O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI YO’NALISHI DI- 11-19 GURUH TALABASINING
ORALIQ NAZORAT ISHI
5 – VARIANT
Bajardi:
Bozorov A
Tekshirdi:
Bekkamov F
Varint №5
1. Foydalanishni boshqarishning DAC usulini tushuntiring.
2. Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari, simmetrik kalitli, ochiq kalitli va xesh funksiyalarni
tushuntiring.
3. Foydalanishni boshqarishning MAC usulini tushuntiring.
4. “Familiya, isminingizni” matnini Polibiya kvadratining 3-usulida shifrlang va deshifrlang.
1- SAVOL
DAC usuli
Foydalanishni boshqarishning mazkur usuli tizimdagi shaxsiy obyektlarni
himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bunga ko‘ra obyekt egasining o‘zi undan
foydalanish huquqini va kirish turini o‘zi belgilaydi.
DAC da subyektlar tomonidan obyektlarni boshqarish subyektlarning
identifikatsiya axborotiga asoslanadi. Masalan, UNIX operasion tizimida
fayllarni himoyalashda, fayl egasi qolganlarga o‘qish (r), yozish (w) va
bajarish (x) amallaridan bir yoki bir nechtasini berishi mumkin. Umumiy
holda DAC usuli aksariyat operatsion tizimlarda foydalanishlarni boshqarish
uchun foydalaniladi.
Foydalanishni boshqarishning quyidagi usullari mavjud: • diskretsion
foydalanishni boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC); • mandatli
foydalanishni boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC); • rolga
asoslangan foydalanishni boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC);•
attributlarga asoslangan foydalanishniboshqarish usuli (Attribute-based access
control, ABAC). MAC usuli bilan foydalanishni boshqarishda xavfsizlik
markazlashgan holatda xavfsizlik siyosati ma’muri tomonidan amalga oshiriladi. •
Masalan, Alisa O‘TA MAXFIY ruxsatnomasiga ega bo‘lgan sub’ektlarga ruxsat bera
olmaydi. • Bunda foydalanuvchi xavfsizlik siyosatini o‘zgartira olmaydi. – DAC
usulida esa ob’ektning egasi xavfsizlik siyosatini quradi va kimga foydalanish
uchun ruxsat berilishini aniqlaydi.• MAS usuli o‘rnatilgan tizimlar xavfsizlik siyosati
ma’muriga tashkilot bo‘ylab xavfsizlik siyosatini amalga oshirish imkoniyatini
beradi
2 – SAVOL
Kriptografiyaning asosiy bo’limlari, simmetrik kalitli, ochiq kalitli va
xeshfunksiyalarni tushuntiring.
•Simmetrik shifrlarda ma’lumotnishifrlash va Deshifrlash uchun bir xil kalitdan
foydalaniladi.
•Bundan tashqari ochiq kalitli (assimetrik) kripto tizimlar mavjud bo’lib, unda shifrlash
va deshifrlash uchun turlicha kalitlardan foydalaniladi. •Turli kalitlardan foydalanilgani
bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni uchun ochiq kalitni kriptotizim deb
ataladi. •Ochiq kalitini kriptotizimlarda shifrlash kalitini ochiq kaliti deb atalsa,
deshifrlash kalitini shaxsiy kalit deb ataladi.Simmetrik kalitli kriptotizimlarda esa kalit
simmetrik kalit deb ataladi.