O`rtacha ovoz beruvchi qirol
Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish ko`pchilik jamiyatlarda o`z yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatnin o`rganib chiqishdagi keying qadam, bu hukumatni ko`pchilik boshqaruvini ishlashini ko`rib chiqishdir. Demokratik jamiyatda, qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi.
Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga o`xshash, ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchi o`ziga yarasha mablag’i mavjud va u natijalar orasidan o`ziga eng maqul bo`lgan natijani tanlaydi. Va shu tariqa, biz ovoz beruvchilarni katta mablag’ ajratuvchilar va kam mablag’ ajratuvchilarga bo`lsak bo`ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablag’ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar bo`yicha demokratiya qanday natijani ko`rsatadi?
Mashxur tadqiqot natijasi O`rta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablag’ ajratuvchilarning o`rta mablag’ ajratadigan ovoz beruchilarga tegishli bo`ladi. O`rta ovoz beruchi taqsimotning qoq o`rtasida joylashgan bo`lishadi. Olgan misolimizda, taqsimotni oxiridan yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab ko`ring, va siz ularni 10 milliard dollar ajratishayotganini ko`rasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak o`rta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng ko`p uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir.
O`rta ovoz beruvchi ustunlikga ega, chunki ular ustunlikga egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablag’lilar va 10mlrd dan kamini hohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd o`rniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10mlrd dan ortiq bermoqchi bo`lganlar 10mlrd ga tushishadi va o`rta ovoz beruvchi bo`ladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan 10 mlrddan kam bermoqchi bo`lganlar 10 mlrdga ko`tarilishadi. Bularning ikkisida ham ko`rib chiqganimizday o`rta ovoz beruvchilar ko`pchilikni tashkil qilishadi.
Kondorset ovoz berish paradoksi haqida o`ylayotgan bo`lsangiz, yuqoridagi holatda har bir odam bir paytda qatorda o`zining ajrata oladigan mablag’iga ega, va bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. O`rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi qolganlarnikidan ustun.
Bu teoremani bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya o`rta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini ko`paytirishga intilganida sodir bo`ladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan bo`lsak, Demokratlar 15 mlrd liklar tarafdori bo`lib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd liklarni tarafdori bo`lib chiqdi. Yuqorida ko`rganimizday o`rta ovoz beruvchilar (10mlrd) ko`pchilikni tashkil qilishdi, va Demokratlar o`zining 15 mlrd ni 10 mlrdga tushiradi. Hayotda ham huddi shunday, siyosiy partiyalar o`rtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi.
Yana bir holar mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarni ikki xili mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni hohlovchilar 40%, va pulni umuman sarflanishini hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o`rta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompramisga kelish o`rniga, ko`pchilik qoidasi qollaniladi va o`rta ovoz beruvchilar har doimgiday o`zi istaganiga erishishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |