Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinishi mumkin bo`lmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin bo`lgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin bo`lgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to`xtatish o`ta mushkul vazifadir.
Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega bo`lmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy Monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo`la oladi. Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yong`inga qarshi kurashish bo`limi shunchaki o`sha kishining uyini yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yong`inga qarshi kurashish bo`limi harajatlari to`langanda, kichik bir uyni yong`indan himoya qilish harajatlari hech narsa emas.
Yuqorida ko`rib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo`lishni ko`zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o`rtasidagi chegara ko`p hollarda aniq bo`lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi ko`p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo`lib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qo`riqlanadigan qirg`oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo`lgani bilan baliq ovlovchilar soniga ko`ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko`rib o`tish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik ko`chmanchilarni ko`chib kelgungacha bo`lgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to`rt guruh mahsulotlari uchun ham foydali bo`ladi.
Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotlarni ko`rib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslarni o`rganish tashqi faktorlarni o`rganish bilan chambarchas bog`liq.
Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega bo`lmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak bo`lsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan ko`ra yaxshiroq ko`rinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning har ikkisi mahsulot uchun haq to`lamasdan foyda olishadi – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin bo`lgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yo`qotishdan ma’lum ma’noda zarar ko`rishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish to`g`risidagi ko`pchilik qarorlar resurslarni samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |