Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti norkobilov akram mallayevich


Aholi va tadbirkorlarga taqdim etilayotgan “Elektron hukumat” xizmatlari va resurslari, imkoniyatlari va afzalliklari



Download 6,64 Mb.
bet12/25
Sana21.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#834187
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Norkobilov Akram - DISSERTATSIYA (2)

1.3. Aholi va tadbirkorlarga taqdim etilayotgan “Elektron hukumat” xizmatlari va resurslari, imkoniyatlari va afzalliklari.

O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hukumat portali – www.gov.uz dagi Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012-yil so’ngida, ya’ni Yagona Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi.


Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan, 5 tasi esa xorijliklarga mo’ljallangan (G2FShuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas’ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus sayti (asosiy sayt www.soliq.uz– www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma’lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi iste’molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-layn taqdim etishni birinchilardan bo’lib, X
O’zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo’lga qo’ydi. Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro’yxatdan o’tkazish tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi.
Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy veb-saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo’lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko’rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi kerak edi.
Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning faol emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi. Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon etuvchi Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi:X
Bugun One ID da qanday ma’lumotlar saqlanishi, mabodo u firibgarlar qo‘liga tushib qolsa, bu bizga qanchalik qimmatga tushishi hamda xavfsizlikni ta’minlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligiga to‘xtalamiz.
“Ogoh bo‘lgan qurollangandir” deganlaridek, bugungi ma’lumotlarimiz va tavsiyalarimiz hamma uchun muhim!
Bilsangiz, One ID – bu nafaqat Yagona portal, balki ko‘plab davlat tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.
Shuning uchun ham subsidiya, kredit, ko‘chmas mulk, kadastr kabi yuzlab xizmatlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkabroq login va parol bilan mustahkamlangan One ID tizimi orqali kiriladi.
Agar fuqarolarimiz shaxsni tasdiqlovchi pasport ma’lumotlari va telefon raqamini biriktirgan holda One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishsa, boshqalar ular nomidan ish yuritolmaydi. Hatto shaxsni tasdiqlovchi pasport ma’lumotlari begonalar qo‘liga tushib qolgan taqdirda ham. Chunki tiklashga urinish bo‘lganida, biriktirilgan telefonga albatta “sms” ko‘rinishida yangi parol keladi. Faqat uni kimgadir berib yoki aytib qo‘ymaslik zarur.
Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat’iy amal qiling:
One ID dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni aslo kechiktirmang (shundagina boshqa odamlar sizning nomingizdan ro‘yxatdan o‘tolmaydi) Unga o‘z raqamingizni biriktirib qo‘ying.
Raqamingizga kelgan “SMS” kodlarni hech kimga bermang, aytmang va ko‘rsatmang.
O‘z nomingizga bitta raqam oling va faqat o‘shandan foydalaning.
Albatta, Elektron raqamli imzo oling va uni ishonchli joyda saqlang.
Elektron raqamli imzo parolini hech kimga bermang.
One ID tizimidagi akkauntingizni elektron raqamli imzoingiz bilan tasdiqlab qo‘ying. shunda Yagona portalning mobil ilovasida elektron raqamli imzo talab etiladigan xizmatlardan ham bemalol foydalana olasiz.
Shaxsni tasdiqlovchi pasportingizdan nusxa olishlariga aslo yo‘l qo‘ymang.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda internet orqali bo‘layotgan kiberjinoyatlar soni ortayotgani va minglab odamlar firibgarlar tuzog‘iga ilinayotganini hisobga olib, fuqarolarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz. Shuningdek, Yagona portaldagi xizmatlardan shaxsan o‘zingiz foydalanishni o‘rganing, degan tavsiyani alohida eslatib o‘tamiz.



Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP) – aytish mumkinki, O’zbek elektron hukumat tizimining yuzi sifatida, hukumat tomonidan tasdiqlangan interaktiv xizmatlar ro’yxatida keltirilgan barcha interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etadigan, o’z nomi bilan yagona tizim bo’lishi ko’zda tutilgandir. Aytib o’tganimizdek tizim test (beta) rejimida ish boshlagan va u hozircha ishlab chiqish va takomillashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda.
Yagona Portal, ramziy ma’noda aytganda, katta yo’lga endi chiqqan bo’lsa-da, o’zining qulaylik va texnik hamda texnologik jihatlari bilan anchagina katta potensialni namoyon qilib ulgurdi. Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litzeniyalash va ruxsatnomalar, Elektron to’lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug’urta, Ko’chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo’nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo’limlarga birlashtirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’linadi.
Foydalanuvchilar YIDXPda shuningdek alohida bo’lim-ilova (вкладка) orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro’yxatiga o’tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperhavolalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o’tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo’limi ham portalning o’ziga xos jihatlaridan biri bo’lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YDXIPning o’zida ham Qo’ng’iroqlar markazi (Call center) tashkillangan bo’lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o’z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud:
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o’ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko’ra o’z murojaatining ko’rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo’lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.
Interaktiv xizmatning mazkur shakli hozircha YDIXP ning eng ommabop xizmat turi bo’lib turibdi. Portal asosiy sahifasida, kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga kelishga asos bo’lmoqda .
Undan tashqari portalda, «Ko'p uchraydigan savollar» bo’limidan, foydalanuvchilar tomonidan ko’p beriladigan, an’anaviy savollarga javob olish, yoki, qanoatlanitiruvchi javob topa olmasa, maxsus shakl orqali o’z savoli bilan portal xodimlariga murojaat etishi mumkin. Shuningdek portalga tashrif buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o’z takliflarini kiritishlari yoki portal faoliyati bo’yicha mulohazalari bilan uForum da fikr almashinishi mumkin. Shuningdek, yagona portalda, sohaga oid qonunchilik tizimi, kalit so’zlar yordamida qidiruv, teglar majmuasi (buluti) kabi qulayliklarni alohida ta’kidlash joiz.
Portaldan foydalanish uchun fuqaro, maxsus identifikatsiya tizimi – www.ID.uz da ro’yxatdan o’tishi zarur bo'ladi. Foydalanuvchi www.ID.uz ma’lumotlari orqali www.my.gov.uz da ham o’z shaxsiy kabinetiga ega bo’ladi. Shaxsiy kabinetda, zaruriy ma’lumotlarni kiritib, tahrirlab olish kerak. Chunki, davlat idorasiga murojaat etishda, murojaatchining shaxsi aniq va to'g'ri bo’lishi muhim. Ko’pincha saytlardagi boshqa nom yoki taxallus bilan ro’yxatdan o’tish maqsadga muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda, murojaatchi, o’z murojaatining ko’rib chiqilishi bosqichi haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo'ladi. Shuningdek, soliq, aloqa, hamda kommunal xizmat tashkilotlaridagi shaxsiy hisob-varaqalar raqamlarini kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin. X




Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.


Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida baho berish mumkin:

    • Onlayn hukumat xizmati

    • Qog’ozsiz hukumat

    • Bilimga asoslangan hukumat

    • Shaffof hukumat

Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim. Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud: (1) innovatsion fuqaro xizmatlari (G2C); (2) innovatsion biznes xizmatlari (G2B);

  1. innovatsion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E). Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi.

    • Davlatfuqarolarga (G2C) fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar.

    • Davlatbiznesga (G2B) hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi.

    • Davlatdavlatga (G2G) davlat ichida yoki davlat idoralari o’rtasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash.

    • Davlatxodimlarga (G2E) ichki jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolik xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa boshqaruvini osonlashtirish orqali unumdorligini oshiradi.

Fuqarolar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan va ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’rinishi jihatidan elektron hukumat tizimi xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha mantiqan ikki qismga ajratilishi mumkin: ofis-oldi va ofis-orqasi. Elektron hukumat tizimi turli xizmatlarni ko’rsatishning ofis-oldi ko’rinishida xizmatlarni etkazib berish, axborot va xizmatlarini etkazib beruvchilarni ko’rishi, davlat bilan fuqaro va biznes o’zaro munosabatlarini ko’rish va boshqarishni anglatadi. G2B hukumat va biznes o’rtasida turli operatsiyalarni o’z ichiga oladi, G2C esa, fuqarolarga axborot tarqatishni va davlat xizmatlarini etkazib berishni o’z ichiga oladi. AKT asosida faollashtirilgan G2C xizmatlar hukumat tomonidan axborot almashish tizimi va fuqarolar uchun bir-oyna onlayn portali orqali axborot va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratuvchi ilovalar orqali etkazib beradi. Bunday portal fuqarolar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin:

      • Turli ruxsatnomalar/litsenziyalar va sertifikatlar berish;

      • Qonun/ma’muriy ogohlantirishlar va tegishli qonunlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

      • To’lov xizmatlari, soliqlarni qaytarish va ijtimoiy kommunal to’lovlar;

      • Elektron maslahat, elektron muxokama, elektron saylov orqali davlat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini berish.

Fuqaroga yo’naltirilgan portalni va jamoat ma’lumotlarini almashish tizimini, jamoatni boshqarish, yashovchilarni xisobga olish, ko’chmas mulk xisobi, avtomashinalarni ro’yxatga olish, soliq va sug’urtalar kabi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni bir-biriga bog’lash ishlarini amalga oshirish.
Elektron G2B xizmatlar korporativ fuqarolik ma’muriy ishlar, sanoat axborot ta’minlanishi va turli soliq va davlat to’lovlari uchun xaridlar, taklif va mukofotlar, to’lov xizmatlar, elektron operatsiya xizmatlarini o’z ichiga oladi. Boshqa xizmatlardan farqli, quyidagi AKT ilovalar samarali elektron G2B xizmatini etkazib berish uchun talab etiladi:

    • Integratsiyalashgan elektron xaridlar tizimida ro’yxatga olish, tender, shartnoma va barcha xaridlari bilan bog’liq jarayonlar, yagona-oyna davlat xaridlari tizimi orqali amalga oshiriladi.

    • Elektron bojxona tizimi - import va eksport jarayonlaridagi bojxona boshqaruvini qog’ozsiz amalga oshirish hamda bojxona tomonidan noqonuniy xizmatlarni ko’rsatishga qarshi vosita deb belgilab beradigan tizim.

    • Elektron savdo tizimi tovarlar va xizmatlar savdosini qo’llab-quvvatlovchi onlayn tizim.

Davlat idoralarida hujjat aylanishini elektronlashtirish va hukumatning qog’ozsiz amaliyotlar tomon harakati G2Gning asosiy tashabbusi xisoblanadi.


Elektron xujjat almashinuvini kiritish ma’lumortlarni tezroq, ko’proq, samarali, xavfsiz va ishonchli boshqaruvi asosida amallarni bajarishga olib kelishi kutilmoqda. Quyida Koreya Respublikasida G2G xizmatlariga misol keltirish mumkin.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish