Likvidlikni boshqarish bo’limi bankning likvidliligi ko’rsatkichlarini hisoblashni, ulaming omilli tahlilini va kundalik nazoratini amalga oshiradi.
Reja-tahlil bo‘limi bank ichki ko'rsatkichlarini o’rganish va sotish rejalarini (masalan, yangi ochilayotgan schotlaming sonini), moliyaviy rejani belgilaydi va ichki tadbirlami rejalashtiradi. Bo‘lim passivlaming kutilgan miqdorini hisoblab chiqadi va ulami samarali joylashtirish vazifasini hal qiladi. Bankning aktiv va passivlari tuzilishining guruhlar bo’yicha tahlili va ular o‘rtasidagi nisbatning samaradorligini baholaydi. Bunda «oltin» qoidaga rioya qilinishi
570
19 - bob. Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
kerak, ya’ni uzoq muddatli kreditlar uzoq muddatli depozitlar bilan qoplanishi kerak va h.k;
19.1-rasm. Tijorat bankining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi.
Kredit-depozit operatsiyalari departamenti kredit, depozit va fond boiimlarini o‘z ichiga oladi.
Kredit va fond boiimlari nafaqat bankning kredit va investitsion siyosatida qabul qilgan strategiyalarini bajaradi, balki ular sarmoyalar bozorida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatlar tomonidan ilgari surilgan talablarga tezkor javob bergan holda bir-birlarini to'ldiradilar. Masalan, iqtisodiy o‘sish davrida qarzlaming hajmi o‘sadi, qimmatbaho qog‘ozlaming portfeli esa qisqaradi, qarzlarga past talab davrlarida esa holat butunlay o'zgaradi.
Kredit va depozit boiimlarning vazifalari ular operatsiyalarining tubdan turli mazmunga ega bo‘lishlariga qaramasdan, shakli bo'yicha juda yaqin. Vazifalami o‘xshashligi kreditlashning bir qator rasmiy huquqiy tamoyillarini tekshirish va rioya qilish bo'yicha g'oyatda ko'p mehnat talab qiladigan ishlami bajarish kerakligi bilan aks ettiriladi. Har qanday holatda, bankning qo'pgina xizmatlarini bajarish kabi, mijoz va bankning o'zaro munosabatlari
§ 19.1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish
571
ular tuzgan shartnoma tomonidan tartibga solinadi. Kredit qobiliyatini tekshirish bankning qarz oluvchiga nisbatan barcha boshqa harakatlari uchun shart-sharoit bo'ladi, ya’ni kreditni to‘lash, jismoniy va yuridik shaxslarga foizlar va boshqa to‘lovlami o‘z vaqtida ta’minlanishining imkoniyatlari amalga oshiriladi. Bu tekshirish qarzdoming balansi, garovning likvidligi, yillik moliyaviy hisobot va korxona ishining ko'rsatkichlariga esa bir qator registrlami tahlil qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |