Qayd etilgan tizimostilar negizidagi ma’lumot qayta ishlash markazining mantiqiy sxemasi 5.3-rasmda keltirilgan.
Bulutli ma’lumot qayta ishlash markazlarini loyihalash jarayonlari aksariyat hollarda Internet va mavjud kompyuter tizimlari va tarmoq texnologiyalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda bajariladi.
Bulutli ma’lumot qayta ishlash markazining arxitekturasi quyidagi talablarga javob berish kerak bo‘ladi:
MQIM faoliyatini to‘xtatatmasdan uning komponentalarini asta-asta modernizatsiyalash imkoni mavjud bo‘lishi kerak;
MQIM yaratilishida zamonaviy yechimlar va standart texnologiyalardan foydalanish kerak, bunday yondoshuv markazga har xil vositalarni taqdim etadigan kompaniyalarga bog‘liq bo‘lmasdan mustaqil faoliyat olib borishini ta’minlaydi;
MQIM jismoniy va virtual vositalarining bog‘lanishi bir nechta usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
247
Birinchi bobda OpenFlow protokoli asosida faoliyat yuritadigan dasturiy- konfiguratsiyalanadigan tarmoqlar asosida rivojlanayotgan tarmoq texnologiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan edi.
Bulutli ma’lumot qayta ishlash markazlarida dasturiy - konfiguratsiyalanadigan tarmoqlar qo‘llanilishining afzallik tomonlari quyidagi faktorlarga asoslanadi.
Tarqoq strukturali bulutli ma’lumot qayta ishlash markazlarida serverlar orasida (virtual va jismoniy), serverlar va ma’lumot saqlash omborlari orasida ma’lumot almashinuvi hamda foydalanuvchi kompyuterlari va markaz vositalari orasida axborot uzatish jarayonlari aksariyat hollarda mavjud infokommunikatsiya tarmog‘ining transport tizimostisi negizida bajariladi va IP texnologiya negizida yaratiladi
MQIM transport tizimostisi vositalaridan “oqib” o‘tayotgan axborot oqimlarining turlari tobora ko‘payib borayotganligi sababli, hozirda uning komponentalari muntazam takomillashtirilib borilayapti.
Foydalanuvchilarning soni tobora ko‘payib borayotganligi telekom- munikatsiya tarmog‘ining masshtablanganligi va egiluvchanligini takomillashtirish bo‘yicha yangi-yangi yechimlarni qabul qilish negizida tarmoqning keskin o‘sib borayotgan yuklamalarni bajara olish qobiliyati shakllantirilayapti. Maqsad - keng miqyosdagi foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish.
Transport tarmog‘i har xil trafikli paketlarni qabul qilib, qayta ishlab tegishli manzillarga, xatosiz, yo‘qotishsiz o‘z adresatiga jo‘natilishini ta’minlab berishi kerak.
Shu sababli, telekommunikatsiya tarmoqlari yildan yilga murakkablashib borayapti, ularni takomillashtirish va ekspluatatsiya qilish katta xarajatlarni talab qilayapti.
Ma’lumot qayta ishlash markazlari aksariyat hollarda geografik jihatdan har xil “nuqta”larda joylashgan kompyuter tizimlaridan tarkib topgan bo‘lib, tarqoq holdagi infrastrukturaga ega.
248
249
yi
U>
I-!
p
ISI
p
p
p
ел"
£
p
ISI
tr
p
Й
p
erg
I
£'
(УЭ
X
CD
p
ISI
I l > \
/
Taqsimlangan MQIMni dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq negizida yaratish dolzarb muammo hisoblanadi, chunki bugungi kunda yuqorida qayd etilganidek, taqsimlangan ma’lumot qayta ishlash markazi larida qayta ishlanayotgan ma’lumotlarning hajmi tobora ko‘payib bormoqda, mavjud tarmoq arxitekturasi bunday katta hajmdagi ma’lumot oqimlarini QoS talablariga muvofiq uzatish va qayta ishlash jarayonlarini bajarishda muammoli vaziyatlar paydo bo‘lish hollari kuzatilmoqda.
Muammoning yechimini bugunda istiqbolli hisoblangan dasturiy platforma negizida yaratilgan dasturiy - konfiguratsiyalanadigan tarmoq (DKT) lar negizida amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida fikr va mulohazalar rivojlanmoqda, aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.
Chunki, DKT da maxsus yaratilgan dasturiy ilovalar transport oqimlarini optimallashtirishni, ma’lumotlarni samarali qayta ishlanishini, aloqa kanallari orqali xavfsiz uzatilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, abonentlarni markaz resurslaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |