Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet193/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Kouz teoremasi


Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar
xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi.
Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi?
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi kerak.
Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday? Lola shunchaki itdan qutilish uchun Dilshodga to`lash taklifini qilishi mumkin. Lola taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dilshod shartnomani qabul qiladi.
Narx ustida savdolashish orqali, Dilshod va Lola har doim samarali natijaga erishishi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola itdan qutilish uchun Dilshodga 600 so`m taklif qilishi mumkinva Dilshod buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq va samarali natijaga erishildi.
Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dilshod esa 1000 so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dilshod itni olib qoladi. Shunday bo`lsada, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali
hisoblanadi.
Hozircha, biz Dilshod huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz Lola Dilshodni ixtiyoriy ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dilshod Spotni olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija qanday qilib har xil bo`ladi?
Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Lola qonuniy Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun itning foydasi Lola uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa, u holda Dilshod va Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi.
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dilshod va Lola samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dilshodning huradigan itga yoki Lolaning tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga to`lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi.
Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib har doim har bir kishi uchun yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish