Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet127/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Chekli harajatlarga ustama.


Mukammal raqobad va Monopolistik raqobad o`rtasdagi ikkinchi farq bu narx va chekli harajat o`rtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan firma uchun, 4 rasmning

  1. – chizmasida ko`rsatilganidek, narx chekli harajatlarga teng, Monopolistic raqobatda esa narx chekli harajatlardan baland, chunki firma doim bozor xokimiyatiga ega bo`ladi

Chekli harajatlarning ustamasi erkin kirish va nullashgan foyda bilan kelishadi? Nollashgan foyda holati shuni bildlradiki, narx o`rtacha harajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli harajatlarga emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistic raqobatdosh firmalar o`zining o`rtacha harajatlari egri chizig`ining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli harajatlar o`rtacha harajatlardan pastda bo`ladi. Shungay qilib, narx o`rtacha umumiy harajatlarga teng bo`lishi uchun, u chekli harajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli harajatlar o`rtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistic raqobatchilar orasidagi asosiy farqdur. Tasavvur qiling siz menedjerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, maxsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qo`shimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovarning narxi chekli harajatlarga teng boladi, qo`shimcha sotilgan bir birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolitik raqobatdosh firma xar doim yana bir xaridorga o`ch boladi. Chunki uning narxi chekli harajatlardan oshadi va qo`himcha miqdor sotilishi foydani ko`paytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek, Monopolistic raqobatlashgan bozorlar sotuchilari ko`proq xaridorlarni jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.
    1. Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi


Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yo`q. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri -
chekli harajatlarning oshishi bo`lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish harajatlaridan tovarnini ustun qo`yadigan iste’molchilar(lekin narxdan past) ularni sotib olishdan o`zlarini tiyadilar.Shunday qilib. Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistic narx belgilashning tipik qaytarilmas yo`qotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yo`li yo`q. Chekli harajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqararuvchi- firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, xokumat tomonidan bunday nazorat administrativ og`irdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyarlarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Hususan – Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham nullashgan foyda oladi, narxni chegarali harajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yo`qotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yo`qotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlarni oshirishi lozim. Ko`rinadib turibdiki, noan’anaviy usullar va oqimga qarab arakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopollistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtai nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi – bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bog`liq bo`lgan tashqi sam ara terminlarida ko`rib chiqamiz. Xar doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini taxlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud bo`ladi:

  • Mahsulot xilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara. Bozorda yangi mahsulotning paydo bo`lishi bilan birga iste’molchilar ortiqchaligi vujudga keladi va u bozorga kirish bilan bog`liq ijobiy tashqi samaraga ega bo`ladi.

  • Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi. Yangi raqobatchining paydo bo`lishi eskilarning bir qism iste’molchilarini yo`qotishini va daromadni kamayishini bildiradi: bu erda salbiy tashqi samaraning o`rni bor.

Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda ko`p yoki juda kam tovarlar turlari takliq qilinadi.
Tashqi samaralar hajmi Monopolistik raqobat shartlariga bog`liq. Mahsulot xilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara yangi firmalar bozordagi mavjud tovarlardan farqli mahsulotni taklif qilganda vujudga keladi. Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi firmalar tomonidan belgilangan narx chegarali harajatlardan baland bo`lganda, qo`shimcha bir birlik maxsulot sotishga intilganda vujudga keladi. Aksincha mukammal raqobatda firmalar bir xil Tovar ishlab chiqaradi vanarx chekli harajatga teng bo`ladi, mahsulot hilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara va xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi mavjud emas.
Ohirida, biz manaAhmadistik raqobatdosh bozorlar o`ziga kerakli barcha mutloq raqobatdosh bozorlarning jarayon xususiyatlariga ega bo`lmaydi. Yani, ko`rinmas qo`l, ummiy chiqim moloAhmadistik raqobat ostida maksimallashadi deb ishontira olmaydi. Chunki efektsizlik qiyin bo`lganligi uchun o`lchash, murakkab echish, umumiy siyosat uchun bozor daromadi rivojlantirishning oson yo`li yo`q.
Reklama miqdori tovarlar xarakteriga bog`liq farqlanadi. Yuqori darajada turli-tuman istemol maxsulotlarni, masalan retsepsiz sotiladigan dorilar, atirlar, yengil ichimliklar, ustara tishlari, quruq nonushtalarlar yoki itlar eguliklarini sotadigan firmalar odatda 10 % dan 20 % gaca daromadini reklamaga sarflaydi. Sanoat mahsulotlarni sotadigan (Drell preslari, aloqa antennalari) firmalarning reklama uchun byudjetlari G chegaralangan. ammo bug`doy, yer yong`oqlar, quruq neft kabi masulotlarni reklama qilish umuman shart emas. Iqtisodiyot uchun korxona daromadini 2 % reklamaga sarflanadi. Bu sarf harajat ko`plab shakllarga ega. Televidenie va radio, gazeta va jurnallarda, zarrin qog`ozlar, bilbortlar va internetda bo`ladi.22

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish