Вазирлиги жиззах политехника институти



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi1,08 Mb.
#622501
  1   2
Bog'liq
Qurolova M JizPI konf 1-tom





 


ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ
ВАЗИРЛИГИ 
ЖИЗЗАХ ПОЛИТЕХНИКА ИНСТИТУТИ
ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ ТЕХНИК, МУҲАНДИСЛИК ВА ТЕХНОЛОГИК 
МУАММОЛАРИ ИННОВАЦИОН ЕЧИМЛАРИ 
мавзусидаги Халқаро миқиёсидаги илмий-техник анжумани материаллари тўплами 
1- Қисм (2021 йил 29-30 октябрь) 
 
 
 
ЖИЗЗАХ-2021 
 
 


181 
ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARIDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH 
Xoldorov Baxodir Baratovich dotsent JizPI, Jizzax shahri 
Ermatov Otabek Sayitovich assistent JizPI, Jizzax shahri 
Qurolova Muqaddas 332-20 OOT guruhi talabasi, JizPI, Jizzax shahri 
Innovatsiya bo’lmas ekan, 
hech bir sohada raqobat, 
rivojlanish bo’lmaydi. 
SH.M.Mirziyoyev 
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini 
amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq 
bo‘layotgan bir qator muammolar mavjudligi va ushbu mavjud muammolarga nazar tashlaydigan 
bo`lsak masalan:
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari 
tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida 
innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion 
faol tadbirkorlik subyektlarini qo‘llabquvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning 
manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi; To‘rtinchidan, davlat ilmiy-texnik 
dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish 
bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik 
va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ3365-son qarori bilan 
tasdiqlangan 2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash 
va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini 
moliyalashtirish manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion 
rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari belgilanganligi 
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o’zida 
fanning turli sohalarini qamrab olgan, ilmiy yondoshuvni talab qiladigan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish strategik vazifa sifatida qo’yilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan milliy 
innovatsion tizimi iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atlarga ko’tarayotganligini ularning bugungi 
iqtisodiy-ijtimoiy ko’rsatkichlarida yaqqol o’z ifodasini topayotganligini ko’rishimiz mumkin. 
Fanning xalq xo’jaligi va texnika taraqqiyotini jadallashtirishga ta’siri kuchayib, innovatsiya 
imkoniyatlari kengaymoqda. Bu fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish 
darajasining, tadqiqotlar va ishlanmalar hajmining yildan-yilga oshib borayotganida ham namoyon 
bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi 916-sonli “Innovatsion 
loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori asosida an’anaviy ko’rinish olgan innovatsion g’oyalar, 


182 
texnologiyalar va loyihalar Respublika ko’rgazmasi tadqiqotlar natijalarini hayotga tatbiq etish, 
fan va sanoatning uzviy aloqalarini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi iqtisodiyotda 
intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik , innovatsion faoliyat ulushining o`sishi shunga olib 
keldi-ki, innovatsiyalar huddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intelluktual 
salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya 
kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlr va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini 
puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy va yuqori natijaga erishishimiz mumkin.
Bu borada avvalambor, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes 
sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan 
tartibga solish lozim bo`ladi.
Fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar natijasida, davlat ilmiy-
texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining eng dolzarb masalalarini yechishga 
yo`naltirish, ilmiy-texnika loyihalarini ekspertizadan o`tkazishni boshqa davlatlarda mavjud 
bo`lmagan - ochiq muhokama tarzida o`tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini 
manfaatdor korxonalarning mablag`larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi mexanizmlar 
joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi bilimlarni shakllantirishga 
yo`naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o`rta muddatli (3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa 
muddatli (2 yilgacha) innovatsion ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida 
shakllantirilmoqda. Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya 
ishlari” zanjiri bo`yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab chiqilib, undan 
samarali foydalanish yo`lga qo`yilmoqda. 
Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar 
va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion 
rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, shuningdek,
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini 
yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni 
modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar 
belgilab olindi.
Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual 
hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda 
raqobatbardosh sanoatga, qolaversa, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal 
rivojlanayotgan mamlakatga aylantirish ko`zda tutilgan.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari etib 
belgilansin:
- mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli 
ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi 
modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
- davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, 
davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat 
boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
- hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot 
darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va 
innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;


183 
- innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga 
investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy 
bazani takomillashtirish;
- ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va 
ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu 
faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
- mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib 
qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental 
ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa 
innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va 
moddiytexnika bazasini mustahkamlash;
- tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan, 
muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona 
foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish;
- sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida 
va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, 
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan 
kompleks tizimni yaratish;
- agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab 
chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport 
salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziqovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi 
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;
- iqtisodiyotning
real
sektori
tarmoqlarini har
tomonlama 
rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion 
texnologiyalarni jadal joriy etish;
- innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni 
nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning 
mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo 
undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga 
tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har 
taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi. 
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash lozimki,ishlab chiqarish tarmoqlarida innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish, mamlakatni yanada rivojlanishi uchun muhim bir pog`onalardan biri 
bo`lib, xizmat qilishi mumkin. Ba`zi bir tajribalardanma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning 
taraqqiyot darajasi ko`p jihatdan innovatsion faoliyat bilan bog`liq hisoblanadi. Binobarin, 
iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy 
etilishi evaziga oshadi. Shu sababdan bugungi kunda innovatsiyalar har bir rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotini muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Yana shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali 
hozirda eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan ishsizlar sonining ham qisman bo`lsa-da oldi 
olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. 
O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish Vazirligining tashkil etilish 
to`g`risidagi president qarori.(O`zbekiston Milliy Axborot Agentligi 2017)


184 
2. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini 
takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari.
3. 
https://fayllar.org/1-innovatsion-faoliyatning-asosiy-korinishlari.html. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish