hujjatning nomi, o‘lchov birligi, schot bo'yicha xizmatlar, harakat operatsiyalari).
Murakkab ma’lumotnomalar o‘z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlaming katta miqdorini ekranda joylashtirib bo’lmaydigan katta hajmli ma’lu­motnomalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
Misol uchun ikki bosqichli ma’lumotnomalar, buxgalteriya hisobi schotlarining rejasi bo‘yicha to’qqizta bo’limdan iborat (schotlaming rejasiga muvofiq). Har bir bo‘lim tegishli schotga ega. Bo’limdagi yozuvlar miqdori — 20 ga yaqin. Ulami yaxlitgina ekranga chiqarish mumkin.
Uch bosqichli ma’lumotnoma ham bo’limlardan iborat bo‘lib, ulardan har biri bo'limchalarga ega.
Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:

  • moddiy boyliklaming harakati (kirish orderi, qabul qilish dalolat-nomasi, yuk xati, ro’yxatdan chiqarish dalolatnomasi, talab, limit kartasi);

  • moliyaviy-hisoblash operatsiyalari (to‘lov topshiriqnomasi (TT), to‘lov talabnomasi-topshiriqnomasi (TTT), kirish va chiqish kassa orderlari (KKO va ChK.0) va boshqalar;

  • asosiy vositalar (asosiy vositalar hisobining yo’qlama qilish varaqchasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalami tugatish dalolat­nomasi, ichki siljishi bo’yicha yuk xati);

  • mehnat va ish haqi (ish vaqti hisobining tabeli, soatbay ishga naryad, ishlab chiqishlar haqida bildirgich);

  • tayyor mahsulotlar (tovarlar) dalolatnomasi, kirim orderi, buyruq yuk xati, qabul qilish-topshirish yuk xati, omborxona hisobining varaqchasi, yetkazib berish shartnomasi va boshqa hujjatlar.

Birlamchi hujjatlaming axborotlari asosida tezkor axborotlarning fayllari shakllantiriladi, ularga tegishli ma’lumotnomalaming axborotlari avtomatlashtirilgan usulda kiritiladi.
Ma’lumotnomalardan bunday foydalanish axborotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritishni tezlashtiradi, uning aniqligi va ishonchligini oshiradi.
Birlamchi hujjatlaming qayd daftari (GUPD) tezkor axborotlarning asosiy fayli bo’ladi. Unga xo’jalik operatsiyalari o’tkazgan birlamchi hujjatlaming axborotlari kiritiladi. Belgilangan shaklda tuzilgan va oltita asosiy rekvizitlar (hujjatning nomi, raqami, yozilish sanasi, uni rasmiylashtirgan korxonaning nomi, hujjat bo’yicha xo‘jalik operatsiyasini o’tkazish sanasijga ega hujjatlar hisobga qabul qilinadilar.
Agar hujjatning birinchi beshta rekvizitlari ko’rsatilgan bo‘lsa, unga hujjat ro’yxatga olingan hisoblanadi, ammo u bo’yicha xo’jalik operatsiyalari hisobining qayd daftari (GUHO)da provodkalami rasmiylashtirish mumkin




§ 18.4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish


emas. Buni hujjatning yuqorida sanab o‘tilgan barcha oltita rekvizitlari to‘lg‘izilgandan keyin qilish mumkin. Shunday qilib, provodka emas, balki birlamchi hujjat barcha hisob tadbirlarining asosi bo‘ladi. Bunday yondashishning asosiy afzalligi dastlabki axborotlar bilan ishlashning tabiiyligidir. Foydalanuvchi faqat hujjatning tegishli maketinnng ekran shakli maydonini to‘ldiradi, tuzatish kiritishlami esa dastur bajaradi. Bu dastlabki axborotlami kiritish tadbirini soddalashtiradi, kiritilayotgan ma’lumotlami ko‘zdan kechirishni yengillashtirish hisobiga xatolar sonini qisqartiradi. GUPD fayli o‘z ichiga quyidagi rekvizitlami oladi:

  • hujjatning nomi;

  • korxona;

  • operatsiyaning sanasi;

  • miqdor;

  • buxgalteriya yozuvi guruhining nomi;

  • izohlar;

  • harakat operatsiyasi.

GUPD fayli asosida hisob bo‘limlari bo'yicha tezkor axborotlaming fayllari-tovar moddiy boyliklar hisobining qayd daftari shakllanadi:

  • materiallar (GUM);

  • arzon va tez eskiruvchan mollar (GUMBP);

  • asosiy vositalar,(GUOS);

  • tayyor mahsulotlar (tovarlar) (GUTP);

  • xo‘jalik operatsiyalari (GUHO).

Bu fayllaming axborotlari asosida saqlash joylari (omborxonalar) yoki bo‘lish joylari (ishlab chiqarish) bo‘yicha moddiy boyliklaming so'mdagi va miqdoriy hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlaming hisobi, tayyor mahsulotlar (tovarlar) va ulami sotishning hisobi olib boriladi. GUM fayli o‘z ichiga quyidagi rekvizitlami oladi:

  • hujjatning nomi;

  • hujjatning nomeri;

  • operatsiyaning summasi;

  • korxona;

  • operatsiyaning sanasi;

  • harakat operatsiyasi;

  • moddiy-tovar boylikning nomi;

  • turi;

  • nomenklatura nomeri;

  • kirim (obyekt va bo‘linma, schot/subschot);

  • chiqim (obyekt va bo'linma, schot/subschot);

  • o‘lchov birligi;

  • miqdori;

  • narxi;

  • qo'shimcha qiymat;




5 5 6


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


  • summa.

GUMBP xuddi shunday rekvizitlarga ega. Arzón va tez eskiruvchan mollar bo‘yicha yemirilish hisoblab chiqiladi.
Arzón narxli va tez eskiruvchan tovarlar bo‘yicha yemirilishni korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra GUMBP fayli asosida shakllantirilgan tahliliy hisobning qaydnomasida olish mumkin.
GUOS fayli QUM fayli kabi rekvizitlarga hamda quyidagi qo‘shimcha rekvizitlarga ega:

  • foydalanishga kiritish sanasi;

  • yo‘qlama qilish nomeri (kirishi, chiqarish);

  • amortizatsiyaning (yillik) foizi;

  • amortizatsiya foizining o‘matilish sanasi;

  • yemirilish;

  • boshlang‘ich yo‘l yurishi;

  • yakuniy yo‘l yurishi.

GUTP fayliga korxona tomonidan sotish uchun xarid qilingan tovarlar haqidagi va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar haqidagi axborotlar kelib tushadi. Faylda GUM faylidagi kabi rekvizitlar bo‘ladi. Bundan tashqari, yana bitta rekvizit-narx (xarid qilish yoki sotish) bo‘yicha hisob paydo bo‘ladi.
Tovar-moddiy boyliklar hisobining qayd daftari GUPD va GUHO fayllari bilan.bogTanganlar, Ular yoki GUPD asosida, yoki GUHO fayli asosida shakllanishlari mumkin. GUHO fayli ahamiyati bo'yicha GUPD faylidan keyin ikkinchi bo‘ladi. Unda korxona faoliyatini aks ettiruvchi barcha xo‘jalik operatsiyalari ma’lumotlari saqlanadi. GUHO fayliga yangi ma’lumotlar GUPP fayli asosida kiritiladi. GUHO fayli quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi:

  • hujjatning nomi;

  • hujjatning nomeri;

  • sana;

  • summa;

  • korxona;

  • operatsiyaning sanasi;

  • operatsiyaning nomi; ,

  • schot (debet, kredit);

  • tahliliy hisobning kodi (debet, kredit);

  • valyuta;

  • valyutadagi summa;

  • so‘mlardagi summa.

TT, TTT, KKO va ChKO birlamchi hujjatlar, schotlar va tovar-transport yuklamalari quyidagi tezkor axborotlar fayllarini shakllantirish uchun qo‘llaniladi:

  • to‘lov topshiriqnomalarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi (GRPP);




§ 18.4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish


557


  • to‘lov topshiriq-talabnomalarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi (GRPTP);

  • kirim kassa orderlarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi (GRPKO);

  • chiqim kassa orderlarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi (GRRKO);

  • tovar-transport yuk xatlarini ro'yxatga olishning qayd daftarchasi (GRTTN).

GRPP fayli quyidagi rekvizitlarga ega:

  • to‘lovchi;

  • to‘lovchining banki;

  • filiallararo aylanma (FAO)ning kodi va ishtirokchi kodi;

  • debitorlik schot (hisob raqami);

  • sana;

  • to‘lov topshiriqnomasining nomeri;

  • qabul qiluvchi (korxonaning qisqacha va to'liq nomi);

  • qabul qiluvchining banki;

  • kod (MFO)ning va ishtirokchining kodi;

  • schot (oluvchining hisob raqami, korrespondent schoti);

  • izohlar (to‘lovchining belgilanishi);

  • nomer (viloyat (tuman)ning nomi yoki soliq inspeksiyasida ro'yxatga olingan nomeri);

  • kod (to‘lovchining, qabul qiluvchining);

  • xizmatlaming sanasi;

  • toTov muddati;

  • korrespondent schoti;

  • buxgalteriya yozuvlari guruhi;

  • bajarilish sanasi.

GRPTP fayli xuddi shunday rekvizitlarga ega. GRPKO va GRRKO fayllari yozuvning bir xil tuzilishiga ega, ularga quyidagi rekvizitlar kiradi:

  • sana;

  • hujjatning nomeri;

  • summa;

  • undan olingan chiqim (kassa orderi uchun berish kerak);

  • asos;

  • taklif;

  • korrespondent schoti;

  • tahliliy hisobning shifri;

  • shifr;

  • buxgalteriya yozuvining guruhi;

  • korxona (undan pullar kelib tushgan).

GRPP, GRPTP, GRPKO, GRRKO fayllari ma’lumotlar asosida dasturiy yo‘l bilan to‘lov hujjatlari TT, TTT, KKO, ChKO shakllantiriladi. Hujjat bo'yicha xo‘jalik operatsiyasi o'tkazilgandan keyin, uni hisobda buxgalteriya yozuvini bajarish yo‘li bilan aks ettiriladi. Bu yoki birlamchi




558


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


hujjat axborotlarini GUPD fayliga va keyin GUHO fayliga kiritish yo‘li bilan, yoki axborotlami birlamchi hujjatlami ro‘yxatga olishning qayd daftari faylidan GUHO fayliga uzatish yo‘li bilan bajariladi. Shunday qilib, xo‘jalik operatsiyalari hisobda faqat birlamchi hujjat shakllangan va u tasdiqlan- gandan keyin aks ettiriladi. Bunday yondashishda dasturiy majmuaning ma’lumotlar bazasida birlamchi hujjatlar va ularga mos keluvchi buxgalteriya yozuvlari saqlanadi. Saqlanayotgan axborotlaming hajmlarida belgilangan ortiqchalik mavjud, ammo dastur bilan ishlash texnologiyasi soddalashadi va hujjat statusini belgilash bilan bog‘liq muammolar olib tashlanadi.
GRCH va GRTTN fayllari schotlar va tovar-transport yuk xatlarini bosib chiqarishga mos holda shakllantirishga mo‘ljallangan.
GRCH fayli quyidagi rekvizitlarga ega:

  • schot raqami;

  • sana;

  • to‘lovchi (manzil, ishtirokchining kodi, bankning MFO, korrespondent schoti, hisob raqami);

  • schotning predmeti (schot bo‘yicha xizmatlar, materiallar, arzón va tez eskiruvchan mollar, tovarlar va boshqalar);

  • o‘lchov birligi;

  • miqdor;

  • summa;

  • jami:

  • tasdiqlash sanasi;

  • haq to‘lash sanasi.

Barcha schotlar to‘rtta guruhlarga bo‘linadi:

  • yozib berilgan;

  • tasdiqlanganlar;

  • haq to'langanlar;

  • muddati o‘tkazib yuborilganlar.


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish