Vazirligi termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 1,26 Mb.
bet41/54
Sana13.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#492467
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta

Ijodiy o’yinlar.


  • Qoidali o’yinlar.

    Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi.
    Ijodiy o’yinlarga dramalashgan o’yinlar, qurilish o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar kiradi.
    Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, yermak o’yinlar.
    Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’gri rahbarlik qilish «Bolajon dasturi»da belgilangan vazifalarii muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi. O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni bogcha yoshi davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini ta’mknlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
    O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta’sir yetgan holda shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’grisidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin.
    Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yinga qiziqishiii, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun
    mazmun jihatdan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun yesa o’z navbatida yaxshi tashkil qilingan bolalar jamoasi zarur bo’ladi.
    O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bogchaning ta’lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o’rin tutadi.
    O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va yehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin yegallaydi. Atoqli pedagog va shifokor E. A. Arkin o’yinni ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan.
    O’yin ta’lim va mashgulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bogliq bo’lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga yegadir. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim yegallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi.
    O’yinda aks yettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uygonadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda bo’lajak mutaxassislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki orzular paydo bo’ladi.
    A. V. Zaporojets o’yinning ahamiyati haqida gapirar yekan, o’yinda tevarak-atrofdagi predmet va voqealarning umumlashgan tipik obrazlari sistemasini yaratish qobiliyati rivojlanadi, keyin ular har xil qilib o’zgartiriladi. Bolaning kelajakdagi butun rivojlanishi uchun xayol yoki obrazli tafakkurning bunday rivojlanish xususiyati bebaho qimmatga yegadir, deydi.
    Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysundirib bo’lmaydi, bu o’yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
    Qoidali o’yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o’yin ma’lum didaktik maqsadga yega bo’lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta’limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyatga yega bo’lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o’yinda bola mashgulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim butunlay o’yin shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli-tuman usullar va metodlarni qo’llashni talab yetadi.
    O’yin ta’limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, o’qib berish va hokazolardir. Bola o’ynayotib, o’z bilimidan foydalanishga, uni har xil sharoitda ishlata bilishga o’rganadi. Ijodiy o’yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo’l ochiladi.
    O’yinda aqliy rivojlanish bilan bogliq holda axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada yaxshi hislarni, ulugvor orzular va intilishlarni, soglom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’yinda bola o’z xulqini boshqarishga, qiyinchilikni yengishga, o’z maqsadiga qat’iy turib yetishishga o’rganadi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga yerishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb yetadi. Birgalikdagi o’yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi.
    Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, haqqoniylikka, o’rtoqlarini javobgarlikni sezishga asoslaigan munosabatlar o’rnatishdan iboratdir. O’yinni bolalar o’z ixtiyorlari bilan o’ynaydilar, ammo boshqa hech bir faoliyatda o’yindagi singari bolalarning hulqi bilan bogliq bo’lgan qat’iy qoida yo’q. Bunday qat’iy qoida ijodiy o’yinga ham, qoidali o’yinga ham, qoidani bolalar o’zlari o’rnatadigai o’yinga ham
    tegishlidir.
    Mana shuning uchun ham o’yin bolalarni iitizomli qiladi, ularni o’z harakatlari va fikrlarini qo’yilgan maqsadga bo’ysundirishga o’rgatadi.
    O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har xil kasbdagi kishilarii aks yettiradilar, bu bilan ular kattalarning harakatigagipa taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatga bo’lgan munosabatlarini ham aks yettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish xohishini uygotadi, o’yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O’yiida hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan texnikaga qiziqish paydo bo’ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar.
    O’yin yeststik tarbiyaning muhim vositasidir. O’yinda ijodiy xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. YAxshi tanlapgan o’pinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o’yinlarda harakatning go’zalligi va maromi bolalarni o’ziga maftun qiladi.O’yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o’z-o’zidan amalga oshmaydi. O’yin befoyda, hatto zararli bo’lishi, ba’zan yomon qiziqishlarni, yomon hislarni qo’zgotishi mumkin. Tarbiyachi o’yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir ztib borishi zarur.
    Bu vazifani hal yetishda o’yin bolalar bogchasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan boglangan bo’lishi kerak. O’yinda bolalarning mashgulotlarda olgan bilim va malakalari aks yetadi va rivojlantiriladi, ular orqali yesa bola hayotga o’rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi.
    Pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni. Bolalar bogchasidagi pedagogik jarayonni maktabgacha yoshidagi bolalarning o’sib kelayotgan yosh organizmi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularni yaxshi tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan qilib tashkil yetish lozim. Buning uchun bolalar hayotini tashkil yetishda o’yin yetakchi o’rin yegallashi lozim. Bolalar o’yiniga ajratilgan vaqtni mashgulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho’zib yuborish orqali yegallash mumkin emas.
    “Bolajon” dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badan tarbiya, mashgulotlar o’tkazish bilan bir qatorda o’yin ham kiritilgan. O’yin bolalar hayotini tashkil yetish shakli sifatida kichik guruhdan (uchinchi yoshdan) boshlanadi.
    O’yin yertalab nonushtagacha (15—20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashgulotlar o’rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o’tkaziladi. yertalab rolli o’yinlar, qurish- yasash, harakatli (to’p bilan) o’yinlarni tashkil qilish tavsiya yetiladi.
    Mashgulot o’rtasida harakatli, qoidali o’yinlar o’tkaziladi. Ular asosan mashgulotning mazmuniga bogliq bo’ladi.
    Ochiq havodagi o’yinlarga yugurish, otish, sirpanish bilan bogliq bo’lgan o’yinlar, qoidali o’yinlar («Ayyor tulki», «Oq terakmi ko’k terak») kiradi. Shuningdek, qurilish, rolli,: sport o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar (qum, suv, loy bilan), didaktik o’yinlar, bolalarning harakatini rivojlantiruvchi o’yinlar, dramalashtirilgan o’yinlar bo’ladi. Tarbiyachi hamma o’yinlarga rahbarlik qiladi.
    Kunduzgi uyqudan keyingi o’yinlarga qurilish o’yinlari, yertak bo’yicha qo’yiladigan o’yin, rolli o’yinlar, didaktik o’yinlar va hokazolar kiradi.
    O’yinlarning turlari, mazmuni ularni har bir yosh guruhlari bo’yicha tashkil yetishni taqozo qiladi. O’yin pedagogik jarayonda mehnat va ta’lim, bolalarning boshqa faoliyatlari bilan o’zaro bogliq holda olib boriladi.
    O’yinda bolalar tevarak-atrofdagi voqelikni amaliy jihatdan o’zlashtirib boradi. Bolalar o’yin jarayonida bilimlarni o’zlashtirish, uni takomillashtirishni asosiy maqsad qilib qo’ymaydilar, biroq kattalardek harakat qilish, boshqa bolalar bilan aloqaga kirishish, o’yin vazifalarning jozibadorligi, musobaqa va shunga o’xshashlar bolaning bilimlarini yegallab, mustahkamlab borishini taqozo yetadi. Bolalar hatto didaktik o’yinlarni ham biron narsani bilib olish uchun o’ynamaydilar. Ammo o’yin jarayonida bolaning bilimi o’zi sezmagan holda o’z- o’zidan takomillashib boradi.
    Ta’lim jarayonida (mashgulotlarda) bolalarning bilimini shakllantiruvchi aniq maqsad qo’yiladi. Tarbiyachi bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, ularda o’quv faoliyatining yeng oddiy malakalarini shakllantirib boradi. Ta’limning xususiyati va mazmuni bolalar o’yinlari mazmuniga ta’sir yetib, uni rivojlantiradi.
    Mashgulotlarda, yekskursiyalarda yegallangan bilimlar bolalarning o’yin faoliyatini, qiziqishlarini rivojlantiradi.
    Ikkinchi tomondan, har xil metodlar bilan o’tkaziladigan mashgulotlarda turli-tuman o’yin usullaridan ham foydalaniladi. Bunday usullar bolalar diqqatini to’plash, ular idrokini faollashtirish, bilimlarni to’laroq o’zlashtirib olish imkonini yaratadi.
    Pedagogik jarayonda mehnat bilan o’yin o’rtasida umumiylik va farq borligini ham aytib o’tish kerak. Bolalarning qo’l mehnati o’yin bilan bevosita bogliq. Ayniqsa katta guruh-ga borganlarida bolalar mavjud o’yinchoqlar bilan o’ynabgina qolmay, yetishmaganlarini o’zlari kattalar yordamida qogoz, yogoch, karton, tabiiy materiallardan yasab oladilar.
    O’yinning mehnat bilan bogliqligi shundaki, bolalar o’zlariniig o’yinchoqlarini har doim avaylab saqlab boradilar.
    Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, kichik guruhlardagi mehnat faoliyatiga o’yin xususiyatlarini kiritishni taqozo yetadi. Ma’lum bo’lishicha avval bolalar kattalar mehnat jarayonini qanday bajarganlarini o’zlashtirib olib, keyin o’z o’yinlarida buni aks yettirar yekanlar, shundan keyingina mustaqil mehnat faoliyatiga o’tar yekanlar. Bolalar mehnati qiziqarli bo’lishi uchun uni ko’pincha o’yin tarzida o’tkaziladi. Masalan, maydonchani tozalaganda bolalar axlatlarni zambillarda tashish o’rniga, mashinalarida tashiydipar, ustaxonada kartonlardan qutichalar yasaydilar. Bolalar o’z o’yinlarida kattalar mehnatini aks yettirishlari ularda bu mehnatga hurmatni shakllantirib boradi. Bu ham o’yinnipg mehnat bilan bogliqligiga misol bo’la oladi.
    Shunday qilib, o’yin yaxshi yo’lga qo’yilgan pedagogik jarayonda bolalarning butun hayotini qamrab oladi va uning qiziqarli o’tishini ta’minlaydi.
    Bolalar o’yinining o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks yettiradi. O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro stantsiyasi, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin va h. k.
    Bolalar o’yinining yana bir xususiyati — uning havaskorlik tarzida bo’lishidir (xususiy faoliyat). Bu uning tashqi belgilari bo’lmay, balki haqiqiy mohiyatidir.
    O’yinning ijodkori, yaratuvchisi — bolalardir. Ular o’yinda o’zlariga tanish bo’lgan hayotiy voqea va hodisalarni ularga bo’lgan munosabatlarini aks yettiradilar.
    Bolalar o’yinining yana bir o’ziga xos xususiyati — unda harakat, so’z va obrazlarning o’zaro boglanib ketishidir. O’yinda bola o’zi aks yettirayotgan qahramonning his-hayajoni, kechinmalari, harakatlari bilan yashaydi. Shuning uchun ko’pincha uning ismini aytib chaqirishganda, u javob bermay, shunday deydi: Men «Komil emasman, kapitanman». Shunda tarbiyachi: «O’rtoq kapitan, sizning kemangiz yaqinda dengizga chiqadi. Matroslar kuchli va soglom bo’lishlari kerak. Ularni jismoniy mashqqa saflantiring», deydi. Shunda kapitan savlat bilan xursand holda: «Badan tarbiyasiga saflaning», deb komanda beradi.
    Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqat o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
    Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga yega. Nutq orkali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuygu, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi.
    O’yinda obraz, o’yin harakati, so’z o’zaro boglanib, o’yin faoliitining asosiy negizini tashkil yetadi, borliqni aks yettirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
    Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoka kattalar tomonidan taklif yetilgan o’yinning goyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil
    yetuvchi qirralardir.
    O’yinning goyasi — bu nima o’ynashni belgilab olish: «do’kon», «shifoxona»,
    «uchuvchilar», «ona-bola» («Oila»), «bolalar bogchasi» va shunga o’xshashlar. O’yin mazmuniga, goyasiga, qarab bolalariing bunday o’yinlarini bir necha o’ziga xos guruhlarga bo’lish mumkin:

    1. maishiy turmushni aks yettiruvchi o’yinlar («oila», «bolalar bogchasi», «shifoxona»

    2. kishilarning yaratuvchilik mehnatini aks yettiruvchi o’yinlar (metro qurilishi, dehqonlar mehnati, uy, korxonalarning qurilishi va h. k.);

    v) ijtimoiy voqealarni, an’analarni aks yettiruvchi o’yinlar (bayramlar, namoyishlar, sayohat; mehmonlarni kutish.
    O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqealar aks yetishi ham mumkin. Goya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi bo’lib, uning rivojlanishini, o’yin xarakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro boglanishini belgilab beradi.
    O’yinning qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday , ishtirok yetishlari o’yin mazmuniga bogliq. O’yinda bola ijro yetadigan rol’—o’yinning asosiy o’zagi va tarkibiy xususiyatidir. Shuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan. Bola olgan roliga qarab, o’sha obrazga kirib ketadi va uning rostligiga ishonadi.

    Download 1,26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish