Talabalarning ijodiy tayyorgarlik darajasining dastlabki holati
Tajriba bosqichi
|
Talabalar soni
|
Daraja (o‘zlashtirish)
|
I guruh (TG)
|
II guruh (NG)
|
Tajriba
guruhida
|
Nazorat
guruhida
|
I bosqich: 2012-2013
o‘quv yili (Tajriba boshida)
|
34
|
32
|
Eng yuqori
(a’lo)
|
3
(7,6 %)
|
2
(5,4 %)
|
YUqori
(yaxshi)
|
10
(29, 1 %)
|
11
(35,1 %)
|
O‘rta (qoniqarli)
|
20
(63,3 %)
|
19
(59, 5 %)
|
“Rangtasvir” fani mustaqil ta’limining tajribaviy dasturi, uni qo‘llash metodikasining samaradorligini tekshirish bo‘yicha pedagogik tajriba - sinov ishlari tadqiqotchi hamda Shu fan o‘qituvchilari va amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazildi.
Tajriba-sinov ishiga tayyorgarlik va uni olib borish davrida o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha o‘quv materiallarining mazmuni to‘la bayon etilgan reja va matnlar tuzildi, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi, fan mavzularini bayon etishda muammoli ta’lim elementlaridan foydalanish yuzasidan didaktik materiallar va har bir dars uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.
Tajriba-sinov ishini boshlashdan avval va uning davomida fan mazmunini ochib beruvchi ma’lumotlar, tadqiqotchi va o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasi biz taklif etgan ilmiy farazni tekshirish jarayonida
talabalarning bilim darajasi o‘sib borishi tasniflangan mezonni ko‘rsatdi.
“Rangtasvir” fani yuzasidan ma’lumotlarni o‘zlashtirish, tahlil qilish, yangi ma’lumotlarni egallashga intilish, ularni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlarini shakllantirish, talabalarning mustaqilligi va ijodiy faolligini hamda kasbiy sifatlarini rivojlantirish “Rangtasvir”ning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida qabul qilindi.
Talabalar tomonidan o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, shu material yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar mezoni bo‘lajak rassom-o‘qituvchi bakalavrlarda kasbiy shakllanish mahorati darajasini belgiladi, chunki kasbiy shakllanish mahorati kasbiy faoliyat haqidagi tegishli axborotlarni o‘zlashtirish asosidagina vujudga kelishini ko‘rsatdi.
“Rangtasvir” darslarining ko‘rinishlari: yangi mavzuni tuShuntirishda namoyish qilish, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, munozara uyushtirish, talabalarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish, ijodiy faolliklarinini o‘stirish, mustaqil fikrlashlarini shakllantirish, mustaqil bilim olishga yo‘naltirish, ilmiy yangilikka bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish kabilardir. Mazkur pedagogik metodlar “Rangtasvir” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari davomida o‘tkazildi. Tadqiqot davomida dars yoki mustaqil ish uchun maqsadga yo‘naltirilgan mazmunni tanlash, o‘qituvchilarning o‘quv materialini talabaga etkazib berish usullarini ko‘rsatish, tahlil qilish, talaba olgan bilimini amaliyot darslarida qo‘llay olishi ko‘rsatmalar asosida bajarildi.
Tajriba oxirida talabalardan “Rangtasvir” fanidan amaliy nazorat ishlari va savolnomalardan yakuniy nazorat qabul qilindi (3.2-jadval).
3.2-jadval.
Talabalarning ijodiy tayyorgarlik darajasining II bosqich ko‘rsatkichlari
Tajriba bosqichi va o‘quv yili
|
Talabalar soni
|
Daraja (o‘zlashtirish)
|
Tajriba- sinov guruhi
|
Nazorat guruhi
|
Tajriba sinov
guruhida
|
Nazorat guruhida
|
|
|
|
Eng yuqori
|
8
|
2
|
II bosqich:
|
|
|
(a’lo)
|
(24,3 %)
|
(6,4 %)
|
2013-2014
|
|
|
|
|
|
o‘quv yili
|
|
|
|
|
|
(tajriba
|
34
|
32
|
Yuqori (yaxshi)
|
11
(32,5%)
|
10
(29,9 %)
|
oxirida)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘rta
|
15
|
20
|
|
|
|
(qoniqarli)
|
(43,2%)
|
(63, 7 %)
|
Talabalarning grafikaviy tayyorgarligi darajasini baholashda 100 ballik reyting tizimidan foydalanib, eng yuqori (a’lo), yuqori (yaxshi) va o‘rta (qoniqarli) darajali mezondan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |