Rasmiy ta’riflash ma’lumotlarni taqdim etish usulini bayon qiladi, ular MBning turiga ko‘ra, asosan, matn, jadval va Statistik ko‘rsatkichlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tanlash, birinchi qarashda, sof texnologik tadbirdan ko'rinishi mumkin, ammo haqiqatan esa muhim marketing operatsiyasidir, chunki, yuqorida ko‘rsa- tilganidek axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarining axborot modellarining mos kelmasligi shunga olib keladiki, keyinchalik barcha kerakli ma’lumotlarni, ular haqiqatan ham MBda bo’lishlariga qaramasdan to’la olmasliklari mumkin. Bu esa ularga bo’lgan talabni pasayishiga va foyda ololmaslikka olib keladi.
Talabni rag’batlantirish maqsadida tijorat MABda axborotlami taqdim etish bozoming quyidagi talablarini hisobga olish zarur:
turli MBdagi bir turdagi maydonlaming yagona tartibdagi belgilari;
yagona va iloji bo‘lsa umumiy qabul qilingan klassifikatorlar bazasida so’rovlami engillash uchun axborotlami kodlashtirish;
MB — klassifikator, direktoriyalar haqidagi ma’lumotnomaviy axborotlami foydalanuvchiga o‘z vaqtida taqdim etish.
Dasturiy ta’minotni bevosita ishlab chiqish dasturlash bo'yicha mutaxas- sisning asosiy vazifasidir. Shunga qaramasdan MABning tijorat xarakteri uni amalga oshirishda, birinchi navbatda, foydalanish interfeysi — foy- dalanuvchining MAB bilan shaxsan muloqotiga tegishli dasturiy ta’minla- nishning bir qismiga tegishli marketing mulohazalarini hisobga olishni talab qiladi.
Tijorat MABdan foydalanish interfeysga asosiy talab uning «do’stona- ligi»dir, uning ostida MAB bilan muloqotning foydalanuvchi uchun qulay va tabiiy usulini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Do’stonalikning darajasi belgilangan bozor segmentiga mo’ljallanganligiga bog’liqdir. Foydalanuvchi interfeysining do’stonaligini oshiruvchi asosiy usullar quyidagilardir:
buyruqlar nomlarining tabiiyligi, iloji bo‘lsa boshqa MABlardagi kabi shunday nomlarga o'xshashligi;
yordam va aytib berishning rivojlangan tizimining mavjudligi, shu jumladan interaktiv usulda ham;
axborotlami berishning qulay tartibi;
axborotlami berishning o’zgaruvchan formatlari.
Bundan tashqari interfeysning do’stonaligi MABning tez harakat qilishi, mukammal hujjatlaming mavjudligi va bir qator boshqa omillarga bog’liq. Foydalanuvchilar uchun qulaylikni oshirish uchun yana maxsus AUlari taqdim etilishi mumkin, ular ShKda o’rnatiladi. Bunday AlJlar va MABning dasturiy ta’minoti bilan birga qidirishga va topilgan ma’lumot-lami seansdan keyingi ishlab chiqishga tayyorlashni o’tkazishga imkon beradi.
MABni tijorat xarakteri yana foydalanuvchilarni iqtisodiy qoTlab- quvvatlashni ham ko‘zda tutadi, ular ostida, hammadan avvalo,. ularni identifikatsiyalash, schotlarni o‘z vaqtida taqdim etish va haq to’lash ustidan nazorati tushuniladi. Ko’rsatilgan vazifalar axborot mahsulotlari va xizmatlarining ham shtatli dasturiy vositalari tomonidan va MABdan
626
20 - bob. Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
foydalanish, foydalanuvchilar bilan hisoblashning statistikasini y ig‘ ish va tahlil qilishning maxsus tizimchalari tomonidan amalga oshirishi mumkin.
Bozorlami segmentlarga ajratishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
har bir bozor segmenti talabning turi bilan ta’riflanadi, uni interaktiv xizmatlar taklif qilinganga qadar tahlil qilinishi kerak;
o‘zlariga nisbatan qandaydir yorqin ta’riflami shakllantirish qiyin bo‘lgan bozor segmentlari ko‘zda tutilgan interaktiv xizmatlami qamrab olish uchun kamroq yaroqlidir.
Foydalanuvchilar guruhlarini ajratish uchun qo‘llaniladigan eng muhim tasniflash mezonlari ulaming kasbiy (sohaviy)ligiga, interaktiv usulda ishlash tajribasining mavjudligi va axborotli faoliyatining xarakteridan iborat bo‘ladi. Kasbiylik bo‘yicha segmentlarga ajratish, birinchi navbatda, ma’lumotlaming tematikasiga bog‘liq, masalan, Statistik axborotlardan hammadan avvalo tadqiqotchi — tahlilchilar, moliyaviy xodimlar, maslahatchilar, bibliografikdan — ilmiy tashkilotlar, kutubxonalar va axborot markazlari, huquqiydan — yuristlar, patentlidan — patentshunoslar va kashfiyotchilar foydalanadilar.
Interaktiv usulda ishlash tajribasi kasbiylik bilan yaqindan bog‘liq, ammo yana ko‘proq darajada ulaming axborot faoliyatining xarakteriga bog‘liq. Mamlakatimiz bozori sharoitlarida ushbu mezon bo‘yicha segmentlarga ajratish alohida muhim ahamiyatga ega. Bu erda ortiqcha kutishlar o‘zini oqlashi dargumon, ammo ShK tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlami uzatish va olish tajribasiga ega bo‘lgan va tegishli uskunalarga ega foydalanuvchilami mo‘ljallash butunlay maqsadga muvofiqdir.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Marketing faoliyati uchun axborotlaming ahamiyati nimalardan iborat?
Marketing axborotlari manbalari va oqimlarini tavsiflab bering.
Marketing faoliyatidagi tashqi mikromuhitning qanday omillarini bilasiz?
Marketingni boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillarini aytib bering.
Korxona marketing faoliyatida axborot tizimlarining vazifalari nimalardan iborat?
Tashqi axborotlar tizimiga nimalar kiradi?
Ichki axborotlar tizimiga nimalar kiradi?
Marketing tadqiqotlari asosida axborotlar ta’minotini tashkil qilishning mazmuni nimadan iborat?
Axborot mahsulotlari va xizmatlari deganda nimani tushunasiz?
Axborotlar tijoratda qanday ahamiyat kasb etadi?
MAB va MBni tijoratda qoTlanilishi nimalardan iborat bo'ladi?
Axborotlarni tijoratli tarqatish sanoati va texnologiyalarini tushuntirib bering.
- BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI
§ 21.1. AXBOROT XAVFSIZLIGI: ASOSIY TUSHUNCHA VATA’RIFLAR
§ 21.2. AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDIDLARNING ASOSIY TURLARI
§ 21.3. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
§ 21.4. KRIPTOGRAFIK AXBOROT HIMOYASI TAMOYILLARI
§ 21.5. BLOKLI VA UZLUKSIZ SHIFRLAR
§ 21.6. NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLAR. OCHIQ KALITLI KRIPTOTIZIM KONSENTRATSIYASI
§ 21.7. INTERNET TARMOG'I ORQALI UZOQLASHTIRILGAN HUJUMLARDAN HIMOYA USULLARI VA VOSITALARI
§ 21.8. ELEKTRON TO LOV TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
§ 21.9. ELEKTRON PLASTIK KARTALAR
Diplomga ega bo'lish - bu halt tom ma'nodagi ziyoli etnas. Ziyoli odam o'z tafakkur saviyasi, pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo'lakcha inson bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |