Vazirligi o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati



Download 1,04 Mb.
bet5/95
Sana19.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#912791
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm

TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati

Ko‘plab taqsimlangan ilovalar tarmoq operatsion tizimi tomonidan taqlif etilgan dasturiy interfeysdan bevosita foydalanish imkonini beradi. Ko‘pincha aloqa turli mashinalardagi jarayonlarga xabar almashishi imkonini beruvchi “soket”lar bilan operatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari ilova tez- tez lokal fayl tizimi interfeysidan ham foydalanadi. Bunday holatda ilova va tarmoq operatsion tizimi orasida dasturiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha abstraktni ta’minlovchi oraliq sathi yotadi.
Ko‘pgina ilovalar uchun oraliq qatlam DT ni taqdim etuvchi dasturiy interfeys aslida hisoblash muhitini tavsiflaydi. Masalan, ko‘pgina ilovalar to‘rtinchi avlod tili (4GL), tranzaksiyalarni qayta ishlovchi monitorlar (TP) (IBM CICS, Digital ACMSxp) va ofis integratsiyalangan tizimlarini (Lotus Notes, LinkWorks) shunday holatda ko‘rib chiqadi. Shuningdek, Object Management Group (OMG) konsorsiumining Common Object Request Broker Architecture (CORBA) realizatsiyasini ko‘rsatish mumkin, bunda funksiyalar to‘plami ushbu


24




funksiyalarga uzoqlashtirilgan kirishni ta’minlash uchun oraliq qatlam DT kommunikatsiya servislaridan foydalanishi mumkin.
Bu va boshqa mumkin bo‘lgan yechimlar asosida oraliq qatlam DT funksionalligidan maksimal foydalanish tamoyili yotadi. Oraliq qatlam DT tizim funksionalligining katta qismini o‘ziga oladi, dasturchilarga dasturiy va amaliy sohalarini qoldiradi. Amaliy dasturlarni yaratishda oraliq qatlam DT dan maksimal foydalanish ishlab chiqilayotgan tizimlarning ishonchliligini sezilarli oshiradi, ularga sanoat xarakterini beradi, tizim standartlashtirilgan va sinalgan fundamentga qurilgan bo‘ladi.
TT larni yaratilishida OT lar bilan taqsimlangan ilovalar oralig‘ida joylashgan oraliq sath dasturiy vositalari (xizmatlari) asosiy rol o‘ynaydi. 1.10 - rasmda oraliq sathli TT ning umumlashtirlgan sxemasi keltiriladi.
Oraliq sath dasturiy ta’minoti taqsimlash va aloqa masalasini hal qilishi uchun aniq bir modelga tayanishi kerak. Bu ma’noda «taqsimlangan faylli tizim» modeli eng datlabki model hisoblanadi, masalan, Unix operatsion sistemaning faylli tizimi.
Keyingi model - masofadagi protseduralarni chaqirish (Remote Procedure Calls, RPC - udalennbiy vbizov protsedur). Bajarilayotgan jarayon (masala yechimini bajarayotgan dastur) foydalanuvchidan sir tutgan holda olisda joylashgan protseduralarni chaqirishi mumkin. Lekin protseduralarning bajarilishi olisdagi kompyuterda bajariladi. Protsedura ishlashi uchun kerak bo‘lgan parametrlar unga tarmoq orqali uzatiladi, protsedura ishini yakunlaganidan so‘ng boshqaruv yana protsedura chaqirilgan nuqtaga (kompyuterga) beriladi. Bunday holat tashqaridan xuddi oddiy protsedura chaqirilganidek tuyuladi.
Keyingi modellar taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlariga asoslangan (masalan, DCOM, COM+ hamda ActiveX texnologiyalaria asoslangan modellar). Taqsimlangan ob’ektlar g‘oyasida har bir ob’ekt o‘zining interfeysini joriy etadi, unda ob’ekt tomonidan undagi hamma ishlanmalar sir tutiladi va interfeysda protseduralarni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan hamma usullar o‘rnatilgan bo‘ladi. Masofadagi jarayon faqat interfeysni ko‘radi, ob’ektni ichiga kira olmaydi.


25




Mashina A




Mashina B




Mashina C







1




1













Taqsimlangan ilova













1




1







Oraliq

sath

ida dasturiy ta’mino

t xiz

matlari

ОТ tarmoq xizmatlari







ОТ tarmoq xizmatlari







ОТ tarmoq xizmatlari

ОТ yadrosi

ОТ yadrosi

ОТ yadrosi

















Tarmoq

    1. - rasm. Oraliq sathli TT ning umumlashtirilgan sxemasi


26




Bundan tashqari, oraliq sath tizimi taqsimlangan ma’lumotlar bazasiga, faylli tizimlarga va Web hujjatlariga shaffof kirishni ta’minlaydigan vositalarni taqdim etadi.

  1. Ochiqlik. Zamonaviy taqsimlangan tizimlar odatda bir nechta dasturiy platformalarni qo‘llash imkoniga ega bo‘lgan oraliq sath tizimlari ko‘rinishida yaratiladi. Ilovalar esa konkret bir taqsimlangan tizim uchun yaratiladi va ular operatsion tizim platformasiga bog‘langan bo‘lmaydi. Ammo ko‘p hollarda ularni konkret oraliq sathga qattiq bog‘langan holda bo‘lishlari talab etiladi.

Ma’lumki, ochiq tizimlarda uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan ma’lumotning formati ularda qo‘llanilayotgan protokollarga mos kelishi, ob’ektlar tizimida esa interfeyslar bir xil bo‘lishi kerak. Oraliq sath tizimlarida bunday shart (ya’ni, «ochiqlik» sharti) har doim bajarilavermaydi.
Ochiq taqsimlangan tizimlar oraliq sathlarining har bir tizimida foydalaniladigan protokollar va ilovalarga taqdim etiladigan interfeyslar bir xil bo‘lishi shart.

  1. Masshtablanganlik. Taqsimlangan tizimlarning razmerlari faqat tayanch tarmoq razmeri bilan cheklanadi.

Ma’lumotlar saqlanishini (masalan, tranzaksiyalar taqsimoti mexanizmi) hamda ma’lumot va dasturlarning himoyasini ta’minlash vazifalari ham oraliq sath tizimining muhim xizmatlari hisoblanadi.
Oraliq qatlam tizimlari (middlware systems)- bu tarmoq dasturiy ta’minoti yoki maxsus ilovalar va turli xil platformalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinishini ta’minlab beruvchi tizim hisoblanadi.
Aksariyat hollarda taqsimlangan tizim tarkibidagi mavjud kompyuter qurilmalari turli operatsion tizimlar ostida (OT) ishlaydi hamda ular ulangan tarmoq turli xil arxitektura negizida yaratilgan bo‘ladi . Ularni interatsiyasini amalga oshirib, resurslari asosida yagona tizim shakllantirishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Ular quyida keltirilgan usullar yordamida bartaraf etiladi.

  1. Standart dasturiy intrfesni qo‘llash(Standart interfeysni ta’minlaydigan dasturiy ta’minotlardan foydalanish). Bugunda aksariyat server ishlab chiqaruvchi


27




kompaniyalar bir nechta turdagi interfeyslami qo‘llab quvvatlovchi serverlami taqdim etadilar. Bunday server kompyuterlaridan foydalanish har xil platformadagi kompyuterlami integratsiyalash jarayonlarini sezilarli darajada yengillashtiradi (standart interfeysdagi dasturlarni turli xil tipdagi serverlarga o‘rnatish osonroq hisoblanadi).

  1. Standart protokollarni qo‘llash. Standart protokollar asosida yaratilgan dasturlar o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega. Turli xil dasturlarni o‘zaro ma’lumot almashuvini amalga oshirish uchun bitta protokoldan foydalanish kerak bo‘ladi ya’ni, bir xil formatda va ketma - ketlikda. Foydalanuvchiga har xil turdagi qurilmalar va tizimlar muammosini yechishda va axborot xizmatlaridan foydalanishda, standart dasturiy interfeysli hamda standart protokollarga ega taqsimlangan tizimlar servisi taklif etiladi. Bu servislar oraliq qatlam servislari (middleware services) deb ataladi, chunki bu servis aynan operatsion tizim va tarmoq dasturiy muhitining oralig‘ida joylashgan bo‘lib, ikki tomonning aloqasini ta’minlash vazifasini bajaradi.

  2. Meros dasturlari (ilovalar)(legacy applications) dan foydalanish. Ushbu dasturlar mobil dasturiy ta’minotlar uchun oraliq qatlami (middleware) standart qilib belgilanishidan oldin ishlab chiqilgan bo‘lib, uning servislaridan ham foydalanish mumkin.

Oraliq qatlam servisining dasturiy ta’minoti. Oraliq qatlam servisi (middleware service ) platforma va ilova orasida joylashgan bo‘lib ikkalasi uchun umumiy servis hisoblanadi (1.11 - rasm).
Platforma ostida past darajali servislar to‘plami va ma’lumotni qayta ishlash elementlari, shuningdek unga xizmat qiladigan operatsion tizimlar bo‘lishi mumkin, misol uchun: Intel x86 va Win32, Sun SPARCstation va SunOS, IBM RS/6000 va AIX, yoki Alpha AXP va Windows NT.
Oraliq qatlam servislari amaliy dasturlash interfeyslari va protokollarida belgilanadi. Oraliq servisi o‘zining spesifikatsiyasiga mos keluvchi interfeys va protokollariga o‘xshash ko‘plab realizatsiyalarga egalik qilishi mumkin.


28







Oraliq qatlam komponentalari turli xil ilovalar va amaliy sohalar uchun umumiy hisoblanadi - ular turli xil platformalarda taqsimlanadi hamda standart interfeyslar va protokollami qo‘llab quvvatlaydi.
Quyida ularning xususiyati keltiriladi:
Oraliq qatlam servisi ko‘plab amaliy sohalarning qator ilovalari talabiga javob berishi kerak.
Misol uchun, xabarlarni translyatsiya qiluvchi xabarlar kommutatori turli xil formatdagi xabarlarni uzatish va qabul qilish bilan band bo‘lsa, unda bu oraliq qatlam servisidan uzviy foydalanayotgan bo‘ladi. Faqat bir formatdagi xabarlarni uzatayotgan kommutator oraliq tizim servisidan foydalanmaydi.


Ilova


Ilova


Interfeys platformasi


Ilovalar, Middleware (taqsimlangan tizim xizmatlari) i


Interfeys platformasi

Platforma




Platforma

-OT

...

-OT

-Apparat ta’minoti




-Apparat ta’minoti


1.11-rasm.Oraliq qatlam dasturiy ta’minoti
Oraliq tizim servislari turli xil platformalarni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.
Masalan, turli xildagi ma’lumotlar omborini boshqarish xizmati bu oraliq qatlam dasturiy ta’minoti doirasiga kiradi, chunki turli xil ma’lumotlar ombori bir nechta platformalardan iborat bo‘ladi.
Oraliq qatlam servislari taqsimlangan hisoblanadi. Bu unga masofaviy ulanish imkoniyati (ma’lumotlar ombori servisi) mavjudligi yoki u boshqa


29


masofaviy servis va ilovalarga ulanish imkoniyatini bera olishini bildiradi (kommunikatsiya servislari).
Oraliq qatlam servislari standart ilovalarni (API) qo‘llab quvvatlashi kerak. Servis ilovaga (API) nisbatan shaffof (transparent) hisoblanib, servisga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Quyida oraliq qatlam servisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan komponentalarga misol keltiriladi:

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish