Bog'liq Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm
- rasm. Taqsimlangan ob’ektlar modelining sxemasi
COM komponent modeli bitta kompyuterda ishlayotgan ilovani aniq tavsiflangan komponentalarga bo‘lib berishi mumkin. Model bitta kompyuter doirasida taqsimlangan tizimni shakllantirishi mumkin.
Taqsimlangan komponent modeli DCOM (Distributed Component Object Model) - COM komponent modelining tarmoq ilovalari darajasigacha kengaytmasi hisoblanadi, tarkibi taqsimlangan hisoblash muhitini DCE (Distributed Computing Environment) va uzoq masofadagi protseduralarni chaqirish mexanizmlarini (RPC — Remote Procedure Calling) mujassam etadi.
SOM+ modeli taqsimlangan tranzaksiyalarni qayta ishlash imkoniyatlari bilan DCOM modelining kengaytmasi hisoblanadi. Ushbu model lokal kompyuter tarmog‘i doirasida taqsimlangan tizim yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Internet tarmog‘ida Web - texnologiyalar asosida ish yuritishga mo‘ljallanmaganligi qayd etilgan tizimlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Quyida CORBA tizimi asosida taqsimlangan tizim komponentalarining o‘zaro ishlash modellarini formal tavsifi keltiriladi.
108
Taqsimlangan tizim komponentlarining o‘zaro ishlash hususiyatlari COBRA arxitekturasi asosidagi modelda aniq tasavvur qilish mumkin. Modelning ko‘rinishi
rasmda keltirilgan.
Model ob’ekt so‘rovlari brokeri (Object Request Broker, ORB) bilan bog‘langan to‘rt gurux arxitektura elementlarini o‘z ichiga oladi. ORB ixtiyoriy CORBA taqsimlangan tizimlarining yadrosini hosil qiladi; u tizimning taqsimlanganligi va bir jinsli emasligi bilan bog‘liq muammolarni berkitgan holda ob’ektlar va ularning mijozlari orasidagi aloqaning qo‘llab quvvatlanishiga javob beradi.
ORB ko‘pgina tizimlarda mijoz va server ilovalari bilan kompanovka qilinuvchi, ularga bazaviy aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi kutubxonalar to‘plami ko‘rinishida realizatsiya qilinadi.
Modelga konkret ilovalarning qismi hisoblangan ob’ektlardan tashqari COBRA ichki xizmatlari birikmasini o‘zida aks ettiruvchi va ikkita turli guruhlarga bo‘linuvchi COBRA vositalari (CORBA facilities) ham kiradi. Gorizontal vositalar (horizontal facilities) ular foydalanayotgan dasturning amaliy sohasiga bog‘liq bo‘lmagan yuqori darajali umum maqsadli xizmatlarni o‘z tarkibiga oladi.
rasm. CORBA TTning global arxitekturasi.
Bugungi kunda shunga o‘xshash xizmatlar foydalanuvchi interfeysiga, axborotni boshqarishga, tizimni boshqarish va topshiriqlarni boshqarishga (ishchi potoklar tizimini tavsiflash uchun talab etiladi) xizmat ko‘rsatadi. Vertikal
109
vositalar (vertical facilities) - bu elektron tijorat, bank ishi, ishlab chiqarish va shu kabi konkret predmet sohalari uchun mo‘ljallangan yuqori darajali xizmatlar.
CORBA oddiy aloqa modeliga ega: mijoz ob’ekt modeliga murojaat qiladi va javobni kutadi. Bu model oddiyligi uchun ishlab chiqilgan, ammo zarur hollarda unga o‘zaro ishlashning qo‘shimcha modellarini qo‘shish imkoniyati mavjud.
CORBA dagi ixtiyoriy o‘zaro ishlash norezident hisoblanadi, bu xabarlar bazaviy aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish jarayoni bajarilayotganidagina saqlanadi.
Saqlab turilgan aloqani, ya’ni xabar manzilga yetkazilgunga qadar tizimda saqlanib turishini talab qiluvchi ko‘pgina ilovalar mavjud. Saqlab turilgan aloqada uzatuvchi yoki qabul qiluvchi xabar uzatilgandan so‘ng amal bajarayotgan yoki bajarmayotganligining ahamiyati yo‘q, har qanday holatda ham xabar manzilga yetkazilgunga qadar aloqa qancha zarur bo‘lsa, u shuncha saqlanadi.
Saqlab turiladigan aloqa modeli xabarlar navbati sifatida yaxshi tanish. CORBA bu modelni qo‘shimcha xabar xizmati (messaging service) ko‘rinishida qo‘llaydi. CORBA da xabar almashish boshqa tizimlardan o‘zaro ishlashga ob’ektli yondoshuvi bilan farq qiladi.
Misol sifatida yagona metod bilan oddiy interfeysni realizatsiya qiladigan ob’ektni ko‘rib chiqamiz:
int add(in int i, in int j, out int k):
Tasavvur qilamizki, metod ikkita butun musbat son i va j ni qabul qiladi, chiqish va parametri k ga teng i+j ni qaytaradi. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanmaganda -i ni qaytaradi.
Modelda boshlang‘ich (sinxron) murojaatni asinxronga teskari aloqa yo‘li bilan o‘zgartirish quyidagicha kechadi: avval modellar tavsifining jufti yaratiladi:
void sendcb_add(in int i. in int j); // Mijoz chaqiruvi
void replycb_add(in int ret_val. in int k); // Mijoz ORB sining chaqiruvi.
Amalda joriy model spesifikatsiyasining barcha chiqish parametrlari mijoz chaqirayotgan modeldan chiqarib olinadi va teskari aloqa operatsiyasining kirish parametriga aylantiriladi.
110
Mijoz mashinasi
IDL- o‘rinbosari
Dinamik murojaat qilish interfeysi
ORB interfeys
ORB serveri
Lokal tarmoq OT
Ob’ektni
qo‘llash
Ob’ektnin g adapteri
skelet
Karkasning dinamik interfeysi
ORB serveri
Lokal tarmoq OT
Tarmoq
rasm. Modelga asinxron murojaat uchun CORBA tizimining teskari
aloqa modeli.
Teskari chaqiruvga alternativ sifatida CORBA so‘roq qilish modelini (polling model) qo‘llaydi. Bu modelga binoan mijozga o‘z brokeri ORB ni natija tushganligi to‘g‘risida so‘roq qilish uchun operatsiyalar to‘plami taqdim etiladi.
Teskari chaqiruv usuli mavjud modelda sinxron murojaatni asin-xronga o‘zgartirish uchun mijoz javob beradi, bunda ob’ektda realizatsiya qilingan boshlang‘ich interfeysdagi mos modelning spesifikatsiyasiga bog‘langan holda ishning katta qismini avtomatik bajarish mumkin.