B.Blum taksonomiyasi bo’yicha quyidagi vaziyat qanday kategoriyaga taalluqli? O’quvchi gazeta maqolasida berilgan dalillar o’rtasida qarama-qarshiliklarni topadi.
AMALIY MASHG’ULOT. MAVZU: KASBIY FANLARNI O’QITISHDA INTERFAOL TA’LIMNI TASHKIL ETISH (4 SOAT)
Talabalarnibaholashmezonlari:
o’quvchilarning individual ishlashini tashkil tashkil etishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish va tushuntirib berish – 2,5 ball;
o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir topshiriqlarni ishlab chiqish va tushuntirib berish – 2,5 ball;
ochiq javobli, ijodiy va muqobilini tanlab olishga doir testlar tuzish – 3
ball.
Eslatma: umumiy 8 ball 4 soatlik amaliy mashg’ulot tugagandan so’ng,
ikkita mashgulotga bo’lib qo’yiladi (har bir mashg’ulot uchun maksimal 4 ball hisobidan).
Amaliy ish topshiriqlari.
topshiriq. O’quvchilarning individual ishlashini tashkil tashkil etishgadoiro’quv topshiriqlariniishlabchiqish.
Quyida keltirilgan namuna tarzidagi individual ish topshirig’i bilan tanishing va pastda keltirilgan mavzulardan birini tanlab olib, mustaqil ravishda individual bajarishga mo’ljallangan topshiriqni ishlab chiqing.
Namunauchuntopshiriqishlanmasi. “Pedagogik aksiologiya fanini o’rganishning zaruriyati shundaki...” mavzusida asoslangan esse yozing.
Topshiriqni bajarish tartibi:
Mazkur mavzu yuzasidan o’z nuqtai nazaringizni bayon eting.
Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
Individual bajarishga mo’ljallangan topshiriqlarni ishlab chiqish uchun mavzular:
Tarbiya jarayoni va mazmuni.
Pedagoglik kasbi va unga quyiladigan talablar.
Ta’lim metodlari.
Ta’limni tashkil etish shakllari.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
topshiriq. O’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir topshiriqlarni ishlab chiqish.
Quyida keltirilgan namuna tarzidagi kichik guruhlarda ishlashga doir ish topshirig’i bilan tanishing va pastda keltirilgan mavzulardan birini tanlab olib, mustaqil ravishda kichik guruhlarda bajarishga mo’ljallangan topshiriqni ishlab chiqing.
Namunauchun topshiriq ishlanmasi. Quyida keltirilgan fikrlarni qaysi olimga tegishli ekanligiga qarab tartiblang va “indiv. javob” ustuniga (masalan “1” raqamli fikrga “3” raqamdagi javob) yozing. Topshiriqni individual baharib
bo’lgach, kichik guruhlarga bo’linib, xuddi shunday tartibdagi ishni amalga oshiring, ya’ni guruh javobi ustunini to’ldiring.
Kichik guruhlarda bajarishga mo’ljallangan topshiriqlarni ishlab chiqish uchun mavzular:
Tarbiya haqidagi allomalarning fikrlari.
Barkamol shaxsning mehnat tarbiyasi.
Tarbiya metodlari.
Ta’lim jarayonining mazmuni.
topshiriq. Ta’lim natijalariga erishilganlikni aniqlashga doir ochiq javobli, ijodiy va muqobilini tanlab olishga doir test tuzish.
Quyida keltirilgan namuna tarzidagi ochiq javobli, ijodiy va muqobilini tanlab olishga doir testlar bilan tanishing va pastda keltirilgan mavzulardan birini tanlab olib, mustaqil ravishda uchta test turiga doir uchtadan test topshirig’ini ishlab chiqing.