Plastik kartalardan foydalanish mijozlarga xizmat ko‘rsatishning samarali shakli bo‘ladi. Plastik kartalar qisqa muddatli davlat obligatsiya mamlakatimizdagi davlatning qisqa muddatli obligatsiyasi ta’minlanishning turlari bo‘yicha debetli, kreditli, debet-kreditligiga bo‘linadi. Uning bilan bir qator plastik kartalar asosida vazifalami amalga oshirish ham mumkin: magnitli kartalar, smart-kartalar, lazerli kartalar, mikroprotsessorli kartalar. Mikroprotsessorli kartalar bilan ishlash eng ilg'or va qimmat texnologiya bo‘ladi. Savdo shahobchalari tegishli dasturiy-texnik vositalar (savdo terminlari) bilan jihozlanadi.
586
19 - bob. Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
Bankomatlar (avtomat-kassirlar) bank xizmatlarining tarkibiy qismidir. Ular bank binosida va uni tashqarisida joylashishi mumkin, naqd pullami berishlari mumkin. Bunday avtomatlardan foydalanish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish elastikroq bo‘ladi. Xizmatlar mijozlarga yaqinlashadi, vaqtli va masofaviy doiralar kengayadi, xodimlar soni qisqaradi.
Bank tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida samarali hisob- kitoblami ta’minlashga qaratilgan. Hisob-kitoblami katta qismi banklar aro xarakterga ega va moliya kredit idoralarining iqtisodiy aloqalari uchun xizmat qiladi. Banklararo hisob-kitoblar tashqi iqtisodiy aloqalaming har xil turlarini kuzatib boradilar. Banklar o‘zaro shartnoma asosida korrespondentlik munosabatlarini o‘matadilar, bunda to‘lovlar va hisob-kitoblami amalga oshirish uchun operatsiyalar bitta bank tomonidan boshqa bankning topshirig‘i va hisobidan amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda banklararo to‘lovlami amalga oshirish usullari zamonaviy talablami qanoatlantirmaydi.
Korrespondentlik munosabatlaming turlaridan biri tijorat banklarining korrespondentlik schotlarini o‘zaro ochish hisob-kitoblaridan iborat, ular asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining mintaqaviy muassasalari — hisoblash-kassa markazlari (HKM), viloyat bosh boshqarmalari (VBB)dir. Mohiyatibo‘yicha HKM to‘lov tizimining elementi bo’ladi, Markaziy Bankning bo‘linmasidir, uning asosiy vazifasi pullami o‘tkazishdir. Boshqacha qilib aytganda, HKM tijorat banklari o‘rtasidagi to‘lovlar va kreditlaming vositachisi bo‘lib xizmat qiladi. ’
Bank ishini Markaziy Bank HKMdagi korschotlar orqali tashkil qilishning usuli bo‘yicha barcha banklarini ikkita katta guruhlarga ajratish mumkin, birinchi guruh — bu to‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblashlar (mintaqaviy, jadallashtirilgan) deb nomlangan texnologiyalardan foydalanuvchi banklar.
To‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblashlar texnologiyasi bu hisob-kitoblaming ishti- rokchi banklari o‘rtasidagi to‘lovlami bir operatsiya kuni davomida o‘tishni ta’minlashga imkon beradi. Bankka elektron ko‘rinishda kelib tushuvchi barcha to’lovlar kuniga bir necha marta uzatiladi, bu bankning moliyaviy mablag‘lardan samaraliroq foydalanishiga imkon beradi. Mintaqalararo hisob- kitoblar bir guruh banklaming korschotlari bo’yicha buxgalteriya yozuvlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |