9.14 - rasm. Yetti darajali tarmoq modeli.
5-daraja — seansli. U ikkita gapni turli ShKga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:
xavfsizlik vositalarini boshqarish;
ma’lumotlar almashuvini sinxronlash;
uzilish (to‘xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.
4-daraja — transportga oid.Ushbu daraja ma’lumotlarni to‘g‘rila- nishni ta’minlaydi, xatolami imkon darajasida to‘g‘rilaydi. Tashish bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatadi; daraja — tarmoqli ikki mashina o‘rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo‘natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlaming jismoniy manzillarga o‘zgarishiga javob beradi; jo‘natuvchi ShKdan qabul qiluvchi ShKcha bo‘lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog‘liq holda ma’lumotlaming o‘tish yo‘lini belgilaydi;
2-daraja — kanalga oid.Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma’lumotlarni to’playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muhitga kirishini boshqaradi;
288
9 - bob. Kompyuter tarmoqlari
1-daraja — hisoblash tarmog'i o‘rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta’minlaydi. Ko‘pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro ta’sir qila olmaydi. Har qanday daraja faqat qo‘shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shni daraja bilan o'zaro ta’sir ko’rsatish interfeys deb yuritiladi. Agar biror mashinaning bitta darajasi boshqa mashinaning mos keluvchi darajasiga murojaat qilsa, aslida u interfeys orqali qo’shni pastki darajaga murojaat qilgan bo‘ladi. Axborot bir daraja pastga tushadi, chunki u erda axborot qayta ishlanib yanada pastga uzatiladi. Jismoniy darajada axborot aloqa kanali bo‘yicha boshqa mashinaga uzatiladi. U yerda teskari jarayon yuz beradi: axborot kerakli darajaga etmaguncha kerakli darajagacha ko’tarilaveradi. Bir xil nomdagi darajadagi tizimlaming o‘zaro ta’sir qoidasi ma’lumotlarni uzatish qoidasi deb yuritiladi. Axborotlarni Internet bo’yicha uzatish asosida paketlar kommunikatsiyasi yotadi. Internet orqali yuboriladigan axborotlar alohida paketlarga taxlanadigan qismlarga ajraladi. Paket ichidagi axborot hajmi odatda 1 dan 1500 baytni tashkil etadi. Bu biror foydalanuvchi tomonidan aloqa tarmog1 ini monopoliyalashning oldini oladi va qolganlarga teng huquq hamda imkoniyat yaratadi. Barcha axborot paketlari tarmoq bo‘yicha ular uchun umumiy bo’lgan joyga yuboriladi. Har bir paket belgilangan joyga yetib kelishdan oldin turli marshrutlar bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Biz marshrut deganda ma’lumotlarni uzatish tarmog1 i uzellarining ketma-ketligini tushunamiz. Qabul qilish oxirida paketlar yana tegishli tartibda to‘planadi. Protokollar Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita ShK birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga o‘tkazadi. Internet bo‘ylab yuborilgan har bir axborot protokol orqali kamida uch daraja bo’ylab o‘tadi:
tarmoq daraja — bunda xabarlami bir joydan ikkinchi joyga yetkazish kuzatib boriladi;
transport daraja— bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi;
amaliy darajada— xabarlaming ShK formati kishining ma’lumotni qabul qilishi uchun qulay ko‘rinishga o‘zgaradi.
Intemetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi: IP (Internet Protocol) — tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni alohida paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IP-manzil) bo'lgan sarlavha (nomlanishini) ta’minlaydi. Ulaming belgilangan punktga to‘g‘ri ketma- ketlikda yetib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi. Ushbu protokolning
§ 9.3. Global kompyuter tarmoqlan
289
muhim vazifalaridan biri — bu marshrutlash (Internet bo‘yicha yo‘l tanlash. Paketlar shu yo‘l bo‘ylab uzatiladi). IP protokoli mantiqiy birikishlarsiz ishlaydi, u xatolami aniqlamaydi va tuzatmaydi. TCP (Transmission Control Protocol) protokoli — transport darajali protokol — u paketni to‘g‘ri yetkazib berish uchun javob beradi.
Internet IP protokolini va TSR oilasiga mansub protokollardan birini kafolatli qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab tarmoqlami birlashtiradi. Qoida bo‘yicha TCP/IP atamasi TSR va IP protokollari bilan bog‘liq barcha narsalami anglatadi. U butun bir protokollar oilasi qamrab oladi. Intemetda ko‘pgina amaliy protokollar mavjud bo‘lib, ular Mail, telnet, ftp, archie, gopher, WAIS, World Wide Web kabi dasturlar foydalaniladi. Masalan: fayllami jo‘natish protokoli (G‘TR), olislashgan mashina terminal emulyatsiyasi protokoli (telnet), oddiy pochtaning jo‘natish protokoli (SMTP), nomlaming (DNS) domen (mintaqaviy) tizimli protokoli, marshrutlashning axborotlashgan protokoli (RIP) va hokazo. TCP/IP protokoli avvaliga global tarmoqqa mo‘ljallangan edi. Jismoniy dastur darajasi ma’lumotlami taqdim etish muammosini mustaqil hal etuvchi amaliy dasturdan iborat.