Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet18/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

birinchidan, o‘qitish jarayoni individuallashgandir. An’anaviy o‘qitishda guruhdagi talabalaro‘quv materiallarini qay darajada o'zlashtirayotganini bilish qiyin. Shaxsiy kompyuter bilan dialog asosida esa, o‘quv materiallarini o‘zlashtirmoqchi bo‘lsa, o'zlashtirish darajasi va sur’ati unga bog'liq bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterdagi o‘quv materiallami o‘rganib chiqqandan keyin, talaba testlar, savollar majmuasini topshirishi kerak bo‘ladi. Ularga javob bergandan keyin talabaning o‘zi keyingi mavzuga o‘tishi yoki o‘tmasligini aniqlaydi. Individuallashuv o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradorligini yuksaltiradi, chunki u mavzulami o‘zlashtirish sur’ati asosida amalga oshiriladi. Samaradorlik o‘z o‘mida xarajatlaming kamayishi bilan izohlanadi, bu esa bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy omillardan hisoblanadi;
ikkinchidan, shaxsiy kompyuter asosida o‘quv materiallarini 0‘zlashtirish o‘zining interaktivligi bilan ajralib turadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qish bu ta’lim berishning passiv shaklidir, chunki o‘qituvchi guruhlardan har bir talaba bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishiga jismonan ulgurmaydi. Shaxsiy kompyuter asosida o‘qitish esa o‘quvchining tizim bilan yakkama-yakka munosabatda bo‘lishini talab qiladi. Bu esa o‘z o‘mida talabaning shaxsiy kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishini talab qiladi va aktiv ta’lim olishga yo'naltiradi;
uchinchidan, o‘qitish tizimining ayrim elementlarini boshqarish mumkinligidir. Shaxsiy kompyuter asosida o‘quv materiallarini o‘qitishda qanday muammolar bo‘lishini aniqlash mumkin bo’ladi. Yaxshi o‘zlashtirilmagan mavzularni boshqatdan o‘rganish uchun imkoniyat mavjuddir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda joriy qilish, o‘quv va ilmiy axborotlami talaba hamda professor- o‘qituvchilar tomonidan qidirib topishga ketadigan vaqtning qisqarishi, elektron o‘quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishning tezlashtirilishi, talabalaming mustaqil ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha vaqt paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.




Kirish


“Ta’lim sifati”, “innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish”, “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” va “ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” tushunchalarini o‘zaro bir-birlaridan ajratmagan holda ko‘rib chiqish kerak. “Ta’lim sifati” tushunchasi, avvalambor, ta’limning asosiy maqsadi bo'lmish oliygohlardagi talabalaming bilimliligi, professor- o‘qituvchilaming professionalligi va ta’lim berish jarayonlarining yuqori darajada tashkil qilinishiga bog'liqdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim berish jarayonlarining sifatini laboratoriya mashg‘ulotlariga moslashtirilgan xonalarning zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanishi, laboratoriya mashg‘ulotlarining uslubiy jihatdan ta’minlanganligi, ta’lim jarayoniga jalb qilingan o‘qituvchilar ilmiy potentsialining darajasi, davlat tilidagi darslik va o‘quv qo’llanmalaming ishlab chiqilganligi, ta’lim jarayonlarini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar ta’minlab bermoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intemetning ta’lim sohasiga keng kirib kelishi ta’lim xizmatlarining globallashishi uchun ham katta yoT ochib bermoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasida bo‘layotgan bunday ijobiy jihatlami e’tiborga oigan holda, ta’lim sifatini yuksaltirish uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanish davr talabiga aylanmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganlaridek “Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr - intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar”
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy qilish natijasida quyidagilarga ham erishish mumkin:

  1. Elektron shakldagi o‘quv adabiyotlari va ma’ruza matnlarining mazmunini doimiy ravishda yangilab va boyitib borish imkoniyati tug‘iladi.

  2. O‘quv auditoriyalari o‘quvchilar uchun tom ma’noda “Internet teatr”ga aylanib boradi.

  3. Ochiq universitetlarni yoTga qo‘yishga zamin yaratilib, unda o'quvchilar respublikamizda eng yuqori malakali pedagoglardan ta’lim olishga erishadi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doimiy ravishda malaka oshirish jarayoni ham yoTga qo‘yiladi, jumladan, dars berayotgan pedagoglaming o‘zlari ham malakasini oshirishi mumkin bo’ladi.




Kirish


  1. Yangi yaratilgan kasb-hunar kollejlarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun katta hajmdagi asbob-uskunalar va laboratoriya uskunalari sotib olinmoqda. Ushbu xarajatlar miqdorini multimedia tizimlari va virtual stendlardan laboratoriya mashg'ulotlarida keng foydalanish hisobiga kamaytirish mumkindir. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda uchuvchilar, harbiylar va boshqa kasb egalarida ko'nikmalami shakllantirish borasida multimedia tizimlari va virtual stendlardan keng foydalanilmoqda.

  2. Elektron o‘quv adabiyotlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish juda mehnattalab jarayon hisoblanadi, lekin bir marta ishlab chiqilgandan keyin ulardan ta’lim jarayonida cheksiz foydalanish mumkin. Bu esa o‘z o'mida katta miqdordagi iqtisodiy samaradorlikni beradi.

  3. Axborot-resurs markazlari qoshida elektron kutubxonalarni shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanmoqda. Elektron formatdagi noyob kitoblardan respublikamizning barcha hududlaridagi o'quvchilar va ta’limning barcha bosqich talabalari ham keng foydalanishining teng imkoniyatiga erishiladi. Bu esa fuqarolarimizning mustaqil ta’lim olishi bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash uchun yana bir omil bo'lib xizmat qiladi.

  4. 0‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va o‘quv materiallarini o'zlashtirish qobiliyati turli bo‘lganligi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ularga katta imkoniyatlar yaratib beradi, ya’ni ular ruhiy holatlaridan kelib chiqqan holda o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda ertalab, kunduzi yoki kechqurunlari o‘quv materiallarini o'rganishlari mumkin bo‘ladi.

  5. Masofaviy o‘qitish tizimining yo‘lga qo‘yilishiga o'quvchi respublikamiz hududining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar eng yuqori malakali pedagoglardan ta’lim olishi mumkin bo'ladi.

Hozirgi kunda axborot va bilimlarsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmaydi, u butun kishilik jamiyatining rivojlanishi resursi deb tan olinmoqda. Bu, shaxsiy kompyuterlar va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Internet tarmog‘i, multimedia va boshqa texnologiyalami o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish jarayonlari haqiqatan ham kishilik jamiyatining barcha sohalariga keng kirib keldi. Hozirgi kunda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin va bu universal texnikaning fimksional imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to‘liq darajada foydalanilishi kerak bo’lmoqda. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda mukammal ishlashni bilish va ulaming funksional imkoniyatlaridan professional faoliyatda keng




6


Kirish


foydalanish hozirgi kunda iqtisodchilami ishga qabul qilishdagi talablardan biri ekani tasodifiy hol emas, albatta.
Mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti globallashib, axborotlashgan iqtisodiyot, boshqacha qilib aytganda bilimlar iqtisodiyoti shakliga aylanib bormoqda. Milliy iqtisodiyotda axborot va bilimlaming tutgan o‘mi tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylandi. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida, jumladan, ta’lim tizimining barcha jabhalarida ham axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Milliy axborot resurslar bu - yangi iqtisodiy kategoriyadir. Axborot material va energiya kabi resursga aylandi va demak, bu resursga nisbatan ham kim unga egalik qiladi, kim undan manfaatdor, qanchalik unga kirish oson, undan tijorat faoliyatida foydalanish mumkinmi, singari jiddiy savollar shakllanishi tabiiydir. Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish va tarqatish mumkin bo‘lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlaming strategik imkoniyatini, shuningdek, mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo'lmoqda. Ayni paytda axborot - bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ulami asrab avaylashga ko‘maklashuvchi yagona resurs turidir. Shunday qilib, axborot resurslari axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatidagi tovar hamdir
Boshqaruv sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Boshqaruv iqtisodiy jarayonlarini axborotlashtirish, xodimlar ishi unumdorligi hamda boshqaruv faoliyati bilan band bo‘lgan mutaxassislar malakasi va kasbiy savodxonligi oshishini ko‘zda tutmoqda. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarga talab kundan kunga ortib bormoqda. hozirgi kunda ular operator, loyiha menejeri, dizayner, ma’lumot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis, texnik ta’minot bo‘yicha mutaxassis, tizim ma’muri va dasturchi kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Axborot tanqisligi bilan bog'liq bo‘lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi xatolar juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va




Kirish


7


ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan keng foydalanish bo‘yicha eng ko‘p axborot hamda bilimlarga ega bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ish joylarini yaratish (bitta shaxsiy kompyuter va intellektual qobiliyat etarlidir) orqali aholi bandligini arzón usulda tashkil etish mumkindir, ammo u ishlab chiqqan mahsulot juda qimmat bo‘lib, unga talab geometrik progressiyadek o‘sib bormoqda. Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni yaratishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari funksional imkoniyatlaridan foydalanishning chegarasi yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini rivojlantirishning tamoyillari quyidagilardir:

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish